Yamanda goʻdaklar qatli omi toʻxtovsiz davom etmoqda

738
0

Yamanda goʻdaklar qatli omi toʻxtovsiz davom etmoqda

Ularning qotillari esa, tinchlik oʻrnatuvchi oʻrtakashlik rolini oʻynashmoqda

BMT tomonidan 26 aprelda chiqarilgan hisobotga koʻra, 2019 yil yakuniga borib Yamanda davom etayotgan kurash tufayli halok boʻlganlar soni 230 ming kishidan oshishi kutilmoqda. “Yamanda kuchayib borayotgan urush oqibatlarini oʻrganish” sarlavhasi ostida berilgan tadqiqot xulosasida koʻrsatilishicha, 2015 va 2019 yillar oraligʻida ochlik, kasallik va tibbiy klinikalarning yetishmasligi kabi urushning qoʻshimcha oqibatlari tufayli 131 ming yamanlik oʻlgan. BMTga koʻra, yil yakuniga borib harbiy amaliyotlar natijasida 102 ming kishining oʻlim topishi kutiladi. Bosh hisobot tayyorlovchisi Jonatan Muiyer Yamandagi urushni “sovuq urush tugaganidan keyingi eng taʼsiri kuchli ichki nizolardan biri” deya sifatladi. Uning aytishicha, Yaman mojarosi qurbonlarining koʻpchiligi besh yoshga toʻlmagan yosh bolalardir. Yamandagi ushbu urush va uning qoʻshimcha oqibatlaridan har 12 daqiqada bitta bola oʻlmoqda. Yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar taxminicha, 2015 yildan beri qariyb 85 ming nafar yosh bola ochlikdan oʻlgan va millionlagan bola ocharchilik boʻsagʻasiga kelib qolgan.

Yaman ustida kechayotgan mustamlakachilik urushi Anglo-Amerika urushidir. Mustamlakachilarning bu yurtdagi manfaatlarini hamda yurt resurslari ustidan hukmronlik qilishlarini taʼminlash uchun regional va mahalliy jinoyatchi malaylar qoʻli bilan olib borilayotgan ushbu urush yurt infratuzilmalarini vayron qilib, Yaman ahliga halokat, ocharchilik va baxtsizlik olib keldi. Bu urush Yaman aholisining kelgusi avlodini asta-sekin yoʻq qilmoqda. Yaman bolalari insoniylikdan bebahra boʻlgan iflos kapitalistik davlatlar ochkoʻzligi qurboni boʻlmoqdalar. Bu davlatlar oʻzlari amalga oshirayotgan siyosiy oʻyinlarning halokatli gumanitar oqibatlariga aslo eʼtibor berishmaydi. Agar boshqa xalqlarni och qoldirish ularning manfaatiga xizmat qilsa ular hech ikkilanmay xalqlarni ochlikka mubtalo qilishadi. Yaman urushi boshlanganidan beri Amerika Saudiya boshchiligidagi koalitsiyaga milliardlab dollarlik qurollarni berdi. Bundan tashqari ularni uchoq yonilgʻilari bilan taʼminlab, razvedka maʼlumotlarini yetkazib berib turdi. Britaniya ham 2015 yildan beri Saudiyaga qariyb 5 milliard dollarlik qurol, shu jumladan qiruvchi va uchuvchisiz uchoqlar hamda raketalar sotdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham urushni choʻzishga hamda och xalqning oziq-ovqati bilan tijorat qilib foyda koʻrishga harakat qilmoqda. Bu tashkilot yordam va grantlarni jalb qilish uchun “Yaman halokatli ocharchilik yoqasiga kelib qoldi” deb tunu-kun jar solmoqda. Donor davlatlar konferentsiyalarida yigʻilgan yordam mablagʻlarini oʻgʻirlab, ularni Yamanda Amerikaning rejasini amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy tashkilotlarga bermoqda. Bu mablagʻlarning asosiy qismi ayni tashkilotlar uchun xizmatchilarni safarbar qilishga hamda tashkilotlar xizmatchilariga katta maosh berib, avrash orqali ularni fikran va axloqan buzishga sarflanmoqda, ogʻir iqtisodiy vaziyat esa, tayyor qoʻl kelmoqda.

Yamandagi urush boshlanganidan beri donor davlatlardan 8 milliard dollardan ortiq mablagʻ yigʻib olgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qanday ishonish mumkin? Bu mablagʻlar BMTga qarashli oʻnlab agentliklarga berilgan. Biroq, Yaman ahli hanuz qashshoqlik, ocharchilik va kasalliklardan aziyat chekmoqda. BMT ham, boshqa tashkilotlar ham Yaman ahlining biror bir muammosini hal qilishmadi. Aksincha, shuncha krizislarni oʻshalar olib kelishdi. Ular Yaman ahlining azob-uqubatlarini bahona qilib, millirdlab dollar yordam mablagʻlarini tuya qilishyapti, Yaman ahliga esa, faqat ushoqlarinigina berishmoqda.

Mana shularni eʼtiborga olgan holda, bizda tabiiy savol tugʻiladi: Ushbu urushga gijgijlaganlar, uni moliyalashtirib alanga oldirganlar va bu dahshatli urush qarshisida qoʻl qovushtirib turganlar, bularning barchasi bir aylanib, tinchlik oʻrnatuvchi oʻrtakash boʻlib qolsalar hamda Yamandagi musulmon goʻdaklarning qatli omiga barham berayotganlarini daʼvo qilsalar, bunga aqli raso kishi ishonadimi?! Ularning Yaman ahli manfaatiga muvofiq ish yuritishiga ishonish mumkinmi?! 26 aprel kuni Londonda Britaniya tashqi ishlar vazirligi bilan Amerika, Saudiya va Amirliklar vakillari oʻrtasida BMT rahnamoligida “tinchlik soʻzlashuvlari” boʻlib oʻtdi. Biroq bunday soʻzlashuvlar Yaman musulmonlariga aslo yaxshilik keltirmaydi. Chunki, ular oʻlja ustida oʻzaro kurashayotgan yirtqich boʻrilar kabidir. Alloh Taolo aytadi:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لاَ تُفْسِدُواْ فِي الأَرْضِ قَالُواْ إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ * أَلا إِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلَـكِن لاَّ يَشْعُرُونَ

“Ularga: “Er yuzida buzgʻunchilik qilmanglar”, deyilsa, “Biz isloh qiluvchilarmiz”, deydilar. Ogoh boʻlingizkim, ular albatta buzgʻunchilardir, lekin oʻzlari buni sezmaydilar” [Baqara 11-12]

Ey, Yaman musulmonlari! Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish daʼvatiga yordam koʻrsatishga shoshiling. Chunki, bolalaringiz va oilalaringizning ommaviy qirgʻin qilinishini toʻxtatishning yagona yoʻli shudir. Xalifalik yurtingizdagi mustamlakachilar aralashuvini batamom tugatadi, Yaman musulmonlari qalbini Islomiy aqida va sharʼiy ahkomlar asosida birlashtiradi. Shuningdek, Xalifalik oʻz fuqarolari oʻrtasini ajratmasdan oʻzining hukmiga boʻysungan har bir shaxsni himoya qiladi, ularning yuqori darajadagi taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidan foydalanishlarini taʼminlaydi.

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.