Trampning 10 mingta yolgʻon bayonoti

84
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Trampning 10 mingta yolgʻon bayonoti

Bas uning ortidan yurganlar holiga voy boʻlsin

Arabiy 21 sayti (hijriy 1440 yil 23 shaʼbon, milodiy 2019 yil 29 aprel dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQShda chiqadigan Vashington Post gazetasi nashr qilgan statistik maʼlumotga koʻra, prezident Donalьd Tramp bergan yolgʻon va adashtiruvchi bayonotlar soni 10 mingdan ortgan.

“Faktlarni aniqlash” guruhi olib borayotgan bu statsitika Tramp prezidentligining dastlabki yuz kunini oʻz ichiga olishi kutilayotgan edi. Biroq ayni amaliyot keyinchalik ham davom etdi.

Bu bayonotlardan 22 foizi, Trampning “Amerikani qayta buyuk davlatga aylantiring” nomli uchrashuvlari chogʻida yangragan boʻlib, prezident bu uchrashuvlarda haqiqat va faktlardan butunlay uzoqlashib ketgan, deyiladi gazetada.

Gazetada “Trampning oʻz bayonot va murojaatlarida bir xil notoʻgʻri iboralarni takrorlayvergan”i diqqatni jalb qilishi taʼkidlangan.

Tramp prezidentlikni 2017 yil yanvarda boshlaganidan beri mazkur gazeta uning 21ta bayonotini yolgʻon ekanligini bildirgan va 21tadan kamida yigirmatasini Tramp qayta-qayta takrorlagan”.

Roya gazetasi sharhi:

Mana sizga, buzgʻunchi kapitalistik sistema keltirgan kasofat. Axloqiy hamda qadriyat jihatidan misli koʻrilmagan darajada tuban boʻlgan ushbu xalqaro tuzum jinoyatchilar, kazzoblar, buzgʻunchilar va gomoseksualistlar tomonidan boshqarilmoqda. Ularning dargʻalari AQSh prezidenti Trampdan tortib, rus qonxoʻri Putin hamda jinoyatchilik va buzgʻunchilikda bu ikkalasidan qolishmaydigan boshqa Gʻarb davlatlari rahbarlaridir.

Bu esa, kapitalistik sistema va uning rejimlari hukmronligi davrida butun dunyo tubanlik qaʼriga qulayotganini anglatadi. Zero, xalqlar taqdirini haddan ziyod bir kazzob yoki buzuq va buzgʻunchi kimsa qoʻliga qanday qilib topshirib qoʻyish mumkin?! Qanday qilib, yovuzligini taʼriflashga til ojiz boʻlgan kimsalar butun dunyo siyosatini belgilab beradi?! Tabiiy savol tugʻiladi: bu rahbarlar oʻz xalqlariga yolgʻon gapirayotgan boʻlsa, dunyo xalqlariga, xususan ich-ichlaridan qattiq yomon koʻradigan musulmonlarga rost gapiradimi?! Shulardan keyin ham, Gʻarb madaniyatiga oshiq boʻlganlar qanday bahona keltirisharkin, mustamlakachilar yolgʻonlariga targʻib qilib, ularning chirigan arqoniga osilib, xalqaro qaror va loyihalarini amalga oshirib yotishganini nima bilan oqlasharkin?!

Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.