Kapitalistik tuzumda korruptsiyaga qarshi kurash masalasi quruq gapdan boshqa narsa emas

35
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Kapitalistik tuzumda korruptsiyaga qarshi kurash masalasi quruq gapdan boshqa narsa emas

Tanzaniya boʻyicha olib borilgan soʻnggi hisobotdan maʼlum boʻlishicha, faqat manfaat oʻlchovini biladigan kapitalistik tuzumda, korruptsiya va noqonuniy boylik orttirishga qarshi kurash masalasi haqiqatdan uzoq quruq gap boʻyicha qolmoqda. Rejim tarkibidagi ayrim kishilarning bu kurashda jiddiy ekanliklarini daʼvo qilishayotgani hech narsani anglatmaydi. Chunki mana shu rejim tarkibida boʻlgan kishi bunday tartibsizlikni izga sola olmaydi.

Hizb ut-Tahrir – Tanzaniya matbuot boʻlimi shu xususda bayonot nashr qildi. Unda bunday deyiladi: “Oʻzini korruptsiyaga qarshi kurashuvchilar sinfiga kiritgan Tanzaniya hukumati oldingi hukumatlarga oʻxshaydi. Hatto bu hukumatni ulardan ham yomon, deyish mumkin. Chunki, 2017-2018 yillar uchun berilgan auditorlik (CAG) hisobotidan hukumatning milliardlab shillingni oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi. Hukumat buni noqonuniy savdo amaliyotlari va davlat gʻaznasidan oʻmarish kabi bitim va shubhali muomalalar orqali amalga oshirgan”. Bayonotda yana quyidagilar taʼkidlanadi: “Barcha demokrat siyosatchilarning tashvishi aslida, xalqqa xizmat qilish niqobi ostida hukumatdan foydalanib qolish boʻlib, ular omma mulkidan choʻntaklarini qappaytirishdan boshqa narsani bilmaydilar. Na Allohning oldida va na bandalar oldida javob berishdan qoʻrqishadi. Chunki ular ilmoniylik fikrlari bilan sugʻorilgan boʻlib, unda Allohga yuzlanish, degan narsa umuman yoʻq. Islomda esa, siyosat insonlarni gʻamxoʻrlik bilan boshqarish boʻlib, davlat siyosatchilari oddiy insonlar tomonidan nazorat qilinib, mazolim mahkamalariga tortiladilar, buning ustiga, ularni oxiratda eng qattiq hisob-kitob kutadi. Binobarin, Islomda siyosat foyda olish emas, balki Alloh Subhanahu va Taolodan qoʻrqqan holda bajarish lozim boʻlgan yukdir”. Bayonot soʻnggida bunday deyiladi: “Demak, islomiy boshqaruvda, yaʼni, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumida, bugungi kunda kapitalistik tuzumda boʻlayotgan tartibsizlik ham, korruptsiya ham aslo boʻlmasligi tabiiydir.

Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.