Gʻarq boʻlmasidan oldin kemangizni, halok boʻlmasdan oldin oʻzingizni qutqaring!

44
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Ey Shom ahli!

Gʻarq boʻlmasidan oldin kemangizni, halok boʻlmasdan oldin oʻzingizni qutqaring!

Shom qoʻzgʻoloniga butun dunyo tomonidan qilinayotgan makr juda ham katta boʻlib, Allohning dushmanlari tomonidan ishlab chiqilgan siyosat doirasiga kiradi. Buni esa, “bosqichma-boschiq” siyosat doirasida amalga oshirilmoqda.

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi: “Oʻn ikkinchi Ostona uchrashuvi shu nuqtai nazarda boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda qabul qilingan qarorlar ijrosini kuzatib borish, bosqich bilan bogʻliq maqsadlarni belgilash, Sochi konferentsiyasi qarorlari bandlari ijrosi oldidagi toʻsiqlarni bartaraf etish maqsad qilingan. Ayni maqsadlarning asosan ikkitasi muhim: bufer zona yaratish hamda front liniyalarini qurolsizlantirish va xalqaro yoʻllarni ochishga qaratilgan Rossiya-Turkiya patrulь harakatlari hamkorlikda harakat qilishini taʼminlash”. Bayonotda yana quyidagilar taʼkidlangan: “Bu narsa ozod etilgan hududlar jinoyatkor Rossiya rejimi samolyotlari tomonidan amalga oshirilayotgan quturgan hujumlarga yuz tutayotganini, bu havo hujumlari hali sodir etilmasdan oldin Rossiya rejimi oʻz hamkasbi Turkiya rejimi bilan kelishib olganini izohlamoqda”. Bayonot soʻnggida muborak Shom zaminidagi musulmonlarga murojaat qilinib, bunday deyildi: “Ajablanarlisi, biz jangchi guruhlar yetakchilarining xayoliy va vaqtinchalik yutuqlarni qoʻlga kiritish bilan band boʻlishayotganiga, ammo qonxoʻr rejimni agʻdarib, Islom boshqaruvini barpo qilishdan iborat doimiy va haqiqiy yutuqdan esa, voz kechayotganlariga guvoh boʻlyapmiz. Hammasidan ham ajablanarlisi, siz Shom ahli shuncha qirgʻinu vayronagarchilik sodir etilayotganini, qoʻzgʻolon izdan chiqayotganini va uning ulkan kemasi yorilishlarga uchrayotganini oʻz koʻzlaringiz bilan koʻra turib, miq etmayotganingizdir. Goʻyo bu sizga ahamiyatsizday, goʻyo siz ayni kema yoʻlovchilaridan emasday. Bas, ey Shom ahli, gʻarq boʻlmasidan oldin kemangizni, halok boʻlmasdan oldin oʻzingizni qutqaring”.

إِنَّهُمْ إِنْ يَظْهَرُوا عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِي مِلَّتِهِمْ وَلَنْ تُفْلِحُوا إِذاً أَبَداً

“Chunki ular sizlardan ogoh boʻlib qolsalar, sizlarni toshboʻron qilurlar yoki yana oʻzlarining dinlariga qaytarurlar va u holda, hech qachon qutula olmassizlar” [Kahf 20]

Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.