AQSh Haftarni avval mahfiy qoʻllab kelgan boʻlsa, endi ochiqchasiga quvvatlay boshladi

922
0

AQSh Haftarni avval mahfiy qoʻllab kelgan boʻlsa, endi ochiqchasiga quvvatlay boshladi

 12-may kuni “The Wall Street Journal” gazetasi maʼlum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Misr va Saudiya Arabistoni bosimi ostida Liviya milliy armiyasiga boshchilik qilayotgan Xalifa Haftarni qoʻllab-quvvatlashga qaror qildi. Gazeta oʻz manbasiga tayanib maʼlum qilishicha, AQSh maʼmuriyatidagi xizmatchilar, saudiyalik amaldorlar, Saudiya Arabistoni va Misr rahbarlari prezident Trampga taʼsir oʻtkazib, uni AQShning Liviyaga nisbatan mavqeini oʻzgartirish va Haftarni qoʻllab-quvvatlashga koʻndirishga muvaffaq boʻlishgan. 

 Shunday qilib, AQSh avval Haftarni mahfiy tarzda qoʻllab kelgan boʻlsa, endilikda yuqoridagidek bahona bilan oshkora qoʻllashga oʻtdi. Hozir Liviyada ikki hukumat ish olib bormoqda: Tripolida britaniyaparast Fayoz as Sarajning milliy birlik hukumati va sharqda amerikaparast Haftar qoʻllayotgan muvaqqat vazirlar kabineti. 4-aprelda Liviya milliy armiyasi rahbari Xalifa Haftar Tripolidagi hukumatga qarshi hujum boshlagan.  

 Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.