Tүrk elchisi iftorlikni tark etdi

24
0

Tүrk elchisi iftorlikni tark etdi

 Ramazon oyining 3 kuni muftiyot tomonidan uyushtirilgan iftorlikni Turkiya elchisi tashlab chiqib ketdi. U shunchaki chiqib ketmasdan, bir qator achchiq soʻzlarni ham aytib ketdi. Elchi Jengiz Firat bu ishini, iftorlikka oʻzi bilan bir qatorda terroristlar ham chaqirilgani bilan izohladi. Chunki iftorlik dasturxoniga “Sapat” taʼlim muassasasi direktori, gulenchi Orxan Inandi ham chaqirilgan ekan. Elchi bunday dedi: “Ramazon oyida siz terrorchini taklif qilmoqdasiz, qanaqa muftiylik bu oʻzi? Men sizlarga 35 mln dollarlik masjid qurdirib berdim, siz esa meni terrorchi bilan bir qatorga qoʻyasizlarmi? Nima uchun bu yerga FETO tashkiloti rahbarini chaqirdinglar. Aytib qoʻyay, yo Turkiyani tanlaysizlar, yoki terroristlarni…”. 

 Ramazon oyida, islomiy bir tadbirda musulmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bunday voqea, albatta jamoatchilik oʻrtasida qizgʻin muhokama qilinmoqda. Odamlar turli tushunchalar va his-tuygʻulardan kelib chiqib bunga oʻz munosabatlarini bildirishmoqda. Shu munosbat bilan, aql egalari degan eʼtiborda sizlarga shu voqeaga taalluqli ayrim maʼlumotlarni xavola qilmoqchimiz. Umid qilamizki, bu voqea boʻyicha “bular musulmonlar” degan eʼtiborda haqiqatni topishga harakat qilasizlar.

 Avvalo, voqea haqiqatini aniqlash katta ahamiyatga ega ekanligi sababli, Erdogan-Gulen munosabatlariga toʻxtalib oʻtaylik. 2002-yili Erdogan partiyasi hukumat tepasiga kelganidan boshlab Gulen jamoati uni qoʻllab-quvvatlagan. Oʻz vaqtida Erdogan hukumati ham Gulen jamoatini kuchli quvvatlagan. Sababi, oʻsha vaqtda bu ikkisiga nisbatan AQShning talabi shunday boʻlgan. Chunki, amerikaparastlar hukumat tepasiga kelgan boʻlishiga qaramay, britaniyaparastlarning hamon sud va armiyaga taʼsiri kuchli edi. Shu sababli Amerika oʻziga qarashli Erdogan bilan Gulenning quvvatini birlashtirib, ularni Britaniya taʼsirini yoʻq qilish uchun ishga solgan.

 2010-yili boʻlib oʻtgan referendumda Erdoganni gʻolib chiqishida Gulen jamoatining oʻrni katta boʻldi. Shuning uchun referendumdan keyin xavfsizlik, sud va prokuratura tarmoqlaridan britaniyaparast kadrlar boʻshatilib, ular oʻrniga gulenchilar tayinlandi.

 Mana shunday qilib britaniyaparastlar taʼsirini yoʻqotganidan soʻng AQSh endi Erdogan bilan Gulen oʻrtasida oʻzaro kurash olib borishga yashil chiroq yoqib qoʻydi.

 2011-yili Erdogan ayrim gulenchilarni saylov roʻyxatidan chiqarib tashlab, xavfsizlik va sud mahkamalaridagi kadrlarini ishdan boʻshata boshladi. Bunga qarshi oʻlaroq, Gulenning xavfsizlik va sud maxkmalaridagi kadrlari Erdoganga qarashli vazirlar hamda ularning farzandlarini korruptsiyada ayblab qamoqqa olishdi. Biroq, Erdogan gulenchilarni xizmatlaridan chetlatishga ulgirdi va ularning oʻrniga oʻz odamlarini qoʻydi.

 Britaniyaparastlar 2016-yili harbiy toʻntarish qilishga urinishdi, biroq, bu reja muvaqqiyatsiz chiqdi. Erdogan esa harbiy toʻntarishda aybni Gulenga yuklab, uning jamoatini terroristik tashkilotlar safiga kiritdi va uning kadrlarini britaniyaparastlar bilan birga qatagʻon qila boshladi. Shuningdek, boshqa davlatlardan ham gulenchilarga qarshi kurashishni talab qildi.

 Aslida, Gulen jamoati hech qanday toʻntarish qilgan yoʻq va ular hech qanday terrorist ham emas. Gulen Islom dinini demokratiyaga moslashtirishga chaqiradi, demokratik qadriyatlarni tan olib, yahudiylar bilan dinlararo muloqot boʻlishi kerak deydi hamda ularni musulmonlar deb hisoblaydi. Xalifalikni barpo qilish uchun harakat qilganlarni ekstremist va terrorist deydi (endilikda bu yorliq oʻzining ham boʻyniga ilinmoqda). Qisqasi, Gulen Amerikaning Islomga qarshi mafkuraviy kurashida xizmat qiladi.

 Erdogan ham Gulen kabi AQShning xizmatkoridir, faqat, uslubdagina farq qiladi. AQSh Gulendan mafkuraviy kurashda foydalansa, siyosiy kurashda qurol sifatida Erdogandan foydalanadi.

 Endi, Erdogan-Gulen kurashining bir parchasi sifatida turk elchisini iftorni tashlab ketishi voqeasiga kelsak, bu holatga nisbatan musulmonlar qanday mavqeda turishlari kerak?

 1. Avvalo, shu va shunga oʻxshash xodisalarni keltirib chiqaryotgan eng muhim asosga murojaat qilamiz. Bu asos – dinni hayotdan ajratuvchi demokratik kufr tuzumidir. Erdogan siyosati ham, Gulen jamoatining ishlari ham mana shu demokratik tuzum doirasida olib boriladi. Shu sababli, musulmonlar bu oʻrinda Erdogan yoki Gulenni qay biriga yon bosishimiz joiz deb emas, balki ularning ikkovini ham birdek demokratik kufr tuzumini tark qilishga chaqirishlari zarur.

 2. Islomga qarshi mufkuraviy kurashda kofirlar oʻylab topgan “dinlararo muloqot”, “moʻʼtadil islom” kabi gʻoyalarni yoyilishini toʻxtatish kerak. Erdogan ham, Gulen ham shu gʻoyalarni qoʻllovchilari boʻlib hisoblanishadi, shu sababli, musulmonlar ularga bu sohada ergashmasdan, aksincha, muhosaba qilishlari kerak.

 3. Islomga qarshi amaliy kurashish uchun kofirlar oʻylab topgan “ektremizm va terrorizm” ertaklariga koʻr-koʻrona ergashishni toʻxtatishimiz kerak. Ularga ergashib bir-birimizni aybdor qilavermaylik. Uning oʻrniga sof Islom dini atrofida birlashaylik.

 4. Elchining bu ishiga qarab turib, unda islomiy shaxsiyaga taalluqli hech bir narsani koʻra olmadik. Kofirlar va ularning malaylari manfaatlari uchun Ramazon oyida janjal qilib yuripti, Allohning baytini xususiylashtirmoqda, musulmonlar oʻrtasini boʻlmoqda… Biroq, bu sifatlar elchi Firatning oʻzigagina taalluqli sifatlar emas, balki bu dinni demokratiyaga moslashtirayotgan barcha musulmonlar yetakchilariga xos boʻlgan obrazdir. Shu sababli, ularni bunday munkarlardan qaytarishimiz kerak.

 5. Musulmonlar yagona Islomiy Davlat soyasida yashashlari zarur. Bu davlatni esa kofirlar qulatib, boʻlaklarga boʻlib tashlashdi. Shu sababli musulmonlar bir birimizga elchi joʻnatadigan davlatchalarga aylanib qoldik. Falonchining elchisi bunday deb qoʻydi, boshqasining elchisi bunday qilib qoʻydi deb, oʻzaro dushmanlashib yuribmiz. Aslida barcha musulmonlar yana qayta bir davlat soyasi ostida birlashishga harakat qilishimiz vojib.

 Abdulhakiym

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.