YeI Eron ulьtimatumini rad qildi

379
0

YeI Eron ulьtimatumini rad qildi

 Yevropa ittifoqi va uch qudratli Yevropa davlati Eron rahbariyatini yadroviy kelishuvga hurmat koʻrsatishga chaqirdi.

 YeIning Tashqi siyosat boʻyicha yetakchisi Federika Mogerini¸ Britaniya¸ Frantsiya va Germaniya Tashqi ishlar vazirlari 9 may kuni eʼlon qilgan qoʻshma baënotda 2015 yilgi xalqaro kelishuvga bundan keyin ham amal qilish aytilgan¸ ayni paytda Tehron ulьtimatumi rad etilgan.

 8 may kuni Tehron hukumati xalqaro kelishuvda oʻz yadroviy faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarga amal qilishni AQSh yangi sanktsiyalariga chap berish yoʻli topilgunga qadar toʻxtatishini eʼlon qildi.

 AQSh bu baënotni shantaj deb atadi va sanoqli soat oʻtib¸ Eronga qarshi yana yangi sanktsiyalar joriy qildi.

 AQSh sanktsiyalari qayta joriy qilingani yuzasidan afsus bildirgan Yevropa rasmiylari¸ bu sanktsiyalarga qaramay¸ Eron bilan qonuniy savdoni davom ettirish ustida ishlaëtganlari va oʻzlarining bu kelishvda qolajaklarini bildirdi.

 2015 yili qudratli davlatlar va Eron oʻrtasida imzolangan kelishuvga koʻra¸ Tehronga nisbatan amalda boʻlib kelgan iqtisodiy sanktsiyalarning bekor qilishi evaziga Eron yadroviy qurol yaratishga qaratilgan dasturidan voz kechishga rozi boʻlgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.