Tramp Xitoyning yana 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishni buyurdi

36
0

Tramp Xitoyning yana 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritishni buyurdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Xitoyning yana 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj kiritish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Amerika savdo vakili Robert Laytxayzerga tayanib “Reuters” va “Bloomberg” xabar berdi. 

 Laytxayzer ushbu jarayon haqida batafsil maʼlumot bermagan. Yangi bojlar haqida yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan.

 Uning bildirishicha, qaysi mahsulotlarga nisbatan boj joriy etilishi haqidagi maʼlumot dushanba, 13 may kuni AQSh savdo vakolatxonasi saytiga joylashtiriladi.

 Bu ushbu haftada Trampning AQShga import qilinadigan Xitoy mahsulotlariga nisbatan boj kiritish haqidagi ikkinchi bayonotidir. 10 maydan boshlab AQSh Xitoyning qiymati 200 milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan boj toʻlovi miqdorini 10%dan 25%ga oshirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.