Sudan harbiy kengashi: Qonunlarning asosi shariat boʻlishi haqida oʻylayapmiz

33
0

Sudan harbiy kengashi: Qonunlarning asosi shariat boʻlishi haqida oʻylayapmiz

Sudanda boshqaruv vakolatiga ega boʻlgan Harbiy muvaqqat kengashi mamlakatda yangi qonunlar shariatga asoslangan boʻlishi kerakligini bildirdi.

Maʼlumki sobiq prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan agʻdarilganidan keyin, mamlakat boshqaruvini harbiy kengash qoʻlga oldi. Muxolifat yetakchilari muvaqqat hukumat tuzish uchun harbiy kengashga baʼzi talablarni qoʻymoqda. Ularning takliflari “Ozodlik va oʻzgartirish alyansi deklaratsiya” nomi ostida bir muddat avval harbiy kengashga taqdim qilingan edi.

Harbiy kengash esa bu takliflar haqida “juda koʻp toʻsiqlar” mavjudligini taʼkidlamoqda. Harbiylar va muxolifat orasidagi muzokaralar muvafaqqiyatsiz tugash arafasida turibdi.

Harbiy muvaqqat kengash nomidan soʻzlovchi Shamsiddin Kabbashi matbuotga bergan bayonotida muxolifatning takliflari haqida umumiy kelishuvga erishilganligini lekin deklaratsiyada qonunlarning manbasi koʻrsatilmaganligini bildirdi. Uning ishora qilishicha, aslida qonunlarning manbasi shariat boʻlishi kerak.

“Shariat va mahalliy urf-odatlar Sudan qonunlarining manbasi boʻlishi kerakligi haqida oʻylayapmiz”, dedi Kabbashi.

Sudanning mavjud konstitutsiya ham shariatni mamlakatning asosiy printsipi deb hisoblaydi. Biroq Bashir davrida Shariat qoidalariga deyarli oʻrin berilmagan.

Bundan biroz avval Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati Markaziy aloqalar hayʼatining raisi Shayx Nosir Rizo harbiy kengash aʼzolarini Shariatni haqam qilishga chaqirgan edi.

Poytaxt Hartumda imomlar, olimlar va xatiblar ishtirokida boʻlib oʻtgan Sudan harbiy kengashi yigʻilishida nutq soʻzlagan Shayx Nosir Rizo harbiy kengashga shariatni asos qilish qanday boʻlishligini va bu borada nima qilish kerakligini qisqa soʻzlar bilan aniq-ravshan qilib, yetkazib qoʻygan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.