Lukashenko Rossiyani aybladi

458
0

Lukashenko Rossiyani aybladi

 Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko “Drujba” neft quvuri orqali kelgan iflos neftdan mamlakatdagi korxonalar yuzlab million dollar zarar koʻrganligini aytdi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.

 Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, zarar miqdorini baholashda bir necha omillar hisobga olinadi.

 “Bu neft quvuri, stantsiyalardagi nasoslar va neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazilgan ulkan zarardir”, – dedi u.

 Lukashenko bu voqeaga Rossiya hududidagi eʼtiborsizlik sababchi ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, Belarus prezidentining fikricha, Vladimir Putin “zararni qoplash kerakligini tushunadi”. Zararning aniq miqdori neftni qayta ishlash zavodlaridagi tekshiruvlardan soʻng aniq boʻladi, deb qoʻshib qoʻydi u.

 19 aprel kuni “Belneftexim” kontserni “Drujba” neft quvuri orqali Rossiyadan keladigan neft sifati keskin yomonlashganini maʼlum qilgandi. Natijada Belarus va qator davlatlar Rossiya neftini tranzit qilish va qayta ishlashni toʻxtatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.