AQSh bilan Yevropa oʻrtasidagi boʻshliq kengayib bormoqda

94
0

AQSh bilan Yevropa oʻrtasidagi boʻshliq kengayib bormoqda

Ruminiyaning Sibiu shahrida Yevropa ittifoqning norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi. Payshanba kuni sammit matbuot anjumanida Yevroparlament raisi Antonio Tayani Yevropa Ittifoqining Xavfsizlik kengashini tuzish taklifi bilan chiqdi.

“Antonio Tayani bunday dedi: “Mudofaa siyosatiga toʻxtaladigan boʻlsak, biz uchun Xavfsizlik Kengashi gʻoyasi orqali tashqi siyosatni mustaxkamlash ahamiyatli, bu Xavfsizlik Kengashiga Yevroittifoqning tashqi ishlar va tashqi siyosat boʻyicha oliy vakili rahbarlik qilishi kerak”. Shu munosabat bilan Tayani “Evropa ittifoqi baʼzi masalalarda qaror qabul qilishda bir ovozlikni toʻxtatish kerak” ekanligini taʼkidlab oʻtdi. U: “Biz ovoz berishda koʻpchilikning ovozi bilan qaror qabul qilish tamoiliga oʻtishimiz zarur”, – deb qoʻshimcha qildi”. (TASS, 09.05.19).

Yevropa Ittfoqi rahbarlarining bunday chaqiriqlar bilan chiqayotganlarini sababi bor, chunki baʼzi muhim masalalarda YeIning ayrim davlatlari Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga boʻysunmaydi, aksincha qarshilik qilishadi. Shu orqali bu davlatlar Yevroittifoqda muhim masalalarda qaror qabul qilishda oʻz taʼsirlarini oʻtkazishadi. Ularning aksari Sharqiy Yevropa davlatlaridir. Bu davlatlarda AQSh taʼsiri kuchli, AQSh bu davlatlar orqali YeIga, uning tashqi va ichki siyosatiga taʼsir oʻtkazib keladi. Albatta, AQSh YeI holdan toydirishdan, hech boʻlmaganda tiyib turishdan manfaatdor. Shu sababli ham YeI rahbarlari bu koʻrinishlarga chek qoʻyish yoʻllarini izlashmoqda

Bundan tashqari seshanba kuni AQSh Davlat kotibi Pompeo Germaniya kantsleri Merkel bilan rejalashtirilgan uchrashuvdan bosh ortib, Iroqqa uchib ketdi. Bu diplomatiyada juda qoʻpollik va takabburlik hisoblanib, AQSh bilan YeI (ayniqsa Germaniya) oʻrtasidagi boʻshliqni koʻrsatib turipti.

Bu voqea boʻyicha Germaniyaning “Süddeutsche Zeitung” (07.05.19) gazetasi shunday yozdi: “Diplomatiya olamida qoʻpollik ham boʻladi. Bu tashqi ishlar vazirlari muhim halqaro uchrashuvlarda ishtirok etmaganida boʻladi… Seshanba kuni AQSh davlat kotibi Pompeo kantsler Angela Merkel va nemis hamkasbi Xayko Maas bilan uchrashishiga bir necha soat qolganida Berlinga boʻlgan safarini toʻxtatdi. Buni kechirish qiyin… nemis-amerika doʻstligi deb maqtalgan narsa parchalab tashlandi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.