Shoʻro hukumati afgʻon asirlariga hech qanday rahm-shafqat qilgan emas

73
0

Shoʻro hukumati afgʻon asirlariga hech qanday rahm-shafqat qilgan emas

 Rus jurnalisti A. Nureyev afgʻon janglarida qatnashganlar tilidan quyidagi maʼlumotni oshkor qildi:

“1954 yili qonuniy tus berilgan Jeneva konventsiyasiga binoan harbiy asirlarga ehtiyotkorlik bilan, yaxshi muomala qilish” kerak edi. Biroq SSSR askarlari har kanday qonun qoidani buzib, berahmlikni barcha usullarini ishga solardi. Chunki rus safdoshlarimizning oʻchini olish biz uchun har qanday qoidadan ustun turardi. “Sovet ittifoqi askarlarining qoʻliga tushgan “dushmanlar”ga nisbatan eng qoʻpol muomala qilindi. Biz oʻz askarlarimizni ozod qilish uchun mujohidlarni asirga olib keyin almashtirishimiz lozim edi

Ularning taxminiy sonini sanash qiyinmasdi. Ayirboshlash “oltiga bir” qoidasiga binoan amalga oshar edi, bundan chiqdi harbiy lagerlarda 2500-3000 atrofida “dushmanlar” saqlanib kelgan. Ammo ularga nisbatan adovatimiz cheksiz edi.  “Qonga qon, jonga jon” qabilida ish yuritardik.

Bir hodisani misol tariqasida keltiraman; 1981 yilning yoz mavsumida Afgʻonistonning sharqiy qismida joylashgan Gardez shahrida harbiy reyd oʻtkazildi. Bir guruh desantchilar olti “dushman”ni qoʻlga olishdi. Otryad komandiri ularni shtabga olib borishga buyurdi. Ammo biz vertolyotda havoga koʻtarilganimiz zahoti bosh qumondon radiogramma yuborib, “asirlarni boʻshatib yuboringlar, ularni boqolmaymiz, zaruriy  oziq ovqatlarni ularga berishni xohlamaymiz, shunga ularni ozod qilinglar” deb qoldi. Natijada vertolyot  bortidagi ofitserlar ularni qoʻyib yuborishga qaror qilishdi.  Faqat bir muammo bor edi, vertolyot ikki kilometr balandlikka koʻtarilgan, aynan afgʻon asirlarini deb yana qaytib yerga qoʻnishni xech kim istamasdi.. xullas ularni oʻsha masofadan yerga uloqtirib yubordik”.

Izoh:

Musulmon vujudi shunchalik jarohatlarga toʻlib toshib ketdiki, sanab sanogʻiga yetmaysan. Ogʻriqli nuqtalarimiz koʻp, himoya qiluvi, najot beruvchi, davolovchi malham yoʻq – musulmoning Sultoni yuq. Hatto mushrikning davlati bor, ahli nasoro dunyo uzra hukmron, otashparastlar izzatda, ammo Haq din vakillari ayanchli ahvolda.

Mьyanma, Suriya, Falastin, Checheniston, Yaman, Sharqiy Turkiston va hokazo. Shularning har biri biz uchun ogʻriqli nuqta, biroq shular orasidagi eng koʻp zulm tortgan, zulmatga mahkum boʻlgani Afgʻoniston diyoridir.

Afgʻonlar yurtida  zulmu sitam shunaqa darajada choʻzilib ketdiki, ayni payt 50 yoshdan past afgʻonistonliklar tinchlik nimaligi bilmaydi,  1 kungina tinch-osoyishta yashashni tasavvuriga ham sigʻdirolmaydi..  Qariyb yarim asr mobaynida Afgʻoniston yovuz niyatli kuchlar oʻljasiga, yaʼni katta davlatlarning kurash maydoniga  aylangan.

Yuqoridagi hodisalar dengizdan bir tomchi xolos. Xudosizlikka targʻib qilgan Shoʻro hukumati Afgʻon yurtiga bostirib kirdi. Eng achinarlisi Shoʻro armiyasi safida musulmonlar, xossatan Oʻrta Osiyodan chiqqan musulmon oʻgʻlonlar ham bor edi. Vatanparvarlik gʻoyasini ilgari surgan Shoʻro hukumati oʻsha davrida musulmonlarni oʻz maqsadining qurboniga aylantirgan.

Endi dindosh birodarlarimiz boʻlgan afgʻonlar tomonidan maʼlumot beradigan boʻlsak, shon sharafi, dini, vatanining himoyasiga otlangan afgʻon mujohidlarini SSSR butun olamga  “dushman” deb tanishtirdi va ularga nisbatan qattiq ayovsiz kurash olib bordi.

Nima uchun bu gaplarni aytayapmiz?  Chunki ayni paytda oʻsha zolimlarning merosxoʻri atalmish Putin rejimining vakillarini oʻzimizga doʻst bilishimiz katta xato hisoblanadi. Rossiya oʻzining buzuq boshqaruvi bilan xech kachon bizga doʻst boʻlmagan, har qanday yaxshlik zamirida katta iflos maqsadi yashirindir,  buni yoddan chiqarmaylik.

 Maqolani oʻqib qalbim ezildi, bu xabarni rus jurnalisti kanchalik faxr bilan ommaga chikarishligi Musulmonning qaram boʻlganligiga yorqin dalildir. Bir paytlar zimmiy boʻlib bizdan mislsiz adolat koʻrganlar endi bizni oyoq qilishsa- ya ?!

Agar bir odil hukmronimiz boʻlganda edi, zolimlar oʻz amalining oqibatidan hadiksirab qoʻrquvga tushardi, jurʼat etib, birodarlarimizni 2km balandlikdan uloqtirib yuborishmas edi.

Yordamga shoshilgan har qanday qoʻlni doʻst deb yaxshi gumon qilmaylik, bir marta chaqilgan teshikdan takror-takror zaharlanish moʻʼminning ishi emas.

Rossiya rejimi  oʻz odatini tark etmagan holda 30 yil oʻtgandan keyin Suriyaga yurish boshladi, oʻzidan keyin vayrona-yu haroba aylangan shaharlarni, minglagan qurbonlarni tarixda qora nom bilan qoldirdi, kelajak avlod buni unutmaydi insha Alloh.

 Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.