Qirgʻiziston harbiy va strategik boʻshliq holatida

18
0

Qirgʻiziston harbiy va strategik boʻshliq holatida

Qirgʻiziston harbiy va strategik boʻshliq holatida ekanligi sababli, tashqi kuchlar unga siyosiy, saqofiy va iqtisodiy bosim oʻtkazishmoqda.

Davlat ichki va tashqi xavfsizligini oʻz kuchi bilan bartaraf eta oladigan harbiy quvvatga ega emasligi sababli yoki davlatning quvvati izdan chiqib ketishi sababli harbiy boʻshliq paydo boʻladi. Bunda davlat oʻz xavfsizligi borasida tashqi kuchli davlatlardan biriga suyanishga majbur boʻladi. Buning evaziga oʻsha kuchli davlat uni siyosiy, iqtisodiy va saqofiy jihatdan oʻziga tobe qilishga harakat qiladi. Chunki har qanday davlatning halqaro siyosatda boshqa davlatlar bilan olib boradigan diplomatik, siyosiy va iqtisodiy aloqa-munosabatlari ortida harbiy quvvat turadi. Harbiy quvvatiga koʻra davlatlarning xalqaro siyosatdagi oʻrni, mavqeʼi belgilanadi.

Davlatning ichki va tashqi xavfsizligiga tahdid solayotgan masalalar sababli mamlakatda yuzaga kelgan beqarorlik – strategik boʻshliq deyiladi. Yaʼni, bunda beqarorlik keltirib chiqarish mumkin holat paydo boʻlib, har qanday gʻalamis kuch, guruh yoki shaxslar davlat va xalq xavfsizligiga tahdid sola oladigan muhit paydo boʻladi. Bu holatda mamlakat ichida bir qancha qarama qarshi kuchlar paydo boʻlib, ularning barchasi tashqi davlatlardan quvvat olishga intilishadi. Millatchilik, urugʻchilik, dinlararo keskinlik kabi unsurlar yuzaga kelishi uchun, tashqi kuchlar tomonidan atayin qulay muhit va sharoitlar yaratiladi. Natijada tashqi kuchlar manfaatidan kelib chiqib, har qanday diversiya va qoʻporuv ishlarini amalga oshirish mumkin boʻlgan sharoit paydo boʻladi. Bunday xavfli holatda davlat holdan toyib, oʻzidan kuchli boʻlgan tashqi davlatlarga boʻlgan itoat va qaramlik darajasi ortib boraveradi. Chunki strategik boʻshliq albatta yirik mustamlakachi yoki raqib davlatlar tomonidan atayin uyushtiriladi!

Qirgʻiziston oʻzini tashqi va hatto ichki tahdidlardan ham himoya qila olmaydi! Shuning uchun mamlakatning xavfsizlik muammosini Rossiyaning xalqaro harbiy va siyosiy quvvatiga tayanish orqali yechishga majbur. Bu holat Qirgʻizistonni Rossiyaga harbiy mustamlaka ekanidan dalolat beradi.

Rossiya Qirgʻizistonni harbiy mustamlaka holatida ushlab turish maqsadida doimiy muhtojlik holatini paydo qilib boraveradi. Masalan matbuot hujumlarini uyushtirish orqali Afgʻoniston tomondan IShID yoki boshqa qalbaki kuchlar xavfini paydo qiladi. Strategik boʻshliqdan foydalanib tez tez milliy va mintaqaviy keskinliklar paydo qiladi. Muxolif kuchlarni qoʻllab yuborish orqali bir necha marotaba prezidentlar almashtirdi. Hozir ham Atambayevni muxolif kuchga aylantirib, pozitsiya bilan appozitsiyani birdek oʻzi quvvatlab borish bilan mamlakatdagi strategik boʻshliqni mutlaq oʻzi nazorat qilishga intilyapti. Bu beqarorliklarning barchasi mamlakatdagi mavjud strategik boʻshliq tufayli roʻy beryapti.

Gʻarb va Xitoy singari Qirgʻizistonga intilayotgan davlatlar ham, Rossiyaga qarshi harbiy va strategik boʻshiq holatidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib qolishga harakat qilishadi. AQShning Qirgʻiziston harbiy qurol va texnikalarini modrenizatsiya (tubdan yangilash) qilishga intilayotgani fikrimizga dalil boʻla oladi. Xitoy ham mamlakatimizga olib kirayotgan har bir investitsiya loihasidan, harbiy va strategik tomondan ichki siyosatimizga aralashish uchun sabab izlaydi. Yaʼni Xitoy Qirgʻizistonga gaz va neft tranzit quvurlari yotqizish, shuningdek “ipak yoʻli” loihasidagi poyezd va avto yoʻl qurilishi kabi manfaatlarida, asosiy eʼtiborini strategik boʻshliqni bir qismini toʻldirib olishga qaratadi. Demak davlatdagi harbiy va strategik boʻshliq uning siyosiy va iqtisodiy qaramligiga asosiy sabab boʻladi.

Shulardan kelib chiqib ayta olamizki, Oʻrta Osiyo davlatlarining barchasida harbiy boʻshliq mavjud. Chunki ularning birortasi ham oʻz xavfsizligi uchun oʻzi qurol ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emas! Demak ular harbiy texnika va qurol aslahani tashqi yirik davlatlardan xarid qilishga majbur. Bu esa ularni oʻsha davlatga harbiy tomondan toʻliq qaram, yaʼni harbiy mustamlaka boʻlishiga sabab boʻladi.

Xulosa qilib aytsak, harbiy mustamlaka boʻlgan davlat hech qachon mustaqil boʻla olmaydi. Xalqaro siyosat ularni xalqaro qonunlar vositasida doimiy mustamlaka holatida ushlab qolishga harakat qiladi. Mustamlaka mamlakatlar harbiy sanoatlashmasligi uchun xalqaro siyosat strategik boʻshliqdan foydalanib, ularni doim xavotirli holatda ushlab turadi.  Davlat faqat ogʻir sanoat bilan iqtisodiy boy va yetuk davlat boʻlsa, ogʻir sanoat turkumidan boʻlgan harbiy sanoatni paydo qilish va rivojlantirib borish bilan mustaqil va yetakchi davlatga aylanadi!

Demak xalqaro siyosat, markaziy olamiy boshqaruv sistemasi mustamlaka davlatlarni atayin harbiy nochor ahvolda ushlab turish maqsadida ularda strategik boʻshliqni paydo qilib boradi. Xalqaro qonunlar bilan u davlatlarni qurol ishlab chiqish imkoniyatlaridan mahrum qilib, agar itoatsizlik qilishsa, strategik boʻshliqdan foydalanib mamlakatni parokanda qilib yuborishadi. Afgʻoniston, Liviya, Suriya, Iroq….. singari.

Shuning uchun har qanday davlat mustaqil va farovon boʻlishi uchun albatta harbiy, siyosiy va strategik boʻshliqni toʻldirishi lozim. Bu boʻshliqlarni toʻldirish uchun albatta tashqi olamiy qonunlar iskanjasidan ozod boʻlishi zarur. Chunki xalqaro qonunlar, yetakchi davlatlarning dunyodagi manfaatlarini roʻyobga chiqarish asosiga qurilgan. Xalqaro qonunlar ijro boʻlishi uchun, ularga mustamlaka yurtlarda albatta boʻshliqlar boʻlishi oʻta muhim.

 Demak bu xalqaro siyosat va olamiy boshqaruv sistemasi asosida, unga rioya qilib yashar ekanmiz, bu zulmatdan qutula olmaymiz. Chunki bu olamiy sistema dunyoda siyosiy, strategik boʻshliqlar paydo qilib borish bilan zaif davlatlarga zulm qilish asosiga qurilgan!

  Abdurrazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.