Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati norozilik yurishlarini uyushtirdi

447
0

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati norozilik yurishlarini uyushtirdi

Oʻtgan hafta oxiri va bu hafta boshida Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati aʼzolari ozod etilgan mintaqalardagi Turkiya patrullari harakatini qoralab, norozilik yurishlari uyushtirishdi. Chunki, Turkiya patrul harakati jinoyatchi Asad rejimi qarshisida xalqaro yoʻllarning ochib berilishiga qulaylik yaratib bermoqda. Namoyish juma namozi ortidan Halab gʻarbidagi Sahara shaharchasida boshlandi. Unda shuncha qirgʻinlardan keyin ham biror uzr qoldimi, qizil chiziqlarni bosib oʻtish vaqti hali ham kelmadimi, kabi mazmundagi soʻzlar yozilgan plakatlar koʻtarib chiqildi. Plakatlarda shuningdek, Turkiyaning yolgʻonchi patrul harakatiga qarata – sizlar kelgandan oldin ham boshimizga bomba yogʻayotgandi, kelganingizdan keyin ham yogʻmoqda. Shunday ekan, sizdan bizga nima foyda, deyildi. Bir vaqtning oʻzida, Idlib shimolidagi Karomat qochqinlar lagerida ham norozilik yurishi boʻlib oʻtdi. Unda koʻtarib chiqilgan plakatlarda – Amerika va Gʻarbni rozi qilish va yoʻllarga patrul qoʻyish uchun shuncha qon oqizildimi? deyildi. Idlib janubidagi Ariha shahri ham, shu kabi namoyishning guvohi boʻldi. Namoyishda turk patrullarining qonxoʻr rejimga ozod etilgan yerlarga kirishi uchun xalqaro yoʻllarni ochib berayotgani qoralandi hamda “Turk rejimi bizning sukut saqlashimizni kafolatlasa, rus rejimi bizning qirgʻin qilinishimizni kafolatlamoqda”, degan shior yozilgan plakatlar koʻtarib chiqildi.

Roya gazetasining 2019 yil 30 aprel chorshanba kungi 232-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.