Hindiston Rossiyadan T-90S tankini sotib olishni rejalashtirmoqda

25
0

Hindiston Rossiyadan T-90S tankini sotib olishni rejalashtirmoqda

 Hindiston armiyasi Pokiston bilan chegaradagi harbiy qismlarini kuchaytirish uchun qurollanishga 464 ta T-90S “Bxishma” tankini olmoqchi. Bu haqda Hindiston mudofaa majmuasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Economic Times” nashri maʼlum qildi.

 134,5 mlrd rupiyga (2 mlrd dollar) baholanayotgan tanklar qurollanishga 2022 yildan 2026 yilgacha kiritiladi. 64 ta tankdan iborat ilk partiya 30-40 oy ichida yetkazilishi mumkin. Hozirda Hindiston armiyasida 1070 ta shunday tank bor.

 Xabar qilinishicha, Hindiston qoʻshnisi oʻz qurollanishini modernizatsiya qilishi fonida oʻz qurolli kuchlarini kuchaytirmoqda. Pokiston ham Rossiyadan shunday 360 ta tank sotib olishni muhokama qilmoqda. 

 Maʼlumki, Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar fevralda Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida harbiylar avtokolonnasiga hujumdan keyin keskinlashgan. Oʻshanda hudkush hujumchi portlovchi moddalar bilan yuklangan avtomobilda harbiylar ketayotgan avtobusga borib urilgan. Terakt oqibatida 45 kishi halok boʻlgan.

 Hindiston kuchlari bunga javoban Pokiston hududidagi jangarilar lagerini bombardimon qilgan. Shundan keyin Hindiston va Pokiston harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari oʻrtasida havo jangi yuz bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.