9-MAY QANDAY KUN

696
0

9-MAY QANDAY KUN

Dunyo tarixidagi eng katta urush shubhasiz bu – 2-jahon urushidir. Bugungi kunda bu urushda gʻolib boʻlgan taraf 9-mayni gʻalaba kuni sifatida keng koʻlamda bayram qiladi. Ular qatorida aksar aholisi musulmonlardan iborat boʻlgan Qirgʻizistonda ham bu kunni bayram sifatida belgilangan.

 9-may kүni haqiqatlarini aniqlash maqsadida tarix sahifalariga bir oz murojaat qilib oʻtaylik:

 1919-yili 1-jahon urushi Versal bitimi bilan nihoyasiga yetdi. Mazkur bitimga muvofiq Germaniya bosib olga yerlaridan chiqib ketdi. Avstriya-Vengriya ikkiga boʻlindi. Shuningdek, dunyo xavfsizligini taʼminlash iddaosi bilan Millatlar ligasini tuzish loyihasi koʻrib chiqildi. Sevr bitimida Usmoniy xalifalik yerlari va Germaniya mustamlakalarini Angliya bilan Frantsiya boʻlishib oldi.

 Angliya va Frantsiya bu mustamlakalarni ushlab qolish uchun Millatlar ligasini tuzishdi. Tinchlikni saqlash, qurolsizlanish masalalari bu tashkilotning shiorlaridan boʻlib qoldi. Biroq, Angliya Germaniyani Frantsiyaga muvozanat sifatida ushlab turish uchun qurollanishga undadi. Angliya va Rossiyaning maʼlum darajada imkoniyat yaratib berishi ortidan Germaniya yana qayta zoʻr quvvatga ega boʻldi. Shu tufayli u 1939-yili yana qayta jahon urushi olovini yoqdi. Birichidan, Germaniya millatchilik gʻoyasini maxkam ushlab, bashqa millatlar ustidan hukmron boʻlishi xohladi. Ikkinchidan, 1-jahon urushidan soʻng qoʻldan boy bergan oʻljalarini qaytarib gina qolmasdan, balki butun dunyo boyligiga ega boʻlishni koʻzlab qoldi.

 2-jahon urushida kurash asosan “Katta uchlik” (Germaniya, Yaponiya, Italiya) bilan Ittifoqdoshlar (SSSR, Angliya, Frantsiya) oʻrtasida yuz berdi, ular atrofida 60dan oshiq davlatlar qatnashdi. Bu urushda umumiy hisobda 25 million harbiy va 38 million tinch aholi qurbon boʻldi. Bularning aksari, yaʼni 20 millonga yaqini SSSR fuqarolaridan iborat boʻlgan.

 Urush ittifoqdoshlar gʻalabasi bilan tugadi.

 Oʻljalari boʻlishtirish va kelajakdagi oʻz xavfsizliklarini kafolatlab olish uchun gʻoliblar 1945-yil fevral oyida Yalta bitimini tuzishdi.

 Mazkur bitim asosida Germaniya AQSh, SSSR, Angliya va Frantsiya taʼsiri ostidagi ishgʻol qilingan 4 hududga boʻlindi. Keyinchalik AQSh taʼsiri ostidagi gʻarb va SSSR taʼsiri ostidagi sharq hududidan iborat ikki qismga aylandi.

 SSSR Yaponiyaga qarshi urushda ishtirok etadigan boʻldi, biroq bu qaror Amerikaning Yaponiyaga atom bomba tashlab urushga nuqta qoʻyganligi sababli amalga oshmadi. Shunday qilib, Yaponiya AQSh taʼsiri ostidagi davlatga aylandi. Koreya SSSR va AQSh nufuzi ostidagi ikki hududga boʻlindi. Gʻolib taraflar BMT xalqaro tashkilotini tuzishga qaror qildi. Tashkilotni Amerika, SSSR, Angliya, Frantsiya va Xitoy davlatlari tuzdi.

 Qisqasi, ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyo davlatlarini ushbu besh davlat oʻzaro boʻlib olishdi. Dunyo manfaatlariga ega boʻlishni istovchi oltinchi davlat paydo boʻlib qolmasligi uchun bu besh davlat BMT tashkilotini – davlatlarni majburiy qul qilib beradigan “tuzoq” sifatida – oʻzaro kelishib, tashkil etishdi. BMTning aʼrifida aytilgan, “er yuzida tinchlikni mustaxkamlash va xavfsizlikni taʼminlash” kabi yaltiroq soʻzlar uning asl mohiyatidan bexabar oddiy odamlari tuzoqqa tushirish uchun aytilgan.

 1947-yili Parij konferetsiyasi boʻlib oʻtdi.

  Mazkur konferentsiya yakunida Italiya mustamlakalaridan ayrilib, ularda AQSh, SSSR, Angliya nufuzi oʻrnashdi. Vengriya, Ruminiya va Filandiya davlatlari tovon puli toʻlaydigan boʻlishdi.

 Bulardan xulosa qiladigan boʻlsak, ikkinchi jahon urushi yirik davlatlarning hukmrolik va boylik talashish urushi boʻlgan. Demak, bosqinchi yirik davlatlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan kurash natijasini nima uchun biz “Gʻalaba kuni” deb qabul qilishimiz kerak. Bu kurashda qaysi biri gʻolib chiqqanini mustamlaka davlatlar uchun qanday farqi bor? Masalan, hozir Oʻrta Osiyodagi Amerika-Rossiya oʻrtasidagi nufuz talashishda qaysi birining gʻolib boʻlishi biz uchun qanday maʼnoga ega? Yirik davlatlar bizga oʻzlari xohlandek “makon” chizib berishsa, uni ona vatan deb nomlashimiz goʻllik emasmi? Kechagina SSSR vatanimiz edi. Bugun undan bizga nima meros qoldi. Nima uchun biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kegashining doimiy aʼzosi emasmiz. Sobiq Ittifoq davrida yadro sinovlari oʻtkazib kelingan Qozogʻiston nima uchun yadroviy davlat emas? Aslida hozir ham u yerda yadroviy imkoniyatlar mavjud, biroq Rossiyaga qarashli.

 Ertaga AQSh-Rossiya kurashida Amerika turkiy millat vakillari uchun Turkiston davlatini tuzib bersa, uni ham vatanimiz deb kuylab yuraveramizmi?

 Aslida, tarix boshlangandan buyon qiyomat kuniga qadar davlatlar oʻrtasidagi kurash ikki sababligina vujudga kelgan. Birichisi – hukmronlikka boʻlgan muhabbat, ikkinchisi – moddiy foydalar ortidan quvish.

 Birinchisi; mafkura hukmronligi va uni yoyishga boʻlgan muhabbat; oʻz xalqi hukmroligi, manmansirashiga boʻlgan muhabbat boʻlib ikkiga boʻlinadi. Masalan; Islom davlatida 1300 yilga yaqin, kommunizm davlatida esa 30 yilga yaqin mafkura hukumroligiga muhabbat boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi sababchisi boʻlgan Germaniya bila Italiya fashizmida esa millat hukmroligi muhabbati va moddiy foydalar boʻlgan.

 Shulardan xulosa chiqarib, musulmonlar tarixdan ibrat olishlari kerak. Agar ular Islom uchun moli va joni bilan kurashmasa, mustamlakachi kofir davlatlari oʻrtasidagi jahon urushlari yoki ular uyushtirgan mahalliy nizolar qurbonlari boʻlib qolaverishadi. Shu sababli biz bilib turib, kufr davlatlarining kurashlari qurbonlariga aylanmasligimiz kerak. Buning uchun har bir narsadan xabardor Zotning oldida javob beramiz.

 “PolitUmma” sahifasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.