S-400 raketa tizimi kim uchun tahdid

951
0

S-400 raketa tizimi kim uchun tahdid

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashuvidan soʻng mushtarak matbuot anjumani oʻtkazdi. Rossiyadan S-400 raketa tizimi sotib olish masalasiga oid savolga javob bergan Chavushoʻgʻli, Turkiya atrofidagi mamlakatlarda juda jiddiy tahdidlar mavjudligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, ayni paytda mudofaa tizimiga ehtiyoj juda katta.

Chovushoʻgʻli S-400 raketa tizimi borasida AQSh-Turkiya oʻrtasida yuzaga kelgan gap-soʻzlarga eʼtibor qaratib, Turkiya aslo AQSh bilan aloqasini uzmasligini taʼkidladi.

“Turkiya-AQSh munosabatlari faqat S-400 raketa tizimi  yoki F-35ga bogʻliq emas. Toʻgʻri, bular ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari koʻplab mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarimiz mavjud. Suriyadan Amerika qoʻshinlarining olib chiqilishi shular jumlasidan. Yaʼni bir mamlakat bilan bitta masalada kelisha olmadik deya boshqa masalalarda ham aloqalarni uzishga majbur emasmiz”, dedi Chavushogʻlu.

Chovushoʻgʻli AQShning S-400 raketa tizimi haqidagi andishalariga toʻxtalar ekan, avvaldan taʼkidlab kelganidek, AQSh uchun bundan hech qanday xatar kelmasligiga ishora qildi. Shuningdek u AQSh va NATOga aʼzo davlatlardagi xavotirni bartaraf qilish uchun qoʻshma ishchi guruh tashkil qilishni taklif qildi. Unga koʻra guruhdagi mutaxassislar S-400 raketa tizimi  haqida tekshiruv olib borib, bu haqida taraflarga hisobot berib turadi.

Bu haqida fikr bildirgan hizb ut-Tahrirning turkiyadagi matbuot boʻlimi raisi Mahmud Qor shunday deydi:

Shu yerda bir savol tugʻiladi: Turkiya kimdan oʻzini himoya qilish uchun bu S-400 raketa tizimiga ehtiyoj sezmoqda? Turkiya S-400 raketa tizimini nima uchun sotib olmoqda? Turkiya oʻzi uchun qaysi mamlakatlarni tahdid sifatida koʻradi? Amerika, Rossiya, Yevropa, NATO davlatlari, yahud vujudi, qaysi birini?

Turkiya rahbarlari qachon soʻz boshlasa, Amerika bilan doʻstliga va ittifoqdoshligi haqida gapirishadi. Rossiya va uning rahbari Vladimir Putin bilan doʻstligi va ittifoqchiligini tildan tushirmaydi. NATO va Yevropa davlatlari bilan harbiy va strategik ittifoqdoshligi haqida gapirishdan charchashmaydi. Yahudiy davlati bilan tijoriy, harbiy va siyosiy bitimlarda doʻstlikka alohida urgʻu beriladi.

Shunday ekan, S-400 raketa tizimi kimga qarshi? Turkiya S-400 raketa tizimini faqat va faqat AQSh va Gʻarbga tahdid boʻlgan bir kuchga qarshi olmoqda, Yaqin Sharqda tiklanishi taxmin qilinayotgan Xalifalik davlatiga qarshi olmoqda. Yaʼni S-400 raketa tizimi  Turkiya xavfsizligini himoya qilish uchun emas, balki AQSh va mustamlakachi Gʻarb davlatlarining, xususan Amerikaning Yaqin Sharqdagi jandarmi (Isroilning) xavfsizligini himoya qilish maqsadida olmoqda. Yaqin Sharqda yahud vujudiga tahdid soluvchi yagona kuch, tez orada tiklanishi kutilayotgan roshid Xalifalik davlatidir.

Shuni aytmoqchimanki, AQSh va NATO S-400 raketa tizimi oʻzlariga xavf solmasligini yaxshi biladi. Hatto shuni ham aytib qoʻyayki, Turkiya hukumati Amerikaning iznisiz Rossiyadan bu tizimni aslo sotib ololmaydi. AQSh ruxsat bersagina Turkiya bunday ishga qoʻl urishi mumkin. Bugun Qoʻshma Shtatlarining S-400 raketa tizimi uchun Turkiyaga bosim oʻtkazishi Suriya, Iroq va Falastin masalasida Turkiyani osongina ishga solish uchundir. Shuningdek, Suriya masalasida oʻz istaklarini Rossiyaga osonroq bajartirish uchundir.

Turkiya Amerika Qoʻshma Shtatlariga boʻlgan qaramliligidan qutulishi kerak! Endi Turkiya bir qarorga kelishi lozim: oʻziga tahdid solayotgan terrorchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlayotgan Amerika doʻstmi yoki dushmanmi? Qadimda Usmonli yerlariga qarashli boʻlgan Qrimni anneksiya qilgan Putin doʻstmi yoki dushmanmi? Saylovlarda yutib chiqish uchun musulmonlagning koʻproq yerlarni ishgʻol qilishga vaʼda bergan Netanyaxu va “Isroil” doʻstmi yoki dushmanmi?

Turkiya S-400 raketa tizimi  nima uchun olganligi haqida Amerika yoki NATOga emas, balki oʻz xalqiga – musulmonlarga hisobot berishi kerak? Yana mana bu savolga ham ochiq javob berishi kerak: Yaqin Sharqda qon toʻkkan va bosqinchilik siyosatini yuritgan AQSh va NATOga “xavotir olmang, S-400 raketa tizimi siz uchun xavfli emas”, deyapsiz, u holda S-400 raketa tizimi kimga tahdid. Halabning begunoh aholisigami, Idlibning bolalarigami yoki Bugʻuzning ayollarigami?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.