AQSh Eron sohillariga aviatashuvchi kemalar joʻnatmoqda

826
0

AQSh Eron sohillariga aviatashuvchi kemalar joʻnatmoqda

 AQSh Eron sohillari tomon aviatashuvchi kema va bombardimonchi samolyotlar joʻnatmoqda hamda Eron AQSh va uning ittifoqdoshlari manfaatiga rahna solsa, unga qarshi kuch ishlatishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton aytib oʻtdi.

 “Bir qator xavotirli alomatlar va ogohlantirishlarga javoban AQSh Eron tuzumiga AQSh yoki uning ittifoqdoshlari manfaatlariga har qanday tajovuz qaqshatqich kuch bilan qarshilanishi haqida aniq va bexato signal joʻnatish uchun AQSh markaziy qoʻmondonligi mintaqasida (Yaqin Sharqda) “Avraam Linkolьn” aviatashuvchi guruhi va bombardimonchilar tezkor guruhini joylashtirmoqda”, – deb aytilgan Bolton bayonotida.

 “AQSh Eron tuzumi bilan urushga intilmayapti, biroq biz xoh Eronning vositachilari, Islom inqilobi soqchilari korpusi yoki Eronning muntazam kuchlari boʻlsin, har qanday hujumga javob berishga toʻliq tayyormiz”, – deyilgan bayonotda.

 Eron AQSh tomonidan sanktsiyalarning kuchaytirilishiga javoban Hurmuz boʻgʻozini toʻsib qoʻyish bilan tahdid qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.