Hijriy 1440 yilning muborak ramazon oyini kuzatish natijasi

57
0

Hijriy 1440 yilning muborak ramazon oyini kuzatish natijasi

Eʼlon

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضاً أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib Qurʼon nozil qilindi. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir boʻlsa, roʻza tutsin. Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga ogʻir boʻlishini istamaydi. Bu sanoqni toʻldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulugʻlashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz” [Baqara 185]

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Bugun 2019 yil 5 may, yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechada muborak ramazon oyi kuzatilgandan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani ayrim islomiy yurtlarda oʻz isbotini topdi. Shunga binoan, ertaga dushanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kunidir.

Ushbu muborak oy Islom Ummati bilan jinoyatkor hukmdorlar oʻrtasidagi kurash shiddatli tus olgan kunlarda kirib kelmoqda. Gʻarbdagi mustamlakachi kofir xoʻjayinlariga xizmat qilishga ishtiyoqmand boʻlgan bu hukmdorlar Jazoir va Sudanda Ummatning Gʻarbga qaramlikdan ozod boʻlishiga hamda bir butun yagona ummatga aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishmoqda. Zero, Alloh Taolo Ummatni tavhid kalimasini mahkam ushlashga hamda musulmonlarni boʻlib tashlagan Sayks-Piko qarorini uloqtirishga buyurgan. Garchi gʻarbparast harbiy va siyosatchilar Misr, Tunis va boshqa yurtlardagi arab bahori toʻlqinini bostirishga muvaffaq boʻlgan boʻlishsa-da, biroq biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari butun Islom Ummatiga bunday murojaat qilamiz: Biz Ummatni Allohni rozi qiladigan, zimmasidagi burchdan xalos etadigan, gunohi kabira va dahshatli til biriktiruvdan ozod etadigan, Ummat yelkasidagi ogʻir yukni olib tashlab, butun musulmon yurtlariga qayta kuch-qudrat beradigan ulugʻvor pozitsiyani egallashga chaqiramiz.

Biz ilgari koʻp marta aytgan gaplarimizni yana bir bor takrorlaymiz: Rejimni agʻdarishdagi nusrat Robbimiz rozi boʻladigan alьternativni barpo qilishdagi nusratni talab qiladi. Aks holda, yarimtaki yoki boshlaniboq tugaydigan qoʻzgʻolonning hech qanday maʼnosi boʻlmaydi. Zero, bu qoʻzgʻolonlar baʼzi soxta chora-tadbirlarni koʻrishdan soʻng eski rejimni taʼmirlash hamda hokimiyatdagi eski jinoyatchi basharalarni yangi jinoyatchi basharalarga oʻzgartirish bilan davom etib keldi. Shuning uchun musulmonlarni Hizb ut-Tahrir aʼzolari bilan birga harakat qilishga daʼvat qilamiz. Zotan, ushbu Hizb fikriy va siyosiy kurashga kirib, makkor Gʻarb rejalarini fosh etmoqda, siz musulmonlarga Islomning toʻgʻri yoʻlini koʻrsatib bermoqda. Shuning uchun ham Hizb ut-Tahrir aʼzolari bilan birga harakat qiling. Shoyad, Alloh sizning qoʻlingiz bilan nusrat va gʻoliblikni nasibi roʻz aylab, faqat va faqat roshid Xalifalikni barpo etishni muyassar qilsa. Shoyadki, Alloh Hizb ut-Tahrir amiri, ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qoʻlida aniq fathni bitsa. Natijada, unga xalifa sifatida Allohning Kitobi va ulugʻ Paygʻambari Sunnati asosida bayʼat berasiz hamda Xalifalikda Allohning hanif shariatini qoim qilib, Islom daʼvatini butun olamga hidoyat mashʼali sifatida koʻtarib chiqasiz.

Ey armiyalarimiz zobitlari! Shuni bilinglarki, Alloh albatta Oʻz diniga nusrat beradi. Agar sizlarning qoʻlingiz bilan bermasa, boshqa xolis zotlar qoʻli bilan buni amalga oshirib, ularni oʻz dini nusrati baxtiga musharraf qiladi. Shunday ekan, bu buyuk sharafni qoʻldan boy bermay, Ummat safiga qoʻshiling. Oʻshanda Alloh roziligiga, dunyo va oxirat azizligiga erishib zafar topasiz.

Shuningdek, men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yoʻllangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu magʻfirat va yaxshiliklar oyi boʻlmish ramazon oyida doʻzaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrga yetkazib uning ajriga erishgan zotlardan qilishini soʻrab qolamiz.

Yeru koʻkning Parvardigori Allohim, bizni yaqin kunlarda, kechiktirmasdan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida musulmonlar xalifasiga bayʼat qilish baxtiga musharraf ayla.

Allohim omin, omin, omin.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Dushanbaga oʻtar kecha, hijriy 1440 yilning muborak ramazon oyining birinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.