Bahorgi askar xizmatiga chaqiruv uslubi – Otalar qamoqqa olindi, masjidlar yopildi

624
0

Bahorgi askar xizmatiga chaqiruv uslubi – Otalar qamoqqa olindi, masjidlar yopildi

“Oilamga, oʻz ota-onamga xizmat qilyapman”- deydi Tojikistonlik Salimjon. 26 yoshli Salimjon Halimov 8 yil mobaynida Rossiya Federatsiyasida yashab mehnat qilmokda. Har yili ikki marotaba, kuz va bahor oylarida ularning xonadonida harbiy komissariatdan daʼvatnoma keladi, biroq Ota-onasi, ” Oʻgʻlim pul topgani ketgan”-deya javob berishadi. Salimjonga oʻxshagan yuzlagan yoshlar oʻzga yurtda mehnat qilib, oila taʼminotini oʻz boʻyniga olgan. Tojikistonda ish oʻrinlari yuq, hatto katta sarmoyadorlar uchun ham mehnat qilish uchun qulay sharoit mavjud emas. “Oʻziga yot oʻzgaga mehribon” boʻlgan tojik hukumati oʻzi boshqarayotgan sistema tufayli xaqlni turli azoblar iskanjasiga giriftor qilmoqda.

Ikki hafta ilgari Tojikistonning Sugʻd viloyati, Isfara turgʻunlari shikoyat bilan hukumatga murojaat qilishdi.  Ularning aytishicha kuch-huquq organlari harbiy xizmat yoshidagi fuqarolarning otalarini majburiy tarzda olib ketib, muvaqqat saqlanish joyiga qamab qoʻyishgan. “Agar oʻgʻillari mehnat muhojirlikdan kelishsa, keyin qoʻyib yuboramiz” -deya izoh bergan ular.

Nurobod tumani turgʻunlarining ham yangi, noanʼanaviy bosim ustidan shikoyatlari bor. Ularning maʼlum qilishicha, tumandagi barcha jomeʼ masjidlariga jumʼa  namozini oʻqishlik hukumat tarafidan man qilingan. Hukumat ularga “Avval oʻgʻillarizni armiya safiga joʻnatasiz, keyin ibodat qilasiz” deya shart qoʻygan.

Din Qumitasi  vakilining xabar berishicha, tumanning toʻrtta masjidida barcha namozlar man qilingan. Oʻtgan oylarda, bahorning seryomgʻir kunlarida, shu kabi bemani shartlar bilan hatto elektr energiya berilishi ham toʻxtatilgan edi.

Diktatorlik hukmron sistema tobora oʻzining fosid basharasini namoyon qilyapti. Bu zolim hukumat hatto rasmiyatchilik uchun ham oʻz xalqiga hurmat koʻrsatishni bilmaydi.  Koʻcha-koʻydan armiya yoshidagi fuqarolarni majburan oʻgʻirlash holatlari koʻp uchraydi.

Tojik kuch tizimining yana bir tanqidga uchragan tomoni shundan iboratki, bu boʻlim  armiya safiga asosan oʻrtahol oilalar farzandlariga chaqiruv qogʻozi yuboradi. Ota- onalarning esa bu narsaga eʼtiroz bildirishlarida jon bor. Zero Islomiy taʼlim tarbiya, maʼrifat yoʻlga qoʻyilmagan askar boʻlinmalarida zaiflarga tazyiq yetkazish tobora kuchayib bormoqda. Oxirgi  yillarda oddiy askarlarning  zulmga  toqat qilolmay oʻz joniga qasd qilishlari va yo safdoshlari tomonidan siquvga giriftor boʻlish hollari tez-tez kuzatiladi. Islomiy saqofat boʻlmagan muhitda shubhasiz jaholat keng quloch yoyadi.

Har qancha ehtiyot choralari koʻrilmasin, zolim hukumat oddiy halq vakillariga qarshi kuch ishlatish bilan ovora. “Qorni toʻqning qorni och bilan nima ishi bor” deganlaridek, barcha jinoiy hukmlar, jazo choralari Tojikistonda faqat kambagʻallar, yoʻqsillarga qoʻllaniladi, hukumat boshidagi mutasaddi rahbarlarga esa, barcha yashil chiroqlar yoniq.  Agarda inson Xudodan qoʻrqmasa, qalbida rahm-shafqat ham oʻlar ekan.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.