1-may: Kimga qanday

298
0

1-may: Kimga qanday

 Tarixiy maʼlumotlarni tekshirib chiqadigan boʻlsak, 1-mayni bayram sifatida nishonlash qadimgi dunyoda yuzaga kelganiga guvoh boʻlamiz. 3000 yil avval qadimgi Italiya xalqi “Er xudosi” Mayyaga sigʻinishgan va bahorning oxirgi oyining birinchi kunida unga bagʻishlangan rasm-rusumlar oʻtkazib, oʻyin-kulgi tashkillashtirishgan. Shuning uchun ham bu oy “may” deb nomlanib qolgan. Nemis va slavyan xalqlarida 1-may Valpurgiya tuniga bogʻliq boʻlib, bu tunda ular “may daraxtini” bezatishgan va uning atrofida tunni oʻtkazishgan. Keyinchalik Yevropa xalqi Allohning dinini qabul qilishdi, ammo keyin uni buzib, nasroniylik dinini paydo qilishdi. Shundan soʻng, 1-mayni nishonlash nasroniy bayram koʻrinishini olib, “muqaddas uchlik kuni” bayramiga aylandi.

 “Ilk oʻrta asrlar” deyarli nasroniylik davri boʻldi. Keyingi oʻrta asrlarda tijoriy kapitalizm nasroniylikni surib chiqara boshladi va oxirgi oʻrta asrlarda sanoatlashgan kapitalizm nasroniylik ustidan gʻolib boʻldi. Nasroniylik dini zulmidan qutilgan xalq, endilikda kapitalizm zulmiga tutildi. Yangi davrda demokratiya niqobiga oʻrangan kapitalizm hukmron boʻlib qoldi. Sanoatlashish va imperializm sababli odamlar – ayollar va yosh bolalar ham – kuniga 12-15 soatlab ishlashga rozi boʻladigan boʻlishdi.

 1886-yil 1-may kuni AQShda anarxistlar 8 soatlik ish kuni va ish haqini oshirishni talab qilib ish tashlashdi. Tadbirga 350 000 ishchi qatnashdi. Eng koʻp ishchi Chikagoda yigʻilib, 40 000 odam ishitrok etdi.

 Ish tashlashdan keyin Chikagoda “McCormick Harvesting Machine Company” 1 500 xodimini ishdan xaydadi. Bundan gʻazablangan ishchilar 2 kundan soʻng yana qayta norozilik namoyishiga chiqishdi. Politsiya aktsiya ishtirokchilariga qarshi kuch qoʻlladi, natijada 4 kishi oʻlib, oʻnlab odamlar jarohatlandi. Bunga qarshilik bildirib, 4-mayda minglab odamlar – ularning safida ayollar va yosh bolalar ham bor – qayta mitingga yigʻilishdi. 10 soat mobaynida yomgʻir ostida turishdi. Miting nihoyasiga yetishi arafasida bir buzgʻunchi politsiyaga qarata granata uloqtirdi. 8 politsiyachi oʻlib, 50 nafari yarador boʻldi. Oʻz navbatida politsiya ham olamonga qarata oʻq yogʻdirdi. Oʻnlab namoyishchilar halok boʻldi. Namoyishdan keyingi hukumat tarafidan olib borilgan tergov ishlari ortidan 8 odam osib oʻldirishga hukm qilindi. Keyinchalik ulardan uch nafarining jazosi 15 yillik qamoq jazosiga almashtirildi.

 Mazkur ish tashlash qurbonlariga bagʻishlab 1889-yil iyulida II Internatsional (sotsialisttik internatsional)ning Parij konferentsiyasi 1-may kunini butun dunyo ishchilarining birdamlik kuni sifatida eʼlon qildi. Ularning aqidasidan kelib chiqib, bu kun ishchilarning haq-huquqlarini talab qiluvchi namoyishlar uyushtirish kuni boʻlib qoldi.

 Chor Rossiyasida 1-may ilgarigi butparast-nasroniy bayramlar aralashmasidan tashkil topgan boʻlib, bunda pikniklar uyushtirilar va buni mayovka deb nomlangan edi. Chunki, u vaqtda Rossiyada kapitalistik tuzum tatbiq qilingan. Kapitalizm demokratiya niqobiga oʻrangan boʻlishiga qaramay, uning haqiqiy yuzi – manfaatparastlikdir. Shu sababli kapitalistlar xalq zulmga qarshi isyon qilishining oldini olish maqsadida mana shunday bayram va tadbirlar koʻp boʻlishiga sharoit yaratib berishar edi. Buning qarshisida, sotsialilizm ostida yashayotgan xalqlar Rossiyada keng koʻlamli norozilik namoyishlari uyushtirib turishgan va hukumat tomonidan taʼqibga olingan. Shu sababli ular ham shahar tashqarisida mayovkaga chiqish koʻrinishida 1-may kuni yigʻilishlar oʻtkazishgan. Shuning uchun ham bu tadbirlar ham “mayovka” deb nomlangan.

 1917-yilgi fevral inqilobidan keyin 1-mayda ishchilar birinchi marta “Yoʻqolsin kapitalist vazirlar”, “Mustamlakachilik urushlari toʻxtatilsin” degan shiorlar bilan ochiq namoyishga chiqishdi.

 Oktyabr inqilobidan soʻng 1-may RSFSRda rasmiy bayram boʻlib qoldi.

 “Rivojlangan sotsializm” davrida, kommunistik aqidadan kelib chiqqan tariqatga muvofiq SSSR boʻyicha butun dunyo mehnatkashlarining kapitalistlarga qarshi inqilobga undovchi namoyishlar boʻlib oʻtar edi. Ittifoq fikriy tubanlikka qulaganda xalq 1-mayning mafkuraviy maʼnosini ham tushinmay qoldi. Shu sababli bu kunni koʻngilxushlik kunlariga almashtirishdi. 1990-yilgi 1-may sotsialistik maʼnodagi soʻnggi namoyish boʻldi.

 Sovetlar Ittofiq qulab, Rossiya kapitalistik tuzumiga oʻtganidan soʻng bu kun “Bahor va mehnat bayrami” deb nomlana boshlandi. U yana qayta odamlarni kapitalistlarning zulmidan chalgʻituvchi bayram boʻlib qoldi. Ittifoqqa kirgan boshqa respublikalardan ham shunday boʻldi. Ularning ichida Qirgʻizistonda 1-may “Mehnat kuni” deb nomlanib, har yili nishonlanadigan boʻldi.

 Yuqoridagilardan maʼlum boʻlganidek, 1-may mushriklik va nasroniylik ildizini yoʻqotib, ayni vaqtda sotsialistik va kapitalistik nuqtai nazardan kelib chiqib nishonlanyapti. Qirgʻiziston xalqi musulmon ekanligiga qaramay 1-may hukumat tomonidan bayram qilib belgilanib, odamlar bu kunni bayram qilib yurishibdi. Chunki, bir vaqtlar musulmonlar ham fikriy tubanlikka tushib, fikriy boyliklarini yoʻqotishgan. Hozirga qadar bu botqoqdan chiqolmay kelishyapti. Hatto, ayni vaqtda koʻpchilik odamlar toʻgʻri fikrlay olmaydigan boʻlib qolgan. Nafslariga yoqqan narsalarga aldanib yurishibdi. Ammo, nafslari kutgan narsalar ham roʻyobga chiqmaydi. Masalan, nima uchun 1-mayni bayram qilyapsan deb soʻrasang, “shunchaki koʻngilxushlik uchun” deb javob beradi. Aslida esa koʻngil ham xush boʻlmaydi, chunki, turmush tashvishlari bor. Bayramga qayerdan pul topadi, bugun bayram qiladigan boʻlsa, ertaga roʻzgʻori nima boʻladi?… Ustidan kapitalizm ezib turibdi. Ayollar tikuvchilik tsexlarida 16 soatlab ishlashadi. Millonlab odamlar mehnat muhojirligiga ketgan. Yosh bolalar bozorlarda arava tortib yurishipti. Biroq, qarzga boʻlsa ham pul topib, bayram qilishyapti…  

 Mustamlakachilar va ularning malaylari buni juda yaxshi bilishadi. Shu sababli, bayram, oʻyin-kulgini koʻpaytiraveradi. Sababi, odamlar qanchalik qashshoq boʻlsa, shunchalik qaram boʻlib qolaveradi. Fikriy tuban boʻlsa, toʻgʻri mafkurani topa olishmaydi.

 Biz musulmon boʻlganimiz sababli, 1-may masalasiga islomiy nazarda qarashimiz zarur. Biz Islom aqidasini qabul qilganmiz. Bu aqida Alloh aytganidek, Paygʻambar koʻrsatganidek yasha deydi. Demak, biz Qurʼon va Hadisdan sahih ijtihod orqali istinbot qilingan (ishlab chiqilgan) sharʼiy hukmlarga amal qilishimiz vojib. Shariat joiz degan bayramni nishonlab, boshqasini tark qilishimiz zarur. Islomni oʻrganib, oʻz fikriy boyligimizni topaylik. Sotsialistlarga koʻrlarcha ergashib, kapitalistlarga goʻllarcha aldanavermay, shariatimizni ushlaylik. “Haq-huquqlarni talab qilish” masalasiga kelsak, shariat haq-huquqlarimizning barchasini bayon qilib bergan va ularni talab qilish tariqatini ham koʻrsatib qoʻygan. Shu sababli bularning bari shariat talab qilgandek boʻlishi kerak.

 Abdulhakiym.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.