Shri-Lankadagi portlashlar

78
0

Shri-Lankadagi portlashlar

21-aprel kuni Shri-Lankada bir qator portlashlar sodir boʻldi. Ommaviy axborot vositalari 300dan ziyod odam qurbon boʻlgani haqida xabar tarqatishdi. Mazkur portlashlar koʻplab savollarni paydo qildi. Nima uchun? Qanday maqsadda?…

Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, XVI asrdan boshlab orolga portugallar kelgan, keyinchalik ularning oʻrnini gollandiyaliklar egallashgan. 1802-yilda Britaniya oroldan gollandlarni siqib chiqarib, Shri-Lankani Britaniya mustamlakasi sifatida eʼlon qildi. 1948-yili mamlakat Britaniya dominioni (egaligi) sifatida qolib, Dominion Tseylon deb nomlanib “mustaqillik” oldi. 1972-yili mamlakat nomini Shri-Lankaga oʻzgartirib, dominionlikdan chiqdi, biroq, Millatlar hamdoʻstligining aʼzosi boʻldi.

Shri-Lanka aholisi soni 22 millionga yaqin, ulardan 70% butparastlar (singallar), 12% hindular (tamillar), 10% musulmanlar, 7% nosroniylardan iborat.

1983-yildan 2009 yilga qadar mamlakatda shiddatli fuqarolar urushi boʻlib oʻtdi. Hukumat bilan tamillar oʻrtasida sodir boʻlgan mazkur urushda 70 000 odam qurbon boʻlib, 140 000 odam bedarak yoʻqolgan. Hukumatning tamillarga qarshi kamsituvchi (diskriminatsiya) siyosati tamillarni hukumatga qarshi chiqishiga sabab boʻlgan. 1948-yiligi qonun 900 000 tamilning fuqaroligini bekor qilgan, 1956-yili singal tili yagona rasmiy til sifatida eʼtirof etilgan, 1970-yili yangi qabul qlingan taʼlim siyosati tamillarni oliy oʻquv yurtlariga kirishida toʻsiqlar paydo qilgan. “Singallar barcha tamillarni terrorist deb hisoblashadi va bugunga qadar ularga bosqinchilar sifatida qarashadi”. (“Le Figaro”, 2019-yil, 21-aprel).

Ayni vaqtda mamlakatda radikal butparast guruhlar kuchaygan. Ular Shri-Lankani butparast davlat sifatida qabul qilib, mamlakatni” boshqalardan” tozalash uchun harakat qilib kelishadi, hukumat esa ularning koʻplab zoʻravonlik ishlariga koʻz yumib keladi. Butparastlar faqat tamillarga emas, musulmonlarga va nosroniylarga ham tajovuz qilib kelishadi.

2012-yili “Butparast kuchlar qoʻshini” (Bodu Bala Sena – BBS) tashkil etilgan. Ayni vaqtda Galagoda Atte Gnanasara bu tashkilotga rahbarlik qilmoqda. Mamlakatda bu tashkilot tarafdorlari koʻpchilikni tashkil etadi.

2012-yili BBSchilar nasroniy ruhoniyning uyiga hujum qilishdi. Oradan bir oy oʻtib butparast rohiblar boshchiligidagi olamon Kolombo shahridagi kollejga hujum qilishdi va bu ishlarini “professorlar musulmon abiturentlarga yaxshi baho qoʻyishmoqda” deb oqlashdi.

2012-yili minglab butparast va rohiblar yigʻilgan mitingda Gnanasara shunday dedi: “Bu davlatni butparast-singallar barpo qilgan va butparastlar davlati sifatida qolish kerak” (lenta.ru, 2016-yil, 6-iyun).

2014-yil iyun oyida butparast rohiblar boshchiligidagi olamon musulmonlarning doʻkon va uylariga oʻt qoʻyishdi. Gnanasara bu talon-tarojlikdan ruhlangan butparastlarga quyidagicha murojaat qilgan: “Singallardan iborat politsiya biz tomonda. Singallardan iborat armiyani ham unitmasligimiz kerak. Agar biror musulmon yoki boshqa birov singalga tegadigan boʻlsa, biz uni oʻldiramiz” (lenta.ru, 2016-yil, 6-iyun). Gnanasaraning bunday eʼtirofi ham bor: “Biz – ekstremist va millatchimiz” (“Der Standard”, 2019-yil, 22-aprel).

BBS rohinja musulmonlarini qirgʻin qilishga chaqirgan Mьyanmadagi “969” tashkiloti bilan yaqin munosabatlar oʻrnatgan. “969” tashkilotiga Ashin Viratxu rahbarlik qiladi, u ham musulmonlarga qarshi dushmanligi bilan tanilgan. Viratxu oʻzining bu dushmanligini quyidagicha izohlaydi: “Siz yaxshilik va muhabbatda ibrat boʻlishingiz mumkin, biroq itning yonida uxlamaslik kerak. Agar biz kuchsiz boʻlsak musulmonlar barcha yerimizni bosib olishadi” (lenta.ru, 2016-yil, 6-iyun). Ashin Viratxu 2014 yil sentyabr oyida Kolombo shahrida uyushtirilgan konferentsiyada qatnashib, BBS tashkilotini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Shri-Lankadagi nasroniylar ham butparastlar tomonidan uzluksiz kamsitish va bosimlarga duch kelishadi. Mahalliy NCEAL cherkov boshqarmasining maʼlum qilishicha, butparast rohiblar nasroniy marosimlarini oʻtkazishga har doim toʻsqinlik qilib kelishadi. “2018-yili nasroniylar va ularning tashkilotlariga qarshi 86 zoʻravonlik va tahdid xodisalari qayd qilingan” (“Der Standard”, 2019-yil, 22-aprel).

Maʼlum boʻlganidek, bu mamlakatda musulmonlar va nasroiniylar oʻrtasida dushmanlik boʻlmagan.

“Bu dahshatli voqealar. Hatto, hukumat va tamillar oʻrtasida 30 yilga choʻzilgan fuqarolik urushida ham ogʻir oqibatlarga olib kelgan bunday aniq rejalashtirilgan hujumlar boʻlmagan… Oldin orolda musulmonlar hech qachon boshqa jamoatlarga, ayniqsa nasroniylarga hujum qilishmagan. Shri-Lankada “Tamil-Ilam” tashkiloti aʼzolarigina hudkushlik teraktlarini amalga oshirishgan” (“Le Figaro”, 2019-yil, 22-aprel).

Bugungi kunda “teraktlar” davlatlarning eng sevimli vositasiga aylandi. Xalqning boʻysundirish, rozi boʻlmaganlarni sudsiz qamoqqa olish, odamlarga maʼqul kelmagan siyosatni amalga oshirish yoki kimlarnidir yomon koʻrsatishdan eng yaxshi vosita bu – teraktlar.

“Maʼlum boʻlganidek, Mьyanma jamiyati kuchli bosim ostida boʻlgan va buning xunini musulmonlar toʻlashdi. Natijada millionlab musulmonlar oʻz yerlaridan mahrum boʻlishdi va ommaviy tarzda boshqa davlatlarga qochishga majbur boʻlishdi. Agar Shri-Lankadagi teraktlarda ham – “IShID” yoki boshqa tashkilotlar sababli – musulmonlar aybdor deb topilsa, bu juda yomon oqibatlarga olib keladi. Bu teraktlarda qurbon boʻlgan va yarador boʻlganlar juda koʻp boʻlganligi sababli, xulosa chiqarishda toʻgʻri fikr yuritadigan odamlarni ham osonlikcha manipulyatsiya qilish mumkin” (“Yeni Şafak”, Abdulla Agar, 2019-yil, 21-aprel).

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.