Turkiya banklaridagi qarzlar krizisi: Ribo krizisi hamda Alloh va Paygʻambari tomonidan boʻladigan urush

529
0

Turkiya banklaridagi qarzlar krizisi: Ribo krizisi hamda Alloh va Paygʻambari tomonidan boʻladigan urush

Doktor Muhammad Jiyloniy qalamiga mansub

Reyter axborot agentligi moliyaviy bozor reytingini oʻrganuvchi (STANDARD and POORS) kompaniyasiga tayanib bildirishicha, Turkiya banklari toʻlov muddati oʻtib ketgan qarzlar krizisidan aziyat chekmoqda. Chunki banklardan olingan umumiy qarzlarning 8 %ini bank sektoridagi mana shu muddati oʻtib ketgan qarzlar tashkil qiladi. Shuning uchun Turkiya iqtisodiyoti kelajakda gʻoyat ogʻir muammolarga yuz tutishi mumkin. Gap shundaki, 188 milliard turk lirasi miqdoridagi muddati oʻtib ketgan qarzning hammasi yoki bir qismi ishonchsiz qarzga aylanib qolishi mumkin. Zero, bu mablagʻ 2353 milliard lira miqdoridagi banklar tomonidan berilgan umumiy kredit-qarzlarning 8 %ini tashkil qiladi.

Muddati oʻtib ketgan qarzlar shundan iboratki, muddatidan 90 kun oʻtib ketadi, ammo qarzdorlar qarzdan yoki qarz aktividan yoki ikkalasidan kelib chiqqan protsent-riboni toʻlashga qodir boʻlolmay qoladilar. Bugungi kunda muddati oʻtib ketgan qarzlar nisbati dunyodagi eng katta nisbat hisoblanmoqda. STANDARD end POORS hisobotiga koʻra, muddati oʻtib ketgan qarzlar miqdorining koʻtarilib ketishi va bir yil oldingiga nisbatan ikki barobarga oʻsishi turk lirasi bahosi pasayib ketishining tabiiy natijasidir. Chunki turk lirasining dollarga nisbatan bahosi bir yil oldingiga nisbatan taxminan 30 %ga pasayib ketgan.

Agar Turkiya moliyaviy va iqtisodiy vaziyatni tuzatmasa, STANDARD end POORS kredit qiymatini pasaytirishi mumkin. Tahlilchilar taxminicha, turk lirasi kelayotgan uch yil mobaynida bir dollarga 6.88 liragacha tushishi kerak.

Har qanday moliyaviy bank tizimi, shu jumladan Turkiyada muddati oʻtib ketgan qarzlar ancha taʼsirga ega. Chunki u banklarning kredit evaziga loyihalarni doimiy moliyalashtira olishining asosiy koʻrsatkichidir. Qarzdorlar qarzlar, yoki ularning foizlari va xizmatlarini toʻlay olmay qolganda, ularning bank oldidagi majburiyatlarini bajarishi orqali bankka qaytayotgan pullar miqdori ozayib boraveradi.

Qarzdorlar 188 milliard lirani toʻlay olmay qolsa, banklar oʻz ishini toʻxtatmaslik va qarz berishda davom etish uchun qarz soʻrovchilarga beradigan qarz qiymatini ushbu qarzlarni toʻlash talab qilingan yillar davomida 188 milliard liraga pasaytirishga majbur boʻladi. Agar yillik qarz toʻlash qiymati muddati oʻtib ketgan qarzlar qiymatining (188 milliard liraning) masalan 20 %iga teng kelsa, yaʼni 37,6 milliard lira boʻlsa hamda umumiy qarzlarning toʻlash kerak boʻlgan qiymati 470 milliard lirani tashkil qilsa, bank 470-37,6=432,4 milliard lira miqdorida qarz berishi mumkin. Ammo Gretsiyada boʻlgani kabi kredit yetishmasligi 50 % boʻlsa, unda banklar 197 milliard lira, yaʼni 36 milliard dollar bera oladi. Bu Turkiya iqtisodidek ulkan iqtisodni idora qilishga kifoya qilmaydi. Shuningdek, bu ishlab chiqarish va pul aylanish falaj boʻlib qolishini anglatadi.

Eslatib oʻtish joizki, qarzlar muammosi va muvaffaqiyatsizligi, hatto bugungidek 8 % darajada ham, Turkiya iqtisodiyotida juda koʻplab loyihalarning amalga oshirilishida muammo yaratishi mumkin. Xususan, ushbu turli moliyalashtiruvchi loyihalarning aksari, har turli kreditlardan iborat. Oqibatda, maʼlum kredit toʻlovi muammosi boshqa kreditlar toʻlovi muammosiga olib boraveradi va hokazo… Muddati oʻtib ketgan qarzlar miqdori qariyb bir yil ichida 4 %dan 8 % foizga koʻtarilishining sababi ham shu boʻlsa kerak. Agar 2008 yilgi krizis paytidagi muddati oʻtib ketgan qarzlar suratiga nazar tashlasak u sekin asta oʻsib, 2010 yilda eng baland choʻqqiga chiqqanini koʻramiz. Buni quyidagi tarzda bayon qilish mumkin:

Foiz evaziga va odamlarning boyligi evaziga ishlaydigan banklar zarar koʻrayotgan bir vaziyatda riboli kreditlarga va loyihalarni ribo bilan loyihalashtirishga suyanadigan iqtisod qulab boraveradi. Bu narsa dunyodagi iqtisodlar, shu jumladan Turkiyaning bugungi iqtisodiga zarba beradi. Odamlar oʻzlari guvoh boʻlib turgan iqtisodlarining vayron boʻlishi va boyliklarining zoye ketishidan ibrat olmaydilar va yana oʻsha ishlarini qilaverishadi. Ular banklari va ribo maskanlariga yetgan halokatni koʻrib tursalarda ibrat olmaydilar. Ular oʻz gunohlari tufayli Alloh halok qilgan kishilar oldidan oʻtib ibrat olmaydigan kimsalarga oʻxshaydilar.

ثُمَّ دَمَّرْنَا الْآخَرِينَ * وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ * وَبِاللَّيْلِ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

“Soʻngra boshqalarni (yaʼni Lutni yolgʻonchi qilganlarni) halok qildik. (Ey Makka ahli) aniqki, sizlar ertayu kech ularning ustidan oʻtib turursizlar. Axir aql yurgizmaysizlarmi (yaʼni Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qoʻrqmaysizlarmi)?!”  [Soffat 136-138]

وَكَأَيِّن مِّنْ آيَةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ

Osmonlar va yerda (Allohning borligi va birligiga dalolat qilguvchi) qanchadan-qancha oyat-alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz oʻgirgan hollarida oʻtib ketaveradilar” [Yusuf 105]

Nahotki Turkiya va boshqa islomiy yurtlardagi musulmonlar ribo eng katta ofat ekani hamda u ularning boyliklarini yoʻq qilishi va iqtisodlarini vayron qilishini tushunmasalar? Nahotki ular Alloh Taoloning

وَمَا آتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَ فِي أَمْوَالِ النَّاسِ فَلَا يَرْبُو عِندَ اللَّهِ

“Sizlar odamlarning mollari ichida ziyoda boʻlib (qaytishi) uchun bergan sudxoʻrlik-foydaxoʻrlikdan iborat boʻlgan pul-mollaringiz (yaʼni sovgʻa-salomlaringiz) Alloh nazdida ziyoda (savob) olishingizga sabab boʻlmas”  [Rum 39]

oyatini tushunmasalar? Nahotki ular odamlarning boyliklari evaziga oʻsadigan hamda ishlab chiqarish va resurslarning koʻpligiga aloqasi boʻlmagan ribo evaziga oʻsadigan mol ofat ekanini bilmasalar? Nahotki ular bu kabi mollar agar yoqadigan boshqa narsa topa olmasa oʻziga oʻzi oʻt qoʻyishini bilmasalar?

Nahotki Alloh va oxirat kuniga imon keltirgan kishi insoniyatga yoʻliqishi mumkin boʻlgan eng qattiq urush Aziz va Buyuk Alloh tomonidan boʻlgan urush ekanini hamda bu urushdan qutulish mumkin emasligini bilmasa? Alloh Taolo oʻz kitobida ribo yeydigan va ribo evaziga molini koʻpaytiradigan kimsalarga qarshi urush eʼlon qildi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ * فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِّنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ ۖ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَالِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ

“Ey moʻminlar, Allohdan qoʻrqingiz va agar chindan moʻmin boʻlsangizlar, sudxoʻrlik sarqitlarini tark qilingiz. (Yaʼni odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz). Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va paygʻambari tomonidan boʻlgan urushni bilib qoʻying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz oʻzingizga — zolim ham, mazlum ham boʻlmaysiz”[Baqara 278-279]

Muqarrar va mahkam tutish shart boʻlgan haqiqat shuki, riboli bank tizimi kapitalistik iqtisod nizomining bir qismidir. U ilmoniy demokratik nizom bilan hamroh hamda din va Islomni odamlarning hayoti va ishlaridan uzoqlashtirish aqidasidan kelib chiqqandir. Bu kabi ofat, katta musibat va halokatdan islomiy iqtisodiy nizomni tatbiq etish orqali xalos boʻlish mumkin. Islomiy iqtisodiy nizom esa, siyosiy nizom bilan hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi islomiy davlat bilan hamrohdir. Shuningdek u Alloh Taoloni sheriksiz maʼbud, iloh va parvardigor deb ishongan aqliy aqidadan kelib chiqqandir. Musulmonlar xalifasi Turkiya va boshqa islomiy yurtlardagi odamlar oldida faqat mana shu nizom va aqida bilan turadi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“أَلَا كُلُّ رِباً مَوْضُوعٌ”

“Har qanday ribo bekordir”, yaʼni ribo evaziga tuzilgan bitimga rioya qilinmaydi.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.