Til biriktiruvchi rahbarlarning tez-tez uchrashuv oʻtkazishi rejalarini amalga oshirishlari oldida toʻsiqlar koʻpligini anglatadi

515
0

Til biriktiruvchi rahbarlarning tez-tez uchrashuv oʻtkazishi rejalarini amalga oshirishlari oldida toʻsiqlar koʻpligini anglatadi

Ustoz Munir Nosir. Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi

Turkiya prezidenti bilan Rossiya prezidenti Suriya masalasini yoki ularning tili bilan aytganda, Suriya krizisini muhokama qilish uchun shu yilning oʻzida uch marta uchrashdi. Oʻtgan yili ham ikkala rahbar oʻrtasini jamlagan uchrashuvlar koʻp boʻlib, ulardan asosiysi sentyabrdagi Sochi kelishuvi boʻldi va uning bandlari bu yil oxiriga qadar amalga oshirilishi taxmin qilingan edi.

Bu uchrashuvlarning takror boʻlishidan ayni mashʼum kelishuvni tatbiq qilish uchun amaliy mexanizmlarni izlab topish maqsad qilindi. Chunki shu paytga qadar ayni kelishuvni amalda joriy qilish harakatlari behuda ketdi. Sababi Suriyadagi odamlar koʻplab ommaviy tadbirlar bilan kelishuvga qarshi chiqdilar va tadbirlarda Turkiya kuzatuv punktlariga ham, xalqaro yoʻllar ochilishiga ham norozilik bildirdilar.

Ularning soʻnggi kelishuvi 8 aprel kungi uchrashuvdagi muhim kelishuv boʻldi. Bu Rossiya patrulь harakatini “bufer zona”da harakatlanayotgan Turkiya patrulь harakati bilan barobar harakatlantirish kelishuvidir. Bu haqda arab tilida chiqadigan “Independent” gazetasi va boshqa axborot agentliklari dushanba kuni Vladimir Putinning “Rossiya bilan Turkiya Suriyaning Idlib shahrida patrulь harakatlarini hamkorlikda harakatlantiradigan boʻldi”, degan soʻzini keltirdi. Putin turk hamkasbi Erdogan bilan Moskvadagi soʻzlashuvlari ortidan “Biz bu qoʻshma patrulь harakatini eng kamida ikki tomonlama harakatlantiramiz”, deya qoʻshimcha qildi.

Baʼzilar bu gapni ayni qoʻshma patrulь harakatlari ozod etilgan hududlar ichkarisida boʻlar ekan, bu yaxshi-ku, deb oʻyladi. Biroq bu gap patrullarni ikki taraflama harakatlantirilishini ham anglatadi. Bundan esa, agar ozod etilgan hududlarda Rossiya patrulь harakatlariga odamlar tomonidan eʼtiroz bildirilgan taqdirda, Turkiya patrullari harakatiga odamlar nazdida qonuniylik tusini berish koʻzlangan.

Patrullarni birgalikda harakatlantirishadimi yoki faqat bir tomonlama alohida harakatlantirishadimi, farqsiz, bu kelishuv tayyorgarlik koʻrilayotgan va rejalashtirilayotgan bir maqsadga qaratilgan. U ham boʻlsa, bandlari “Jeneva-1”da Amerika tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy jarayonni amalga oshirishdir. Bu haqda laʼnati Putin, “Rusiyal Yavm”da xabar qilinganidek, “terrorchilarning asosiy kuchlarini yoʻq qilgan ekanmiz, endi, vaziyatni oʻzining yakuniy barqarorligiga qaytarish masalasiga eʼtibor qaratish hamda Xavfsizlik Kengashi chiqargan 2254 sonli qaror talabi bilan siyosiy kelishuv jarayoniga oʻtish juda muhimdir”, dedi.

Sentyabrdagi Sochi kelishuvi matnida oʻt ochishni toʻxtatish taʼkidlanganiga qaramay, qonxoʻr rejim, u bilan eronlik jangarilar, rus samolyotlari va rus bazalaridagi zambaraklarning barchasi bombardimonlarni toʻxtatmadi. Ular ozod qilingan hududlarni, xususan, xalqaro yoʻllar atrofida joylashgan va Sochi kelishuvi bandlaridan biri sifatida ochishga kelishib olingan hududlarni bombardimon qilishyapti.

Suriya Inson huquqlarini kuzatish markaziga koʻra, u joriy aprelning oʻn toʻrtinchi kuni yarim tunda Rossiya-Turkiya bitimida qayd qilingan hududlarda koʻplab qonunbuzarliklarni kuzatgan. U yerlarda harbiy samolyotlar Arihaning shimoliy qismidagi Maatram qishlogʻini tinimsiz nishonga olgan. Ayni markaz toʻrtta rus uchogʻi Idlibning janubiy qismidagi Bisanqul qishlogʻi bilan Urum al-Javz shaharchasini tinimsiz aylanib oʻn toʻrt marta havo hujumi sodir etganini kuzatgan. Buning oqibatida oddiy fuqarolar orasida qurbonlar boʻlgan, bir necha aholi uylari yongan. Shuningdek, Asad rejimi kuchlari ham Loziqiyaning shimoliy sharqiy qismida joylashgan Kurdlar togʻidagi Mehvari Tardin rayonlarini zambaraklar bilan oʻqqa tutgan, oqibatda bir kishi halok boʻlgan. Shunday qilib, Putin-Erdogan kelishuvining tatbiq qilinishi orqali va Suriya Inson huquqlari markazining kuzatuvida shahid boʻlganlar soni 587 nafarga yetdi.

Suriya maydonini obdan oʻrganib chiqish natijasida shunga guvoh boʻldikki, Amerikaning siyosiy yechimi bilan qoʻgʻirchoqlari oʻrtasida ochiq bir uygʻunlik mavjud. Zero, kelishuvdan Rossiyaning Idlibni harbiy jihatdan nazorat ostiga olishiga yoʻl qoʻymay, siyosiy yechimga erishish maqsad qilingan. Buni turk-rus rahbarlari tomonidan barcha uchrashuvlari chogʻida aytilgan bayonotlar tasdiqlab turibdi. Garchi kelishuvni ijro etish uslublari turli xil boʻlsa-da, biroq tomonlar kelishuvda aslida shu narsaga harakat qilishyapti.

Darhaqiqat, Turkiya rahbari kelishuv ijrosi qiyin kechayotganini tan oldi va rus rahbari ham qoʻzgʻolonchilarni terrorchilar, deya hamkasbiga qoʻshildi. “Bizning faoliyatimiz Idlibda hech qanday natija keltirmadi, deyish xato”, dedi Putin. Soʻng “U yerda terrorchi jamoalarning borligi sababli, afsuski, ishlarimiz oson kechmayapti”, deya qoʻshimcha qildi. Erdogan ham “Suriyadagi krizisga yakun yasashning yagona yoʻli siyosiy yechim ekanligi xususida Rossiya bilan fikrlarimiz uygʻun”, dedi.

Demak, qoʻzgʻolon va uning ahliga pand berishni kutib turgan bu davlatlar, har qancha qiyinchilikka uchrashlariga qaramay, qattiq turib, oʻz fitna va makrlarini davom ettirishmoqda. Bu esa, Shom ahli uchun haqiqatni anglashlariga turtki boʻlmogʻi darkor. Haqiqat shuki, ular bu davlatlar rejalariga qarshi turib, ularni barbod etishga va muzokara stollarini boshlariga agʻdarib tashlashga qodirdirlar hamda “qoʻllab-quvvatlovchi va donor” davlatlar tomonidan oʻgʻirlangan masalalarini qaytarib olish qoʻllaridan keladi. Bu davlatlar qoʻzgʻolon ahliga qanchalar qattiq mashaqqat yetkazsa, bu ularni oʻz qoʻzgʻolonlarining oʻzgarmas-barqaror asoslarini shunchalik mahkam ushlab, keng qamrovli islomiy loyiha atrofida jipslashishlariga hamda barcha til biriktiruvchilar qarshisida haq soʻzni baralla aytishlariga shunchalik turtki boʻlmogʻi darkor.

Turkiya-Rossiya rahbarlarining tez-tez uchrashayotganini hamda Sochi kelishuvini ijro etish uchun reja va uslublarini oʻzgartirishayotganini kuzatib borayotgan kishi shunga amin boʻladiki, demak, qoʻzgʻolon hamon magʻrur turib, tiz choʻkishni istamayapti. Garchi bu davlatlarning tikon simlari ularning oʻzaro aloqa-munosabatlarini uzib, yoʻllarini xarsangtoshlar bilan toʻsib qoʻyayotgan boʻlsa ham, koʻpchilikning qalbida qoʻzgʻolon ruhi soʻngani yoʻq… Ular Shom qoʻzgʻoloni malʼunlar rejalarini barbod qilishga, qoʻzgʻolonlarining boʻgʻizlanishini oldini olishga Allohning izni ila, qodirdirlar. To rejimni agʻdarib, Allohning hukmini oʻrnatmagunlaricha sobit turib, qoʻzgʻolonni davom ettira oladilar. Buning uchun faqat va faqat Allohning Oʻziga iltijo qilmoqlari, Allohdan boshqaga bogʻlangan barcha arqonlarni uzib tashlash bilan Uning mustahkam arqonini mahkam ushlamoqlari, kerak. Ular oʻz saflarini birlashtirib, ochiq islomiy loyiha va xolis ongli yetakchilik atrofiga jipslashmoqlari, ushbu yetakchilik koʻrsatayotgan maqsad sari sabot, ochiqlik, ahdu paymon bilan qadam tashlamoqlari, Robbilariga va Uning Oʻz moʻmin bandalariga vaʼda qilgan nusratiga boʻlgan imonlaridan quvvatlangan qatʼiyatlari asosida harakat qilmoqlari darkor.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.