Mirziyoyev Xitoyga joʻnab ketdi

599
0

Mirziyoyev Xitoyga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinьpinning taklifiga binoan 24 aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari u yerda “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinьpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Li Chjanьshu bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.