Masjidul Aqsodan nido

682
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Xalifalik davlati qulatilgani xotirasida Masjidul Aqsodan nido

Butun olam Parvardigori Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, u kishining ahli-oilasi va ashoblariga hamda ul zotni doʻst tutganlarga salotu salomlar boʻlsin. Ammo baʼd:

Ey Yer yuzining butun gʻarbu sharqidagi musulmonlar!

Ey musulmon armiyalaridagi zobitu askarlar!

Biz sizga Rosululloh ﷺning Isro maskanidan murojaat yoʻllayapmiz. Asirdagi Aqso masjididan turib, Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir demoqdamiz. Bas, Allohga yordam bering, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi.

Aqso masjididan turib, Islomga nusrat berishga himmatingizni qoʻzgʻayapmiz. Ushbu muborak dargohdan sizga hayqirib, Allohning dinini yer yuzida qoim qilishga chaqiryapmiz, qabul qilasizmi, labbay deysizmi?!

Ey musulmonlar!

Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik sizning najot va kuch-qudratga erishishingiz, diningizni barpo etishingiz uchun yagona yoʻldir.

Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik Aqsoni, muborak Falastin zaminini iflos bosqinchilardan ozod etish, Birma va Sharqiy Turkistondagi bechoralarga yordam berish yoʻlidir. U Amerikani Iroq va Afgʻonistondan, Arab yarim orolidan va barcha bosib olingan islomiy yurtlardan quvib solishning sharʼiy va amaliy tariqatidir.

Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik birlashishingiz yoʻlidir. Yolgʻiz ugina sizni birlashtiradi, yolgʻiz ugina Ummatni parchalagan mazhabparastlik va manfur millatchilik kabi illatlarni yoʻq qiladi, yolgʻiz ugina musulmonlar qalblarini bitta qalbga aylantirib, boshqa insonlardan farqli oʻlaroq, Alloh va Rosuli istagan Ummat qiladi.

Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina armiyalarni jamlab, insonlarni kufr zulmatlaridan Islomning nuri va adolatiga olib chiqish sari Islomni yer yuziga yoyadi.

Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina butun dunyoni kapitalizm ochkoʻzligi va buzgʻunchiligidan hamda Amerika va uning ittifoqchilari yovuzligidan xalos etadi.

Ha, ushbu Xalifalikkina bashariyatni qutqarib, yer yuziga ezgulik ulashib, undan barcha insonni bahramand etadi.

Ey musulmonlar va ularning armiyalari!

Nahotki, Allohning zikriga va nozil boʻlgan haqqa qalblaringiz eziladigan payt kelmagan boʻlsa?! Nahotki, Alloh va Rosuliga yordam berish vaqti kelmagan boʻlsa?!

Nahotki, Ummatga turli-tuman xorligu xoʻrlikni tottirgan bu togʻut hukmdorlar va ularning poraxoʻr gumashtalarini agʻdarish vaqti kelmagan boʻlsa?!

Nahotki, boʻlinishingiz vositalarini yoʻq qilib, kofirning birligingizni parchalashga vosita qilgan chegaralarini buzish vaqti kelmagan boʻlsa?!

Nahotki, Ummat armiyalari Islom tomoniga oʻtib, Alloh va Rosuliga yordam berish vaqti kelmagan boʻlsa?!

Yoʻq-yoʻq, bularning barchasining vaqti Alloh haqqi, allaqachon kelgan, Allohga qasamki, allaqachon kelgan!

Ey aka-uka va ahboblarimiz!

Bizning muhim vazifamiz Allohning dinini yer yuzida qoim qilishdir. Alloh bizni insonlar ustida guvoh boʻlish uchun saraladi va ushbu dinimiz bilan ular uchun eng yaxshi Ummat sifatida chiqardi. Alloh Taoloning ushbu kalomini tadabbur qiling:

وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمِينَ مِنْ قَبْلُ وَفِي هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَاكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ

“Va Alloh (yoʻlida) haqiqiy jihod qilingiz! Uning Oʻzi sizlarni (Islom dini uchun) saraladi va bu dinda sizlarga biron xaraj-tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dinini (yaʼni Islomni) ushlangiz. Toki (qiyomat kunida) Rosululloh ustingizda guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa (barcha dinlardagi) odamlar ustida guvoh boʻlishingiz uchun (Allohning) Oʻzi sizlarni ilgari(gi muqaddas kitoblarida) ham mana shu (Qurʼonda) ham musulmonlar (yaʼni Oʻzining diniga boʻysunuvchilar) deb atadi. Bas, namozni toʻkis ado etingiz, zakotni (haqdorlarga) ato etingiz va Allohga bogʻlaningiz! U sizlarning hojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi nusrat beruvchidir”  [Haj 78]

Shunday ekan, Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlang, birgalikda Allohning dinini barpo qilish bilan Rosululloh ﷺning Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻlishiga oid bashoratlarini roʻyobga chiqaraylik.

Ey musulmon yurtlaridagi aka-uka va ahboblarimiz!

Biz ushbu Aqso masjididan sizga murojaat qilishdan hirgiz charchamaymiz. Chunki Alloh Oʻzi nusrat berish bilan koʻzlarimizni quvontirishiga oshuftamiz, koʻzlarimiz bilan sizning takbirlaru tahlillar aytib, Allohning

فَقُطِعَ دَابِرُ الْقَوْمِ الَّذِينَ ظَلَمُوا وَالْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

“Bas, butun olam Parvardigori Allohga hamd boʻlsinki, zolim qavmning dumlari qirqildi (halok qilindilar)”   [Anʼom 45]

kalomini takrorlab, Aqso maydoniga kirib kelishingizni koʻrmoqchimiz.

Ey muborak zamin ahli, Hoshim Gʻazosi ahli!

Darhaqiqat, sizga qarshi uzoqdagiyu yaqindagi dushman til biriktirdi. Bu musibatingizdan Alloh Azza va Jalladan oʻzga hech kim forigʻ etolmaydi. Dushmanlaringiz sizga makr qilib, zarar yetkazish payida turibdi. Biroq Allohning makri ularning makridan kuchli. Dushmanlaringiz anavi xoin hukmdorlarning qoʻrqoqligidan yoki oʻz kibru manmanliklaridan aldanishayotgan koʻrinadi. Biroq bu muborak Falastin zamini Islom oʻchogʻidir, musulmonlarning ilk qiblasidir, Nabiy ﷺning samoga koʻtarilgan meʼroj maskanidir… Bu zaminda haq ustida gʻolib turgan mansur toifa bor. Abu Umoma  Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

“لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الْحَقِّ ظَاهِرِينَ, لَعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ, لاَ يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلاَّ مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللَّهِ وَهُمْ كَذَلِكَ” قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ وَأَيْنَ هُمْ؟ قَالَ: “بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ وَأَكْنَافِ بَيْتِ الْمَقْدِسِ”

“Ummatimdan bir toifasi haq ustida turib, dushmanlarini magʻlub etib boraveradilar. Qarshilik qilganlar ularga zarar yetkazolmaydi, magar ularga qandaydir gʻam-tashvish yetadi xolos. Hatto ular shu holatda turganlarida Allohning ishi-nusrati keladi”. Soʻrashdi: yo Rosululloh, ular qayerda boʻladilar? Aytdilar: “Baytul Maqdis va uning atrofida”. (Imom Ahmad rivoyati).

Ey ahlimiz va ahboblarimiz!

Gʻarb bilan islomiy yurtlar hukmdorlari Falastin Ozodlik Harakati egniga xiyonat toʻnini kiydirishgandi, u xoinlar yoʻlidan yurdi va moʻminlarni qoʻyib, Amerika va kufr davlatlarini doʻst tutdi, xalqaro koʻr qonunga rozi boʻldi. Chunki bu qonun yahudiylar manfaatiga xizmat qilishdan boshqa narsani bilmaydi, balki ularni muborak zaminga joylashtiradi. Islom dushmanlari dinimizga qarshi til biriktirishda davom etmoqda. Amerika, Yevropa, Rossiya va yahud vujudi bir-birlariga doʻstdirlar va bu Allohning Kitobida aytilgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاءَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ * فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَى أَنْ تُصِيبَنَا دَائِرَةٌ فَعَسَى اللَّهُ أَنْ يَأْتِيَ بِالْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِنْ عِنْدِهِ فَيُصْبِحُوا عَلَى مَا أَسَرُّوا فِي أَنْفُسِهِمْ نَادِمِينَ

“Ey moʻminlar, yahudiylar va nasroniylarni doʻst tutmangiz! Ularning baʼzilari baʼzilariga doʻstdirlar. Sizlardan kim ularga doʻst boʻlsa, bas, u oʻshalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas. Bas, Siz dillarida maraz boʻlgan kimsalar: “Bizga biron balo yetishidan qoʻrqamiz”, degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini koʻrasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga gʻalaba bersa yoki oʻz huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar”[Moida 51-52]

Biz shu yerdan, muborak dargohdan turib, sizni bu zolm, xoin va togʻut hukmdorlarga itoat qilishdan ogohlantiramiz. Qarshilik harakatlariga nasihat yoʻllab, ularga – Falastin masalasi Islomniki, Islom Ummatinikidir, Amerika yoki xalqaro tashkilotlar yoxud bir siqim xoin hukmdorlarniki emas, deymiz. Bu masala Misr, Iordaniya va Saudiya hukmdorlari doxil uchlik xoinlariniki ham emasligini alohida taʼkidlaymiz. Chunki Islom dushmanlari kuni kecha Falastin Ozodlik Harakatiga xoinlik toʻnini kiydirgan boʻlsa, bugun uni Falastindagi barcha guruh va harakatlarga kiydirishmoqchi. Oʻz ixtiyoringiz bilan kiymasangiz, majburlashlari turgan gap. Shunday boʻlgach, biz barchangizni togʻut rejimlaru xalqaro tashkilotlardan qoʻllaringizni yuvib poklanishga chaqiramiz. Falastin masalasini oʻz egasi-Islomga qaytarib, Islom Ummati va uning armiyalaridan Xalifalikni barpo etish va Quddusi Sharifni ozod qilish uchun nusrat talab qilishga daʼvat qilamiz.

Ey musulmonlar!

Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir. Bas, Allohga nusrat-yordam bering, U Zot sizga yordam beradi, qadamlaringizni sobit qiladi. Alloh Azza va Jallaga ishoning, chunki nusrat faqat Uning qoʻlida:

إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ وَإِنْ يَخْذُلْكُمْ فَمَنْ ذَا الَّذِي يَنْصُرُكُمْ مِنْ بَعْدِهِ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ

“Agar sizlarga Alloh nusrat bersa, hech kim sizlardan gʻolib boʻlmas. Va agar sizlarni yordamsiz qoʻysa, Undan oʻzga hech bir zot yordamchi boʻlmas. Moʻminlar Allohning oʻzigagina suyansinlar!”[Oli Imron 160]

Qoʻlingizni qoʻlimizga bering va biz bilan birga harakat qiling, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etaylik.

Allohim bizdan ushbu yaxshilikni musulmonlarga yetkaz, unga qalblarini och, qalblarimizni birlashtir, Ummati Muhammadni Oʻz itoatingga, roziligingga, nusratingga birlashtir, bizga Oʻz dargohingdan bir madadkor quvvat ato et.

Allohim, Paygʻambarimiz Muhammad mustafoga, ahli oilasiga va barcha ashoblariga salotu salomlar yogʻdir. Butun olam Parvardigori Allohga hamd boʻlsin.

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini

29 rajab 1440h

5 aprel 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.