Islomni tatbiq qilishdan boshqa narsa Pokistondagi iqtisodiy tanglikni bartaraf qilolmaydi

36
0

Islomni tatbiq qilishdan boshqa narsa Pokistondagi iqtisodiy tanglikni bartaraf qilolmaydi

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati tomonidan nashr qilingan matbuot bayonotida bunday deyiladi:

“Hozirgi rahbariyat Xalqaro Valyuta Fondi qoʻygan shartlar va topshiriqlarni tatbiq qilyapti. Bu shartlar va yoʻllanmalar esa, oʻtgan oʻttiz yil mobaynida yurt iqtisodiyotiga ulkan zarar keltirdi. Bugungi dahshatli iqtisodiy krizisga sabab, faqat korruptsiya emas”.

Bayonotda yana taʼkidlandi:

“Xalqaro Valyuta Fondi bu mustamlakachi davlatlar bilan ularning mahalliy ittifoqchilari va pokistonlik korruptsiyachi rahbarlarga xizmat qiluvchi bir quroldir. Bu tashkilot ulkan inflyatsiya sodir boʻlishiga qoʻyib berib, asosiy diqqatni davlat mulklarining xususiylashtirilishiga qaratadi. Oʻz navbatida, xususiylashtirish yirik ajnabiy mustamlakachi kompaniyalar foydasiga xizmat qiladi va ularning ulkan daromad manbayiga aylanadi. Yana bu Xalqaro Valyuta Fondi topshiriqlari yurtda soliqlar oshirilishiga qaratalgandir. Bu esa, mahalliy xarid quvvatining pasayishiga va savdoga toʻsiq boʻlishga olib boradi hamda qishloq xoʻjaligi bilan sanoatga yana bir dahshatli zarba beradi. Shuning uchun birin-ketin kelayotgan hukumatlar bor ekan, bu ajnabiy mustamlakachilar va mahalliy korruptsiyachilar bizning hisobimizga boyishaveradi”.

Bayonotda Pokistondagi musulmonlarga murojaat qilinib, bunday deyiladi:

“Hozirgi rahbariyat sizga yolgʻon vaʼdalar berish bilan hokimiyatga keldi. Endi esa, sizga iqtisodni oʻstirish haqida choʻpchak aytish bilan hokimiyatlarini saqlab qolishga urinishyapti”.

Bayonot soʻnggida bunday deyiladi:

“Islomni tatbiq qilishdan boshqa narsa Pokistondagi iqtisodiy tanglikni bartaraf qilolmaydi. Chunki yaqinda – Allohning izni ila – barpo boʻlajak Xalifalik Xalqaro Valyuta Fondi bilan muomala qilishni, unga aʼzo boʻlishni, undan kreditlar olishni, sudxoʻrlik qilishni va bu tashkilotning belimizni sindirayotgan shart va topshiriqlarini bajarishni rad qiladi. Xalifalik omma mulki boʻlgan energetika va mineral boyliklar sohasida zudlik bilan Islom ahkomlarini tatbiq qiladi. Zakot va qishloq xoʻjaligi yerlariga xiroj belgilash kabi davlat oladigan daromadlarga oid sharʼiy ahkomlarni tatbiq qiladi. Shu bilan birga, sharʼiy ahkomlarga zid boʻlgan adolatsiz soliqlarni bekor qiladi”.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.