Iordaniya Xavfsizlik xizmati Xalifalik konferentsiyasini taqiqladi

66
0

Iordaniya Xavfsizlik xizmati Xalifalik konferentsiyasini taqiqladi

Iordaniya xavfsizlik xizmati hijriy 1440 yil 29 rajab, milodiy 2019 yil 5 aprel juma kuni Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyatining Ammonda ijaraga olgan konferentsiya zalini yopib qoʻydi hamda zal egasini birorta ham konferentsiya oʻtkazmaslik bilan ogohlantirdi. Hizb bu zalda qator maʼruzalar qilish va keyinchalik bu tadbirlarni konferentsiyaga aylantirish uchun barcha kerakli tayyorgarlik ishlarini qilgan edi. Oʻtkazilmoqchi boʻlgan konferentsiya “Rajab oyi Xalifalik oyidir”, deya nomlangan edi.

Iordaniya rejimining bunday qilmishiga nisbatan, Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bayonoti chiqardi. Unda bunday soʻzlar kelgan:

“Bu rejim va uning repressiv xavfsizlik xizmati Allohga, Uning diniga va daʼvatini yetkazuvchilarga qarshi butunlay yuzsizlik va jurʼat bilan kurashmoqda. U oʻzining bu kurashini Britaniya uni paydo qilganidan boshlab bugungi kungacha, dunyoning oʻzi yeta olgan har bir burchagida davom ettirmoqda. U kufr va kofirlarga ixlos qoʻyish, tiz choʻkib xizmat qilish, Allohning dini Islomiga qarshi urush qilish botqogʻida boshidan oyogʻigacha botgan. Darhaqiqat, bu rejim yarim tunda uylarga bostirib kirib, xonadon daxlsizligini buzish, hibsga olish, qamoqqa tashlash, kaltaklash kabi qilmishlar bilan daʼvatni yetkazuvchilarni tinimsiz tazyiq ostiga olib kelmoqda. Ustoz-murabbiy Valid Hijozotning hibsga olinishi rejim qilmishlarining navbatdagisi boʻldi. Xavfsizlik xizmati xodimlari Ustozning uyiga bostirib kirib, farzandlarini doʻpposlashgan, hatto ustozga hukm chiqarilganidan keyin farzandlariga ham uy qamogʻi hukmi chiqarilgan”.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.