Hizb ut-Tahrir – Indoneziya yurtdagi ulamolar forumida Xalifalik barpo qilish harakatini toʻxtovsiz davom ettirish kerakligini taʼkidladi

446
0

Hizb ut-Tahrir – Indoneziya yurtdagi ulamolar forumida Xalifalik barpo qilish harakatini toʻxtovsiz davom ettirish kerakligini taʼkidladi

Indoneziyaning Maduro (Yava sharqidagi) orolida hijriy 1440 yil 24 rajab, milodiy 2019 yil 31 mart yakshanba kuni ulamolar forumi boʻlib oʻtdi. Rosulullohning Isro va Meʼroji xotirasini jonlantirish bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan ushbu forumda, ulamolar, shayxlar, “Islomiy Ichki Tarbiya” harakati faollari, jumladan, professorlar va yaqin birodarlardan iborat 600 kishi ishtirok etdi.

Musulmon ulamolar quyidagilarni taʼkidladilar: Islom komil din boʻlib, u Alloh Subhanahu va Taolo barakotli qilgan birdan-bir dindir. Alloh Taolo bunday dedi:

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِيناً

“Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʻkis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim” [Moida 3]

Xalifalik tatbiq etilishi shart boʻlgan islomiy ahkomlarning ajralmas bir boʻlagi. Shuning uchun Xalifalikni barpo etish harakatiga qarshi boʻlgan har bir taqiq, tahdid, repressiya va kurash jinoyatdir hamda Islom va uning hayot yoʻliga ochiqdan-ochiq dushmanlikdir.

Uchrashuvda bayon qilinishicha, Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilayotgan tashkilotlar va uyushmalarning tahdid va repressiyaga uchrashi, jinoyatchiga chiqarilishi nojoiz ishdir.

Yigʻilishda ishtirok etgan ulamolar shuningdek, biz har vaqt islomiy daʼvatni yetkazuvchilar tarafida turib, ularni himoya qilmogʻimiz, ularning Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish ishlariga yordam bermogʻimiz shart, dedilar.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.