Jeenbekov: Odamlarni koʻchalariga olib chiqib, hokimiyatga bosim oʻtkazaman deganlar xato qiladi

179
0

Jeenbekov: Odamlarni koʻchalariga olib chiqib, hokimiyatga bosim oʻtkazaman deganlar xato qiladi

 Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamenti yigʻilishida qilgan chiqishida, “Har qanday ulьtimatumlar tili rad etilishi”ni maʼlum qilgan. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

 Uning soʻzlariga koʻra, korruptsiyalashgan shaxslarning sabotaj qilishi va ayrim siyosiy kuchlarning aks taʼsir qilish holatlari uchramoqda.

 “Uyushgan va mafiyalashgan jinoiy toʻdaning korruptsion qilmishlari mamlakatimizga ulkan ziyon yetkazib kelgan. Endi har qanday ulьtimatumlar tili rad etiladi. Har qanday masala huquqiy maydonda hal etiladi. Odamlarni mamlakat koʻchalariga haydab olib chiqib, hokimiyatga bosim oʻtkazaman, deb oʻylaganlar xato qiladi”, – dedi  Jeenbekov.

 Jeenbekovning qoʻshimcha qilishicha, u maʼlum bir doira odamlariga ularning manfaatlariga xizmat qilish va oʻgʻriliklarini berkitib yurish boʻyicha vaʼda bermagan.

 “Har qanday tuhmat menga taʼsir qilmaydi. Mening siyosiy maydondagi barcha xatti-harakatlarim iflos niyatlar va ishlar bilan bulgʻanmagan”, – dedi mamlakat rahbari.

 Jeenbekov xalq fitnalarga uchmasligiga ishonchi komil ekanligini ham aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda jamiyat bir qadar siyosiylashgan.

 “Siyosiy partiyalar maʼlum bir harakatlarni qoʻllashmoqda. Bu dono xalqimiz birlikni istayotganini yana bir bor isbotlaydi. Xalq tinchlikni yuqori qadrlaydi va fitnalarga uchmasligini isbotlab boʻldi”,-  dedi Sooronbay Jeenbekov.

 Prezident hokimiyat qoʻl qovushtirmasdan ishlashi lozimligini taʼkidlab oʻtgan.

 “Biz vaʼda qilingan dasturlarning bajarilishi ustida ishlamoqdamiz. Rossiya bilan muzokaralar natijasida vatandoshlarimizni qiynayotgan bir qator muammolar hal etildi. Endi hukumat bu kelishuvlarni amalga oshirishi lozim. Turkiya bilan ham oʻzaro tushunishga erishdik. Xitoy bilan muzokaralar olib borildi. Bu yil ShHT va KXShT sammitlari oʻtkaziladi”, – deya qayd etdi Sooronbay Jeenbekov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.