Liviya: AQSh va Britaniya malaylarining fitnalari

82
0

Liviya: AQSh va Britaniya malaylarining fitnalari

 4-aprel kuni Liviya milliy armiyasi rahbari Xalifa Xaftar Liviya poytaxti Tripoliga hujum qilish boʻyicha buyruq berdi. Xaftar oʻz murojaatida shunday dedi: “Tripolini… jangari va terroristlardan ozod qilish vaqti keldi” (“Al Hadath”, 2019-yil, 4-aprel). Bugungi kunda Xaftar armiyasi Tripoli yaqinida Milliy birlik hukumati qoʻshinlariga qarshi jang olib bormoqda. Bunga qadar Xaftar Liviyaning janubiy hududlarini bosib olgan edi. Bu keskinlik Qazzofiy oʻldirilganidan beri toʻxtamayapti. Chunki, Liviyada oʻzaro kurashayotgan tomonlarning ortida tashqi kuchlar turibdi va u ochkoʻzlarning “ovqat talashishi” tugamaydi.

 Qazzofiy davrida mamlakatning siyosiy elitasi Britaniyaga yon bosar, sababi Qazzofiy Britaniya malayi boʻlgan. Bundan farqli oʻlaroq AQShning taʼsiri deyarli yoʻq edi. 2011-yili Liviyada qoʻzgʻolon boshlanib mamlakat prezidenti Qazzofiy qatl qilindi, biroq, mamlakatda eski siyosiy elita oʻzgarishsiz qoldi, shu sababli Liviya siyosatida Britaniya hukmronligi saqlanib turipti. Yevropa, asosan, Britaniya Liviyada tezroq saylovlar oʻtkazib, oʻziga itoatkor hukumat va parlament tuzishga harakat qildi. 2015-yili Yevropa BMT Xavfsizlik kengashida Liviya masalasi yechimini ilgari surib, kuchli bosim yarata olgani sababli AQSh bu siyosiy yechimga rozi boʻlishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 2015- yilda xalqaro hamjamiyat tan olgan Milliy birlik hukumati tuzildi va hukumatga hozir Yevropaga malay Fayoz as-Saraj rahbarlik qilib kelyapti.

 AQSh Liviyadagi siyosiy jarayonlar va yechimlarga qarshi harakat qilib, ularni oldini olish yoki kechiktirishga harakat qilmoqda. Sababi AQSh Liviyadagi siyosiy elita Britaniyaning “mulki” ekanini yaxshi tushinadi, shu sababli har qanday saylov britaniyaparast odamlarni hukumatga kelishiga imkoniyat paydo qilishini biladi. Shuning uchun ham AQSh Liviyada oʻziga malay siyosiy elitani paydo qilishga intilmoqda. Buning uchun vaqt kerak va AQShga malay siyosiy elita paydo boʻlgunicha siyosiy jarayonlarga toʻsqinlik qilish zarur. Shu sababli, Amerika siyosiy jarayonga toʻsqinlik qilish uchun harbiy harakatlarni tanladi va bu rejani amalga oshirishni malayi Xalifa Xatarga topshirdi.

 Xalifa Xaftar toʻgʻrisida aytadigan boʻlsak, Muammar Qazzofiy 1969-yilda mamlakatda harbiy toʻntarish amalga oshirib, hukumatni qoʻlga olganda Xaftar u bilan birga boʻlgan. Xaftar oʻtgan asrning 80-yillarida boʻlib oʻtgan Liviya-Chad urushida ishtirok etgan. 1987-yili Chad harbiylari Xaftar va u rahbarlik qilgan Liviya harbiylarini asirga olishdi. Keyin Amerika vositachilik rolini bajardi, MRB esa 1990-yilda Xaftarni ozod qilish boʻyicha Chad hukumati bilan muzokaralar oʻtkazdi. Shunday qilib, AQSh Xaftarni Amerikaga olib ketdi va u horijda Liviya muholifat harakatiga qoʻshildi. Xaftar oʻshandan boshlab 20 yil davomida Virjiniya shtatida yashadi va MRB nazoratida partizanlik urushi olib borishni oʻrgandi. 2011-yili Liviyada qoʻzgʻolon boshlanganidan soʻng Xaftar mamlakatga qaytib kelib, Amerika rejasini amalga oshirishga kirishdi. AQSh Xaftarga qurol-yaroq bilan koʻmak koʻrsatdi, natijada u Liviya janubida hukmronlik oʻrnatib Vakillar palatasini nazorat qila boshladi.

 Shunday qilib, mamlakat sharqida Amerika malayi Xaftar nazorat qilgan parlament, mamlakat gʻarbida esa BMT qoʻllagan, xalqaro hamjamiyat tan olgan yevropaparast Milliy birlik hukumati paydo boʻldi.

 2018-yil 13-noyabrda Italiyaning Palermo shahrida Liviya boʻyicha konferentsiya boʻlib oʻtdi. Konferentsiyada BMTning Liviyadagi maxsus vakili Gʻasson Saloma 2019-yil bahorida Liviyada saylovlar oʻtkazishni taklif qildi, konferentsiya ishtirokchilari bu tashabbusini qoʻllab-quvvatlashdi.

 2019-yil mart oyida Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida video-aloqa orqali qatnashgan BMTning Liviyadagi maxsus vakili Gʻasson Saloma bunday dedi: “14-aprelda Liviyada Umumiy milliy konferentsiya boʻlib oʻtadi, bu sakkiz yil avval boshlangan oʻtish davri inqirozini yechish uchun imkoniyat. Mamlakatni yaqin kelajakda nima kutib turgani – barqarorlik yoki mojarolarni davom etishi unga (Umumiy millik konferentsiya) bogʻliq”. Saloma bunday deb qoʻshimcha qildi: “Agar liviyaliklar mazkur konferentsiya taklif qilayotgan imkoniyatlardan foydalanib qolishmasa, bu siyosiy inqiroz va mojarolarni anglatadi. Ertami-kechmi inqiroz bari bir mojaroga olib keladi”.

 4-aprelda Xaftar Tripoliga hujum qilishni eʼlon qilganidan soʻng Gutterish Bengʻozida Xaftar bilan uchrashib, 5-aprelda Tvitterda bunday bayonot qoldirdi: “Men yuragim ogʻrib va jidiy xavotir bilan Liviyadan chiqib ketyapman. Men Tripoli va uning atrofida qon toʻkilishini oldini olish uchun xali ham imkoniyat bor deb umid qilaman”. BMT bosh kotibi Antonio Gutterrish Xaftarning hujumini qoralamadi va shu orqali Xaftarni qoʻllashini koʻrsatdi.

 4-aprelda “Britaniya zudlik bilan Liviya boʻyicha Xavfsizlik Kengashi yigʻilishini oʻtkazishni talab qildi.. yigʻilish 5-aprelda yopiq eshiklar ortida oʻtkaziladigan boʻldi”. (“AFP”, 2019-yil, 5-aprel).

 6-aprelda BMTning Liviya boʻyicha maxsus vakili Gʻasson Saloma mojaroga qaramay Umumiy milliy konferentsiya oʻz vaqtida oʻtkazilishini maʼlum qildi. Gʻasson Saloma bunday dedi: “Biz Umumiy milliy konferentsiyani uyushtirish uchun bir yil davomida ishladik va shuncha bajarilgan siyosiy ishdan birdaniga bosh tortmaymiz… Biz bunday qaltis vaqtda va harbiy harakatlar davom etayotganda konferentsiya oʻtkazish qinyig masala ekanligini bilamiz. Biroq, biz uni oʻz vaqtida oʻtkazishda qatʼiy turamiz”. (“VOA”, 2019-yil, 6-aprel).

 Xaftarni Tripoliga hujum qilishi – Umumiy milliy konferentsiyaga toʻsiq qoʻyishni birdan bir yoʻli boʻlib turipti. 9-aprelda Gʻasson Saloma Liviyadagi mojaro tufayli Umumiy milliy konferentsiya boshqa muddatga koʻchirilganini maʼlum qildi: “Biz tarixiy imkoniyatni qoʻldan chiqarib yubormaslik uchun ehtyotkorlik bilan harakat qilish va shoshilmaslikka qaror qildik… Biz bor imkoniyatmiz bilan konferentsiyani tezroq oʻtkazishga harakat qilamiz”. (“TASS”, 2019-yil, 9-aprel).

 Liviyada tashqi kuchlar: Amerika bilan Britaniya mana shunday kurash olib borishmoqda. Achinarlisi, mustamlakachilar manfaatlarini taʼminlagan bu urushda musulmonlar qoni toʻkilmoqda, undan ham yomoni kofirning manfaatlari deb musulmon musulmonni oʻldirmoqda.

 Alloh taolo aytadi:

وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنْصَرُونَ

“Zulm qilganlarga moyil boʻlmanglar. Yana sizni doʻzax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan oʻzga doʻstlar yoʻq. Soʻngra yordam berilmaysizlar” [11:113]

 Rosullulloh sallollahu alayhi va sallam aytdilar:

“كلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ دَمُهُ وَمَالُهُ وَعِرْضُهُ”

“Musulmonga musulmonning nomusi, moli va qoni haromdir”. (Muslim).

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.