Hokimiyat va muxolifat oʻrtasida siyosiy elita vakillarini talashish harakatlari kuchaya boshladi

770
0

Hokimiyat va muxolifat oʻrtasida siyosiy elita vakillarini talashish harakatlari kuchaya boshladi

Qirgʻizistonda 2020 yilda oʻtkazilishi kutilayotgan parlament saylovi oldidan hokimiyat bilan yangi muxolifat kuchlari oʻrtasida hozirdan siyosiy kurash va keskinliklar kuchaya boshladi. SDPK partiyasining 6 aprelda boʻlib oʻtgan ХVIII sʼezdi va 3 aprel kuni “SDPK Atambayevsiz” nomi ostida boʻlib oʻtgan sʼezdi partiyani ikkiga boʻlib yubordi. SDPK partiyasi Qirgʻiziston hokimiyatining asosiy elita vakillari boʻlgan siyosatchilarni oʻzida jamlagan eng yirik partiya edi.

Asqar Akayevnning prezidentligi davrida “Alga Kirgizistan”, Kurmanbek Bakiyev prezident boʻlganida “Ak jol” partiyasi yetakchi elita vakillaridan tashkil topgan hukmron partiyaga aylandi. Akayev mamlakatdan qoʻzgʻalon yoʻli bilan quvib chiqarilgach, uning partiyasi ham yoʻq qilinib, partiya vakillarining deyarli hammasi “Ak jol” partiyasiga olib oʻtilgan edi. Shu bilan oʻsha vaqtda siyosiy elita oʻrtasida hech qanday boʻlinish muammosi paydo boʻlgan emas. Nomi oʻzgargani bilan  hokimiyatda ham, partiyada ham deyarli avvalgi siyosiy elita vakillari qolishgan edi.

Mamlakat parlament boshqaruviga intilib borayotgani sababli Qirgʻiziston hokimiyati uchun yetakchi partiyaning ahamiyati oʻta muhim. Chunki prezident parlamentni oʻz vakolati bilan boshqarish salohiyatiga ega emas. Demak u yetakchi partiya va koalitsiya quvvati bilan parlamentni oʻz taʼsiri ostida ushlab turishi kerak. Qirgʻizistonda Atambayevning kelishi ham, ketishi ham ilk bor qonuniy saylov yoʻli bilan amalga oshirildi. Shuning uchun prezident Sooranbay Jeenbekov SDPK partiyasini oʻz taʼsiri ostiga olishda bir oz qiyinchiliklarga duch kelyapti. Demak prezident partiyani oʻz taʼsiri ostiga oladi yoki uni parchalab, zaiflashtirib, aʼzolariga har xil bosim oʻtgazish va manfaatlar taklif qilish yoʻllari bilan oʻz tarafiga ogʻdirib olishga qattiq harakat qiladi. Buning uchun prezident yangi partiya tuzib, uni bir yilda yetakchi partiyaga aylantira olishi kerak boʻladi. Bu esa oʻta qiyin va mahol ishdir. Demak prezidentning komandasi SDPKni oʻz taʼsiri ostiga ola olmasa, oʻzi uchun mavjud biror partiyani tanlaydi, shuningdek SDPKni siyosiy taʼsirini zaiflashtirish uchun bor adminstrativ quvvatini ishga soladi. Aks holda SDPK mamlakatda kuchli muxolif partiyaga aylanib, saylovda parlamentga shu quvvati bilan kirib kelishi mumkin.

Baxtga qarshi, Qirgʻizistonda shakllanib qolgan bu siyosiy doira va yetakchi guruhdan iborat boshqaruv mexanizmi biz musulmonlarga yot va manfaatsiz boʻlsa-da, ular bizning ustimizda va manfaatlarimiz ustida bir birlari bilan hokimiyat talashishyapti. Yaʼni ular kufr boshqaruv sistemasi asosida siyosat yurgizib, saylov va saylovoldi harakatlarini ham nosharʼiy uslub va harakatlar bilan davom ettirishadi. Shunga qaramay, biz musulmonlar ularning taʼsir maydoni va makr nayranglari uchun ularning asosiy quvvat manbayi va quroli boʻlib qolaveramiz. Xohlaymizmi yoʻqmi, yetakchi guruh oʻz manfaatlari yoʻlida qonunlar chiqarib, bizni itoat qilishga majburlashadi. Resurslarimizni xalqaro siyosatda ularni qoʻllashi mumkin boʻlgan kuchli davlatlarga berib yuborishyapti. Biz ularning bir birlari bilan manfaat talashishdagi qurollariga aylanib qoldik.

Biz musulmonlar “siyosatga aralashmaymiz” deb jar solganimiz bilan, amalda buning iloji yoʻq! Bizda faqat tanlash imkoniyati bor: shu kunda davom etib borayotgan kufr mexanizmi bilan siyosatga aralashish, yoki shu kunda Hizb ut-Tahrir olib borayotgan Paygʻambarimiz Sallollohu Alayhi Vasallam siyratiga muvofiq islomiy tariqat asosida siyosat bilan shugʻullanish! Lekin har qanday holatda ham, biz siyosatdan tashqarida qola olmaymiz. Hatto muftiyot va masjid imomlari ustida olib borilayotganidek, har xil bosimlar bilan saylovlarga aralashishga majburlanamiz! Demak siyosatga aralashmaslikning iloji yoʻq!

Bundan tashqari, kufr siyosiy mexanizmi bu kabi siyosiy partiya va hukumatlarni xalq va mamlakat boyliklarini talon-taroj qilish bilan oʻz manfaatlariga erisha oladigan iflos yoʻllarga yoʻnaltiriladi. Masalan Putinning Qirgʻizistonga tashrifi ortidan Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan aloqalarimiz sovuqlashib boryapti. Yuzlagan yuk mashinalari toʻsib qoʻyilib, minglagan fuqorolar aziyat chekishyapti. Shunga oʻxshash ishlarning barchasi qaysidir amaldor, partiya yoki hokimiyatning oʻz manfaati yoʻlida imzolab yuborgan qaysidir hujjat yoki boshqa bir manfaati ustida yoʻl qoʻygan xatosining kasofati ortidan roʻy beryapti. Yaʼni xalqaro siyosat bizni shu kufr boshqaruv mexanizmiga tobe qilish bilan, bir birimizga tajovuz qiladigan va buning ortidan yetakchi katta davlatlar harbiy va siyosiy manfaatlarini roʻyobga chiqara oladigan muhitni (olamiy boshqaruv sistemasini) yaratib olishdi.

Birodarlar, har safar kufrga aldanib, har ikkala dunyo saodatimizni xatarga qoʻyavermaylik! Hech boʻlmasa, kufr partiyalararo saylovlarda va saylov oldi keskinliklarda ular uchun fidoiylik koʻrsatishdan saqlanib turaylik. Siyosatga faqat islomiy siyrat asosida yondoshib, Allohning nusratidan umid qilib, nusratga loyiq boʻlishga intilaylik! Bu esa bizdan taqvo va xolislikni, Paygʻambarimiz Sallollohu Alayhi Vasallam siyosatga qanday yoʻllar bilan yondoshganlarini yaxshi oʻrganib chiqishni va hayotimizni Allohning roziligi asosiga qurishimizni taqozo etadi.

Assalamu alaykum!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.