Xitoy hukumati: Agar namoz oʻqisang yoki gʻusl qilsang, deiak sen terroristsan

897
0

Xitoy hukumati: Agar namoz  oʻqisang yoki gʻusl qilsang, deiak sen terroristsan

Amerika Qoʻshma Shtatlari inson huquqi boʻyicha tadqiqotining yillik hisobotini taqdim etdi va Xitoy uygʻurlari masalasiga diqqat eʼtibor qaratdi.

Amerika va inson huquqini himoya qilish tashkilotlarining tahliliga koʻra, Xitoy hukumati Musulmonlarni, xossatan uygʻur qatlamini qoʻlga olish uchun butun Xitoy boʻylab reyd joriy etmoqda. Rasmiy Pekin bu kabi ishlarni terorizm xavfini oldini olish deya baholamoqda.

Millati qazoq, oʻzi Xitoy xalq respublikasining fuqarosi boʻlgan Omali Bekali Xitoyning Shinjon viloyatida hukumat tomonidan qoʻlga olinib jazo muddatini oʻtadi. Turli hujjatlar orqali ozod etilgandan soʻng, xozirda Turkiyadan boshpana topgan.  Omaliy Bekaliy “Frans Press” axborot agentligi bilan boʻlgan suhbatda, Xitoy qamoqxonasidagi holatni shunday bayon qildi:

“Har qanday holat musulmonlarni  hibsga  olib, qamoqqa tashlash uchun bahona boʻlishi mumkin,  ayni damda buning uchun Musulmon boʻlishlingizning oʻzi kifoya.  Soqol qoʻyish, janoza namozda duo qilish, bir-biri bilan salom-alik qilish, jumʼa namozini oʻqish kabi ishlar Xitoy  kuch tizimi uchun yetarli dalil hisoblanadi” – deydi Bekali.

BMT tahqiqot guruhining maʼlum qilishicha, Shinjon viloyati aholisi asosan Musulmonlardan iborat. Shu kunlarda Xitoy hukumati tomonidan qoʻlga olingan musulmonlarning soni koʻpaygan. Taxminlarga koʻra, ayni paytda Xitoy tarbiyaviy lagerlarida taqriban bir million uygʻur saqlanmoqda.

Omir Bekali yetti oy mobaynida zindonda saqlanib soʻngra tarbiyaviy lagerlarning biriga ekstraditsiya qilingan. U boshdan kechirganlari haqida quyidagilarni  gapirib berdi: “Bir kuni men ularning shartiga koʻnmadim. Toʻngʻiz goʻshti yemadim, xitoycha gaplashmadim… U yerda hatto oʻz aqidangiz boʻyicha fikrlashga ham haqqingiz yuq. Xitoychasiga gapirib, xitoycha fikrlashingiz shart. Hatto yuzingizni yuvib, gʻusl qilishingiz ham mumkin emas. Agar qoʻl yuviganizni koʻrishsa, “sen gʻusl qilding, sen terroristsan, seni aqidang boshqa” deya jazolanasiz”.

“Turk oilasi” tashkiloti rahbari Jezmiy Bayramning taʼkidlashicha, Turkiya hukumati ba masalaga beparvo boʻlmasligi kerak.

“Turkiya bu masalaga butun olam diqqatini jalb qilishi shart. Bizning rahbarlarimiz Xitoyga qarata “Agar Turkiya bilan aloqani buzmay desangiz, uygʻur muammosini bartaraf eting, bu masalaga nuqta qoʻying. Bunday lagerlar boʻsh turishi lozim, zindonlardagi begunoh insonlar ozodlikka chiqishi shart”, deb aytishi kerak” deydi Frans Press” axborot agentligiga intervyu bergan Bayram.

Ammo Xitoy kuch strukturasi oʻzinga qaratilgan har kanday tanqidlarni asossiz deb atab, tarbiyaviy lagerlarning mavjudligini rad etmoqda, bu haqidagi maʼlumotlarni ham keskin qoralamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.