Jazoirdagi shiddatli norozilik namoyishlari

47
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Jazoirdagi shiddatli norozilik namoyishlari

Savol:

“Sky News” 2019 yil 17 martda “Jazoirdagi norozilik namoyishlari hokimiyat asabini buzdi” sarlavhasi ostida quyidagi xabarni nashr qildi: “Jazoirdagi eng katta kasaba uyushmasi raisi neft va gazni oʻz ichiga olgan energetika sektorida yaqin kunlar ichida ommaviy ish tashlash amaliyotini oʻtkazish uchun qonuniy chora-tadbirlar koʻrganini taʼkidladi”… 2019 yil 11 mart kuni Buteflika prezidentlik saylovidan oʻz nomzodini qaytarib olgan edi. Ammo kelayotgan 18 aprelga belgilangan saylov muddatini bekor qilib, saylov muddatini belgilash uchun majlis chaqirajagini eʼlon qildi. Biroq odamlar bunga rozi boʻlmadilar, balki Buteflika oʻzining hozirgi toʻrtinchi yilini yana uzaytirmoqchi, deb hisobladilar va 2019 yil 15 mart juma kuni millionlab jazoirliklar ishtirokida yirik namoyish boshlandi. Bu namoyish 2019 yil 22 fevraldagi norozilik namoyishlari boshlangandan beri ilk bor oʻtkazilgan ommaviy namoyish hisoblanadi. Savol yoki savollar shund

“Sky News” 2019 yil 17 martda “Jazoirdagi norozilik namoyishlari hokimiyat asabini buzdi” sarlavhasi ostida quyidagi xabarni nashr qildi: “Jazoirdagi eng katta kasaba uyushmasi raisi neftь va gazni oʻz ichiga olgan energetika sektorida yaqin kunlar ichida ommaviy ish tashlash amaliyotini oʻtkazish uchun qonuniy chora-tadbirlar koʻrganini taʼkidladi”… 2019 yil 11 mart kuni Buteflika prezidentlik saylovidan oʻz nomzodini qaytarib olgan edi. Ammo kelayotgan 18 aprelga belgilangan saylov muddatini bekor qilib, saylov muddatini belgilash uchun majlis chaqirajagini eʼlon qildi. Biroq odamlar bunga rozi boʻlmadilar, balki Buteflika oʻzining hozirgi toʻrtinchi yilini yana uzaytirmoqchi, deb hisobladilar va 2019 yil 15 mart juma kuni millionlab jazoirliklar ishtirokida yirik namoyish boshlandi. Bu namoyish 2019 yil 22 fevraldagi norozilik namoyishlari boshlangandan beri ilk bor oʻtkazilgan ommaviy namoyish hisoblanadi. Savol yoki savollar shundan iboratki, bu kuchli noroziliklar – xususan, neftь ishlab chiqarish sohasidagi ish tashlashlar – mahalliy kuchlar uyushtirgan namoyishlarmi yoki bunda tashqi “kuchlar” aralashuvi bormi? Keyin, bu norozilik namoyishlari natijasida Jazoirdagi siyosiy maydonda oʻzgarish boʻladimi? Buteflika, ayni noroziliklarga qaramay, oʻzining soʻnggi qarorlarida aytganidek, keyingi yilga rahbarligini davom ettiradimi?

Javob:

Savollarga javob berish uchun voqea-hodisalar oqimini, tashqi “kuchlar” aralashuvini va boshqa bir qancha narsalarni keltirib oʻtish kerak boʻladi. Buni quyidagicha koʻrib chiqamiz:

1 –   Koʻrinib turibdiki, bu norozilik namoyishlari tabiiy ravishda, oʻz-oʻzidan kelib chiqdi. Bunga odamlar chekkan zulm, butun hokimiyat va rejimning korruptsiya botqogʻiga botganligi va davlat mulkini talon-taroj qilib, odamlarni qashshoq va muhtoj ahvolda qoldirishgani sabab boʻldi. Darhaqiqat, odamlarning turmush darajasi gʻoyat yomonlashib, turli sohalardagi muammolar borgan sari murakkablashdi. Buteflika oʻzining boshqaruvi davrida mustabidlik qilib, haddidan oshdi. U 2008 yili konstitutsiyaga oʻzgartish kiritib, prezidentlik vakolatining faqat ikki muddatga cheklanishini bekor qildi. Bu esa, unga ketma-ket toʻrt muddat prezident boʻlishiga imkon berdi. Sogʻligi yomonlashganiga qaramay, hozirda ham beshinchi muddatga qolish haqida izlanmoqda. U 2013 yilda insulьt boʻlishi oqibatida odatiy harakatlanish va toʻgʻri gapirish layoqatini yoʻqotgan edi. Bunga ham qaramay, joriy oyning uchinchisida rasman prezidentlikka nomzodini qoʻydi. Ana shunda gʻazabnok xalq portladi va turli sektorlarda tinch norozilik namoyishlari avj oldi.

2 –    Odamlarni aldash uchun Buteflika 2019 yil 11 mart kuni xalqqa maktub yoʻllab, quyidagi qarorlarni maʼlum qildi: “Birinchidan: beshinchi muddatga hojat yoʻq. Aksincha, men beshinchi muddatga hech qachon intilmadim. Chunki sogʻligim va yoshim bunga yoʻl qoʻymaydi. Ammo jazoirlik xalqim oldidagi soʻnggi vazifamni ado etishim kerak. Bu vazifa Jazoir tuzumi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan yangi respublikani barpo etishdir. Ikkinchidan: Kelasi 10 aprelga belgilangan prezidentlik saylovi oʻtkazilmaydi. Buni menga yoʻllaganingiz qatʼiy talabni qabul qilganim holda shunday qildim… Uchinchidan: Hukumat tarkibini iloji boricha tezroq tubdan tuzatishga qaror qildim… Toʻrtinchidan: Mustaqil milliy majlis, barcha turdagi islohotlarni oʻrganish, tayyorlash va ularga tayanish uchun kerakli barcha vakolatga ega hayʼat boʻladi. Chunki boʻlajak islohotlar yangi tuzum asoslarini shakllantirib, plyuralizmga asoslangan prezidentlik organini belgilaydi. Shuningdek, bu hayʼatning faoliyat muddati 2019 yil tugashidan oldin nihoyasiga yetishiga eʼtibor beriladi. Beshinchidan: prezidentlik saylovi keng qamrovli milliy majlis ortidan belgilanadi”. (Jazoir radiosi, 2019 yil 11 mart). Bu maktub odamlarni yanada gʻazabini oshirdi. Chunki Buteflika oʻz maktubida odamlarga mugʻombirlik qildi. U bir tomondan, prezidentlikka nomzodini qoʻygan boʻlsa, boshqa tomondan, aslo prezident boʻlishni istamaganini daʼvo qilyapti. Bundan odamlar – Buteflika hozirgi toʻrtinchi muddatini uzaytirib olishga urinyapti, korruptsiyachi toʻdasi nufuzini mustahkamlash maqsadida saylovlarni bekor qildi, deya tushunishdi!

3 –    Buteflika namoyish bosimi ostida qolib, 2019 yil 11 mart kungi qarorlari doirasida Ahmad Uyahyo hukumatini tarqatishga qaror qildi, shu orqali oʻzini yurtda oʻzgarish qilayotgan, korruptsiyaga qarshi kurashayotgan qilib koʻrsatishga urindi. Goʻyo odamlar uning korruptsiyachilaridan bitta yolgʻonchining oʻrniga yana bir yolgʻonchini olib kelishiga ishonishadigandek! Biroq, aftidan, odamlar bu kabi aldovlarga nisbatan bir muncha ongli koʻrinadi. Shu sababli uning qarorlari ortidan 2019 yil 15 mart juma kuni odamlar namoyishi kuchayib ketdi… Buteflikaning Nuriddin Badaviyni bosh vazir etib tayinlash qarori ham, Ramtan Lamamraning Tashqi ishlar vazirligidan boʻshatmagan holda, bosh vazir oʻrinbosari qilib tayinlashi ham mutlaqo notoʻgʻri qaror boʻldi. Bu ikki shaxs prezident Buteflika qarorlari bilan odamlarni aldashga urinishdi. Masalan, Nuriddin Badaviy 2019 yil 14 mart kuni oʻrinbosari Ramtan bilan qoʻshma matbuot konferentsiyasi oʻtkazib, “Oʻtish davri faqat bir yil boʻladi, undan ziyod boʻlmaydi. Prezident saylov muddatini xalq istagi asosida kechiktirdi. Hozirda boʻlayotgan hukumat tuzish maslahati tajribali kishilardan tashkil topgan hukumatni tuzadi, men yangi qonun davlatini barpo etishga daʼvat qilaman. Bunda muxolafatni ham ishtirok etishga chaqiraman”, deya bayonot berdi. (Jazoir televideniyesi, 2019 yil 14 mart). Undan ikki kun avval esa, Ramtan Lamamra Jazoir hukumati radiosiga “Dialog oʻtkazilishi shart, chunki barcha jazoirliklarni birlashtirish bizning ustuvor vazifamizdir. Yangi barpo boʻlajak rejim xalq istagiga asoslanadi”, deya bayonot bergandi. Biroq odamlar ongli boʻlib, bu bayonotlarga aldanadigan emasdilar. Ayniqsa, ularning ongliligi shu nuqtada yaqqol koʻzga tashlandi. Chunki ular bularning barchasini rad qilib, prezidentning ketishi talabida qattiq turdilar hamda Badaviy bilan Lamamrani isteʼfo berishga chaqirdilar, ikkovining dialog oʻtkazish, prezidentning muddatini uzaytirish va basharalarnigina oʻzgartirish kabi takliflariga rozi boʻlmadilar. Odamlarning bularning barchasiga norozi ekanliklari, ayniqsa, juma kuni (2019 yil 15 martda) ulardan millionlabi koʻchaga chiqqanidan yaqqol maʼlum boʻldi. Natijada, rejim boshi berk koʻchada qolib, odamlarni qamoqqa ola boshladi!

4 –    Darhaqiqat, armiyaning Buteflika va uning hokimiyatini qoʻllab-quvvatlayotgani koʻrindi. Buteflikaga juda yaqin, deya tanilgan Jazoir Mudofaa vaziri oʻrinbosari va Bosh shtabi boshligʻi Ahmad Qoyid Solih “Yurtni alamli va olovli yillarga qaytarishga urinayotganlar bor”, deya namoyishchilarga tahdid qilib, “Armiyaning xavfsizlik va barqarorlik tizginini qoʻlda mahkam ushlashda davom etajagi”ga vaʼda berdi. Soʻng “Jazoirni tinch va barqarorligini koʻrolmaydigan, aksincha, uni alamli va olovli yillarga qaytarishga urinayotgan doiralar mavjud”, dedi. (Oʻrta Sharq va Bi-Bi-Si, 2019 yil 3 may). U 26 fevralda ham namoyishchilarni aldanganlar, deya sifatlab, ularga qarshi kuch ishlatish bilan tahdid qildi, soʻng namoyishga chaqirayotgan nomaʼlum tomonlarni qoraladi. Lekin Mudofaa vazirligi ayni bayonotni qaytib oldi va barcha ommaviy axborot vositalaridan uni tarqatmaslikni talab qildi va xalqqa mugʻombirlik qilib, “Xalq bilan uning armiyasi oʻrtasini bogʻlab turgan mustahkam va ajoyib aloqa-munosabatdan kelib chiqib, bundan faxrlanmaslik mumkin emas. Zero, xalqim rostgoʻy va xolisdir. Mening soʻzlarim maʼnosini yaxshi tushunadi”, dedi. (Sky News, 2019 yil 13 mart). Maʼlumki, yurtga hukmronlik qilayotgan taraf armiya hisoblanadi. Chunki Buteflika Frantsiyaga sodiq boʻlgan qoʻmondonlarni chetlatishga va oʻziga sodiq qoʻmondonlarni toʻplashga muvaffaq boʻlgan. Shu bois, armiya va xavfsizlik xizmati qoʻmondonlari angliyaparast Buteflika tarafdorlariga aylangan. Darhaqiqat, biz Britaniyaga qarashli Bi-Bi-Si radiosining armiya qoʻmondoni Ahmad Qoyid Solihga ijobiy baho berib, bunday deganiga guvoh boʻlganmiz: “Katta ofitser Ahmad Qoyid Solih Jazoir armiyasi bosh shtab boshligʻi lavozimini saqlab qolish bilan birga, 2013 yilda milliy armiya qoʻmondoni lavozimiga koʻtarilganidan beri koʻpchilik unga Buteflikaning ishongan oʻng qoʻli, deya baho berib kelmoqda. Aytishlaricha, general Tavfiq (Madin) raisligidagi razvedka xizmati rahbarlari prezident Buteflikani Frantsiyada davolanayotgan paytda agʻdarishga urinishgan. Biroq Qoyid mudofaa vaziri lavozimini egallagandan soʻng bir necha razvedka zobitlarini ishdan boʻshatishga muvaffaq boʻlgan”. Keyin Buteflika general Tavfiqni 2015 yil 13 sentyabrda razvedka xizmati rahbarligidan ozod etdi.

5 –    Shunday qilib, demak, norozilik namoyishlari tabiiy boshlandi. Ammo u alanga olganidan keyin Xorijiy “qoʻllar” undan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga va unga aralashishga urinishdi. Bu haqda soʻz yuritishdan oldin men Jazoirdagi xalqaro kurash voqesi haqida 2015 yil 23 sentyabrdagi nashramizda kelgan soʻzlarni eslatib oʻtmoqchiman: “Jazoir maʼlum obroʻga ega bir davlat boʻlib, AQSh rejalariga qarshi oʻz qoʻshnisidan koʻra koʻproq kurashib kelgan. Masalan, 1965 yilda Bumedin inqilob qildi va bu Misrdagi Abdunnosir bilan birgalikda AQSh yoʻlidan yurgan Ibn Bella boshqaruviga qarshi inqilob boʻldi. Oʻsha vaqtdan beri Jazoirda Britaniya nufuzi mustahkam oʻrnashib kelmoqda. Shu bilan birga, Frantsiya ham – ayniqsa, Jazoirdagi ayrim zaif prezidentlar davrida – ahyon-ahyonda bosh koʻtarib turadi. Bumedin 1965 yil 19 iyundan boshlab hayotining oxiriga qadar (1978 yil 27 dekabrgacha) hokimiyatda qoldi. Keyin, Buteflika ham 1999 yildan to shu kunga qadar prezident boʻlib kelyapti va Britaniya bilan aloqasini hanuz mustahkamlab turibdi. Ayniqsa, 2006 yilda Britaniyaga qilgan safari jazoirlik prezidentning bu mamlakatga qilgan birinchi safari boʻldi. Shunday boʻlsa-da, Jazoir armiyasida Frantsiya tarafdorlari maʼlum taʼsirga ega boʻlib, Buteflika bilan Britaniya oʻrtasida aloqa mavjudligini ham, ammo Buteflika Frantsiya siyosatiga rozi boʻlmaganini ham tushunishadi. Biroq armiyadagi frantsiyaparast zobitlar hamon uni prezidentlikdan tushira olishgani yoʻq! Oʻz navbatida, Britaniya ham Frantsiyaning Jazoirga boʻlgan nufuzidan, AQSh nufuzidan xavfsiraganchalik xavfsiramaydi. Ammo Frantsiyaning ahyon-ahyonda bosh koʻtarib turishi nufuzini kuchaytirib yuboradi, deb hisoblab, bunga chek qoʻyishga harakat qildi. Ammo bu masalada, Britaniya shoshilmadi, chunki u Frantsiyaga qarshi kurashmasdi, balki uning kurashi AQShga qarshi qaratilgandi. Shuning uchun armiya safidagi frantsiyaparast zobitlarni oʻzgartirish ishini xuddi kurashda tarang vaziyat boʻlgani kabi tarang suratda olib bormadi! Hatto Buteflika 2015 yil 13 sentyabrda frantsiyaparast zobitlardan kattasi boʻlgan davlat razvedka direktori (general Tavfiq, nomi bilan mashhur) Muhammad Lamin Madinni vazifasidan ozod qilganda ham, bu ish tarang vaziyatda boʻlmadi, yaʼni, rejim tuzilmasiga taʼsir qilmadi! Aytish mumkinki, Buteflika ayni ishdan olishlarni Britaniya qoʻllab-quvvatlovi bilan muvaffaqiyatli olib bordi. Garchi armiya safida hamon Frantsiyaga joy mavjud boʻlsa-da, yaʼni, armiya madaniyati va mashqlari masalasi, asosan, Frantsiya tomonidan olib borilsa-da, biroq bu ish xuddi sport bellashuvi singari boʻldi, rejimning siyosiy masalalariga taʼsir qilmadi”. Iqtibos tugadi.

6 –    Yana mazkur nashramizda bunday degandik:

“Bu Amerikaga qarshi hamda uning Jazoirdagi siyosiy nufuziga doir rejalariga qarshi haqiqiy kurashdan farq qiladi. Misol uchun:

a)      Ispaniya 91 yil mustamlaka qilib kelgan Gʻarbiy Sahrodan 1976 yilda chiqib ketgandan keyin, Amerika Gʻarbiy Sahro mustaqilligi uchun Polisario harakatida imkoniyat mavjud, deb bildi va Shimoliy Afrikaga, xususan, Jazoirga aralashish uchun shu harakatni dastakladi. Biroq Jazoirdagi angliyaparast hukumat bu masalaga hushyor qaradi va chegarada Polisarioni qamal qilib, chor atrofiga aygʻoqchilarni qoʻydi, chunki shu tarafdan Amerikaning sizib kirishi mumkinligini tushundi. Toʻgʻri, Amerika Gʻarbiy Sahro ishi boʻyicha BMT va uning delegatsiyasini oʻz nazorati ostida ushlab keldi, biroq shunga qaramay, Jazoirga nufuzini oʻrnata olmadi.

b)     Amerika terrorizmga qarshi kurash, degan dastak bilan Gʻarbiy Sahroda harbiy baza ochishga urindi. Buni oʻzining “AFRIKOM” (AQSh Qurolli Kuchlarining Afrikadagi Qoʻmondonligi) orqali amalga oshirmoqchi boʻldi. Lekin Jazoir bunga rozi boʻlmadi, chunki Jazoir ham, uning ortida turgan Britaniya ham AQShning harbiy baza qurishi Jazoir ishlariga aralashishini anglatadi, deb bilishdi. Masalan, Jazoir Tashqi ishlari vaziriligi 2007 yil 3 mart kuni “Jazoir “AFRIKOM” qarorgohiga mezbonlik qilishdan manfaatdor emas”, deya bayonot berdi.

v)      Amerika Malida 2012 yil 22 martda sodir boʻlgan hodisalardan foydalanib, terrorizmga qarshi kurash, degan narsani qoʻzgʻashga urindi hamda bu yerga ham terrorizm yetib kelishi mumkin, degan narsani dastaklab, Jazoirni terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tortish uchun AQSh-Jazoir ziyoratlarini boshlab yubordi. Shunday boʻlsa-da, Jazoir (va uning ortidagi Britaniya) Amerikaning ayni harakatlariga rozi boʻlmadi. Oʻrtadagi ziyoratlardan asosiysi, 2012 yil 29 oktyabrda Xillarining Jazoirga kelishi va Buteflika bilan uchrashishi boʻldi.

7 –    Britaniya bilan Frantsiya oʻrtasidagi munosabatlardan deyarli sport bellashuvini koʻrish mumkin. Ammo Amerika bilan Britaniya oʻrtasidagi kurash koʻproq qaynoq xalqaro kurashdan iborat. Bu holat hanuz koʻzga tashlanib turibdi. Zero, bugun Amerika bilan Frantsiya Jazoirdagi norozilik namoyishlaridan foydalanishga urinmoqda. Ikkalasi ham u yerdagi oʻz malaylarini odamlarga peshqadam boʻlishlarini, keyin boshqaruvga sizib kirib, Britaniya malaylari oʻrniga joylashishini istashyapti. Ammo ikkalasi bir-biridan farqli ravishda harakat qilyapti:

–       Masalan, Amerikani oladigan boʻlsak, uning tashqi ishlar vaziri matbuot voizi Robert Palladino 2019 yil 5 mart kuni bunday dedi: “Biz Jazoirdagi namoyishlarni kuzatyapmiz va kuzatishda davom etamiz. Qoʻshma Shtatlar albatta Jazoir xalqini va tinch namoyish qilish huquqini qoʻllab-quvvatlaydi”. (Bi-Bi-Si, 2019 yil 6 mart). Bu Amerikaning Jazoir voqealariga nisbatan birinchi reaktsiyasi. Ayni reaktsiya Amerikaning namoyishlardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi ekaniga dalolat qilmoqda. Buteflikaning saylovlarni bekor qilish bilan bogʻliq qarori ortidan AQSh tashqi ishlar vaziri matbuot voizi Robert Palladino bunday dedi: “Biz Jazoirda barcha jazoirliklarning xohish-irodasini aks ettiradigan va ularning ishonchli va farovon kelajaklariga umid bagʻishlaydigan dialog orqali yangi yoʻlni kashf etmoqdamiz. Jazoirliklarning namoyish qilish va oʻz pozitsiyalarini ifodalash huquqlarini hurmat qilamiz. Saylov muddatini kechiktirishga doir qarorlarni yaqindan kuzatib borish bilan birga, jazoirliklarning erkin va shaffof saylovlar orqali tanlov huquqlarini ham qoʻllab-quvvatlaymiz”. (Reyter, Shuruqi Jazoiriya, 2019 yil 12 mart). Lekin AQSh voizi Buteflika qaroriga izoh bermadi, yaʼni bu masaladan Amerika goʻyo koʻz yumdi. Bu esa, Amerika ayni qarorlarga ham, saylovlarning bekor qilinishiga ham rozi boʻlmayotganidan darak beradi.

Buteflika qarorlari ortidan AQSh matbuotida chiqqan maqolalar ayni qarorlarga nisbatan norozilikni koʻrsatib turibdi. Misol uchun, Nьyu-York Tayms gazetasi muxolafat tutgan pozitsiya va uning prezident Buteflika niyatlariga nisbatan shubhasi haqida yozib, uning namoyishchilarga yoʻllagan maktubini aldov, deb atadi. Bir vaqtning oʻzida, Vashington Post Buteflikaning eʼlon qilinmagan ravishda prezidentlik muddatini uzaytirishga hamda hokimiyatni oʻzidan keyingi shaxsga topshirish va unga yoʻl berishdan oʻzini olib qochishga urinayotgani haqida yozdi. Demak, bundan Amerikaning Buteflika tomonida emasligi, balki namoyishlardan foydalanishga va shu orqali Jazoirga kirib olib, oʻz nufuzini oʻrnatishga harakat qilayotgani koʻrinib turibdi. Yuqorida aytganimizdek, u shunga urinyapti va har qanday davlatda qilayotgani kabi, Jazoirdagi barcha voqea-hodisalardan foydalanib qolishga harakat qilyapti. Albatta, Amerika ushbu xalqqa jonkuyarligidan qilmayapti bularni. Chunki u Misr, Iroq, Suriya, Somali, Afgʻoniston va boshqa musulmon yurtlarida xalqni qirib tashlashga harakat qildi. Buni yo ularning ishiga aralashish bilan bevosita yoki inqiloblar orqali hamda oʻzining sherik va malay davlatlarini vakil qilish bilan bilvosita amalga oshirmoqda.

–       Frantsiya pozitsiyasiga kelsak, bu beqaror pozitsiya boʻlmoqda. Goh Buteflika tarafda tursa, gohida unga qarshi turadi. Chunki Frantsiya har qanday vaziyatdan Britaniya bilan muammoga kirmagan holda foydalanishga urinyapti. U Jazoirdagi voqealarni – xuddi voqealar uning ichki ishidek – diqqat bilan kuzatib keldi. Chunki u oʻzini sobiq koloniyalari vasiysidek koʻradi! Darhaqiqat, 2019 yil 4 mart kuni Frantsiya Tashqi ishlar vaziri bunday bayonot berdi: “Parij prezident Abdulaziz Buteflikaning aprel oyiga belgilangan prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodini qoʻyganidan xabardor va ovoz berish eng yaxshi sharoitlarda oʻtkaziladi, degan umidda”. Yana bunday dedi: “Kimni saylash boʻyicha qaror ham, qanday kelajakni tanlash qarori ham jazoirlik xalq qoʻlida”. (Reyter, 2019 yil 4 mart). Frantsiya tashqi ishlari davlat sekretari Batisti Lemuan 2019 yil 5 mart kuni Frantsiya davlat radiosiga bergan bayonotida “Biz Jazoir rejimini yoshlarning namoyish qilishlariga qoʻyib berishga chaqiramiz. Chunki Frantsiya bu yoshlarning oʻz maqsadlarini tinch yoʻl bilan ifoda etishlari kerak, deb hisoblaydi. Keling, ifoda etishlariga imkon beraylik”, dedi. Lekin Buteflika qaror chiqarganda frantsuz rahbari Makron buni olqishladi va “Jazoirlik prezident Abdulaziz Buteflikaning beshinchi muddatga nomzodini qoʻyishdan chekinish qarori Jazoir tarixida yangi sahifa ochadi”, dedi hamda “maʼqul bir muddatli oʻtish davri”ga chaqirdi. Soʻng “Biz oʻtish davri bosqichida doʻstona ravishda va hurmat bilan Jazoir yonida boʻlishga bor imkoniyatimiz bilan harakat qilamiz”, dedi. Shuningdek, “Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Le Drian Buteflika qarorini hamda Jazoir siyosiy tuzumida yangilik yaratish uchun qabul qilgan tadbir-choralarini olqishladi”. (Jazoir radiosi, 2019 yil 12 mart).

Demak, Frantsiya oʻzini norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlayotgan qilib koʻrsatyapti, bir vaqtning oʻzida, Buteflikani provokatsiya qilishni istamay, qarorlarini olqishlayapti! Buning boisi shundaki, Frantsiya ikki yoʻldan yurmoqchi: birinchi, rejimni provokatsiya qilmaydigan yengil-yuvosh yoʻl bilan aralashishni istaydi, ikkinchi, Buteflikaga qarshi Amerika tomonidan boʻlib koʻrinib qolishni istamaydi. Chunki Frantsiya zarur boʻlganda, Yevropaning bir boʻlagi hisoblanadi, agar Jazoirda Britaniyaning oʻrnini egallay olmasa, Jazoirda AQSh nufuziga qarshi kurashayotgan Britaniya nufuziga yordam berish tomonda turishni afzal biladi.

Endi, Frantsiya matbuotiga kelsak, “Frans 24” 2019 yil 2 mart kuni Frantsiya matbuoti izohlarini keltirdi: “Frantsiyada chiqadigan “Liberation” gazetasiga koʻra, jazoirlik yoshlar ijtimoiy adolatga chanqoqlar, bugun xususan, hayotlarida prezident Buteflikadan boshqasini tanimagan yoshlar oʻzgarish qilishni istaydilar”. Yana bunday deydi: “Bugun jazoirlik yoshlar – nega biz tanimaydiganimiz oʻtmishning yomon oqibatlariga sabr qilishimiz kerak, deya tushunolmay qolganlar. Gʻayrat va shijoatga toʻla bu yoshlar soxta prezident ortiga yashiringan rejimning siyosiy hukmronligidan koʻproq narsaga loyiqdirlar”. Har kuni nashr qilinadigan “Le Figaro” gazetasi esa, “Jazoir rejimiga qarshi shiddatli toʻlqin” sarlavhasi ostida Jazoir namoyishlari toʻgʻrisida alohida sahifa ochdi. Unda “namoyishlarda ayrim siyosiy va partiyaviy shaxslarning qatnashayotgani taʼkidlangan, masalan, “Tolaili Hurriyat” partiyasi raisi Ali ibn Falis, kelasi saylovlarga nomzod Rashid Nikkoz, sobiq hukumat bosh vaziri Ahmad ibn Baytur hamda Abdulaziz Buteflikaning birinchi tur prezidentligi paytida mansabdan boʻshatilgan madaniyat vaziri Abdulaziz Rahhobiy kabilar”. (Frans 24, 2019 yil 2 mart).

8 –    Britaniyaga kelsak, uning tomonidan Jazoir namoyishlari haqida hech qanday rasmiy bayonot chiqmadi. Bi-Bi-Si radiosi boʻlsa, namoyishga alohida diqqatni qaratmay, balki bu haqda taʼnali gaplar aytib oʻtdi, xolos. Britaniya matbuoti na Buteflikani tanqid qildi va na namoyishchilarni qoʻllab-quvvatladi. Bu esa, Britaniyaning Buteflika tarafida ekaniga, uni qoʻllab-quvvatlab, taxtdan ketishini istamayotganiga dalolat qiladi. Shuning uchun u oʻz axborot vositalari orqali odamlarni qoʻzgʻamaslikni, ayni hodisani yanada kattalashtirib qoʻymaslikni afzal bildi. Misr, Turkiya, Sudan kabi davlatlardagi namoyishlarga oʻz axborot vositalari orqali jamoatchilik diqqatini jalb qilgani kabi, Jazoir namoyishlarini ham shunday qilishni istamadi. U yerdagi muxolafat harakatlari, ularning bayonotlari, taniqli, ayniqsa, angliyaparast shaxslarga diqqatni qaratmadi, Jazoir rejimining xatti-harakati va repressiyasini tanqid qilmadi. Bu shunga dalolat qiladiki, Jazoirdagi nufuz sohibi boʻlgan Britaniya Buteflika va uning toʻdasiga ishonyapti, koʻngli xotirjam. Oʻzining odatiy nopok siyosat uslubi boʻyicha, oʻzini goʻyo Jazoir hodisalari qiziqtirmayotgandek tutyapti va u yerdagi malaylarini himoya qilish uchun oʻzining iflos siyosatini yuzaga chiqarmayapti!

9 –    Yuqoridagi savollarga nisbatan mening toʻgʻri deb bilganim xulosa quyidagicha:

a)      Norozilik namoyishlari oʻz-oʻzidan hamda siyosiy va iqtisodiy zulmga reaktsiya sifatida tabiiy kelib chiqdi. Chunki Buteflika oʻzining jinoyatchi toʻdasi bilan birgalikda hokimiyatni oʻz changaliga olgan boʻlib, davlat mulkini talon-taroj qilmoqda, konstitutsiyani ham oʻzlarining oʻlchovlariga muvofiq oʻzgartirishyapti… Uning sogʻligi yomonlashganiga hamda harakatlanolmay va gapirolmay qolganiga qaramay, prezidentligining toʻrtinchi muddatini, beshinchisiga oʻtmasdan uzaytirishga urinyapti! U ham, uning gumashtalari ham korruptsiya va mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirish bilan ayblanganlar. Alhol, jazoirlik odamlar qashshoqlik, qimmatchilik, ishsizlikdan aziyat chekmoqdalar, asosiy va zaruriy ehtiyoj mollarini sotib olishdan ojiz qolganlari sababli “xarid quvvatining pasayishi”, degan narsa paydo boʻlgan. Vaholanki, ularning davlati boyliklarga, ayniqsa, neftь va gazga boy mamlakat. Ammo ajnabiy kompaniyalar bu boyliklarni rejim tepasidagilar va Buteflika aymogʻi bilan sheriklikda talon-taroj qilmoqda… Odamlar esa, tang-baxtsizlik va nochor turmush olovida jizgʻinak boʻlib kelmoqdalar…

b)     Buteflika oʻlmaguncha maydondan gʻoyib boʻlmaslik uchun qattiq chiranyapti va armiya tomonidan hamda Britaniya siyosiy sinfi tomonidan qoʻllab-quvvatlanyapti. Zotan, bu yurtdagi siyosiy nufuz sohibi Britaniya. U rejimni ham, oʻzining odamlarini ham saqlab qolmoqchi. Chunki angliyaparast kimsalarning rejimda boʻlishlari, uning uchun Shimoliy Afrikada AQShga qarshi kurashda gʻoyat qoʻl keladi. Zero, Jazoir Liviyadagi amerikaparast Haftarga qarshi turib, Amerika tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi Polisarioni jilovlab olishga harakat qilyapti.

v)      Frantsiya Jazoirda siyosiy, madaniy va iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik manfaatlariga ega. Uni hanuz bu yurtga nisbatan qadimgi mustamlakachilik tuygʻulari qitiqlamoqda. Frantsiya Britaniya bilan kelishib olgan. Zotan, Britaniya 1965 yildagi Bumedin inqilobidan beri Jazoirdagi siyosiy taʼsir egasi boʻlib kelyapti hamda maqsadi oʻzi bilan mustamlakachilik va nufuz oʻrnatishda raqobatlashayotgan AQShga qarshi turishdir. Shu bilan birga Frantsiya Gʻarbning butun mustamlakachilik sirtmogʻidan qutulishga harakat qilayotgan jazoirlik musulmonlarga qarshi turishda ham Britaniya bilan kelishib olgan. Zero, Jazoir ahli Islomga, uning davlatiga va ahkomlari tatbiqiga qattiq mushtoq holatda. Yurt aholisining aksar qismi adolat ham, haqiqat ham, yaxshilik ham, barchasi Islomda, undan boshqalarida adolat ham, yaxshilik ham yoʻq, deb biladilar. Frantsiya malaylari esa, 1992 yil inqilob uyushtirib, yurtga yovuzlik va buzgʻunchilik keltirishgan hamda yuz minglab musulmonni qirib tashlashgan edi. Ularning xoʻjayini Frantsiya ozodlik urushida bir yarim million jazoirlikni qatli om qilgandi. Nima boʻlganda ham, namoyishlarda Frantsiya odamlaridan bir nechtasi qatnashib, uning toʻlqinini boshqarishga urinyapti, biroq yuqorida aytganimizdek, ehtiyot boʻlib harakat qilishmoqda.

g)      Amerika Jazoirga kirishga harakat qilyapti hamda Jazoirdagi vaziyat va namoyishlardan foydalanmoqchi boʻlyapti. Oʻzini zulmu istibdodga qarshi xalqparvar qilib koʻrsatyapti. Aslida esa, zulm ham, repressiya ham uni tashvishlantirmaydi. Aksincha, zulm va istibdodni butun dunyoda parvarishlayotgan, mustabid va zolim rejimlarni, xususan, islomiy va arabiy yurtlardagi togʻutlarni qoʻllab-quvvatlayotgan uning oʻzidir. Masalan, Saudiyada Salmon va uning oʻgʻli rejimini, Misrda Sisiy rejimini bevosita qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Suriya rejimini sherik va malaylari orqali bilvosita qoʻllab-quvvatladi… Shu bois, jazoirlik xalq uni aslo tashvishlantirmaydi. Bilʼaks, Amerika u yerda, ayniqsa, Shimoliy Afrikada “AFRIKOM” orqali harbiy baza qurishni istayapti. Keyin u yerdan Frantsiya nufuzi ostidagi Janubiy Sahroga va Gʻarbiy Afrikaga yoʻnalib, uning nufuzi oʻrniga oʻz nufuzini oʻrnatmoqchi. Amerika oʻzining malayi Haftarga Jazoirning qarshi turganiga jahli chiqyapti. Chunki Amerika Jazoir boyliklariga ega chiqishni koʻzlash bilan birga, Liviya gʻarbi Haftar tomonidan nazorat ostiga olinishini istayotgan edi.

d)     Endi, Jazoir xalqi haqida aytadigan boʻlsak, u kechayotgan ishlarni ongli ravishda tushunmoqda. Uning hayqiriqlaridan biri “Yoʻqolsin Vashington, yoʻqolsin Parij, rahbarni oʻzimiz tanlaymiz” boʻldi. Bu esa, odamlarning ajnabiy aralashuv va maqsadlar nimalarga olib kelishini anglab yetayotganiga dalolat qiladi. Chunki xalq yuvindixoʻr hukmdorlar va ularning jinoyatlarini oʻz tajribalarida sinab boʻldilar, mustamlakachi davlatlarning roli qandayligini ham, ularning malay va korruptsiyachi rejimlarni himoya qilishayotganini ham tushunishmoqda. Shu bois, bu xalq oʻzgarish ishida jiddiy, Islomning qaytishiga mushtoqdir. 1991 yilda Islomni qaytaramiz deb aytganlarni 84 % ovoz bilan saylagan shu xalqdir. Oʻshanda juma namozi ortidan masjidlardan namoyish boshlab chiqqan insonlarda islomiy tuygʻu yaqqol namoyon boʻlgandi, namoyishlarda ishtirok etgan ilmoniylar ham son-sanoqsiz musulmonlarning masjidlarga namozga oqib kelayotganiga guvoh boʻlib, bu holatga boʻysunishga majbur boʻlishgan edi.

ye)   Ushbu harakat natijasi oʻlaroq, nima boʻlishi mumkinligiga kelsak, Jazoirda qaror chiqarish organini oʻz qoʻlida ushlab turgan faol siyosiy sinfning aksari Britaniyaga malaydir. Frantsiyaning odamlari esa, zaif va ozayib qolgan. Chunki yigirma yildan ziyod hukmronlik qilayotgan Buteflika ularning koʻpchiligini nozik mansablardan, qaror chiqaruvchi markazlardan haydashga muvaffaq boʻlgan. Shu bois, hozirda Frantsiya odamlarining bor-yoʻq istaklari, hokimiyatdagi Britaniya malaylari oʻrniga oʻtirish emas. Balki ular bilan birgalikda asosiy boʻlmagan markazlarda ishtirok etishsa, bas, shuning oʻzi ularga kifoya qiladi. Hatto bu ham savol ostida. Chunki buning uchun boʻlayotgan namoyishlardan foydalanib, u yerda qanchalar vaznga ega boʻla olishlari kerak boʻladi.

Amerikaga kelsak, u Jazoirda oʻzining soʻzini oʻtkazishi mumkin boʻlgan siyosiy sinfga muhtoj. Odatiga koʻra, bunday holatda u armiyaga murojaat qiladi, armiya esa, rejimni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Yaʼni, rejimning siyosiy tobeligini angliyaparastlikdan frantsiyaparastlik yoki amerikaparastlik siyosatiga oʻzgartirishini hozir norozilik namoyishlaridan kutish qiyin.

yo)   Endi, Buteflikaning hokimiyatda davom etish-etmasligiga kelsak, shundoq ham u hozir amalda boshqarayotgani yoʻq. Balki hokimiyatni u kabi Britaniyaga malay boʻlgan atrofidagi gumashtalari boshqaryapti. Shu bois, shu narsa boʻlishi mumkinki, qachon norozilik namoyishlari yanada kuchayib, ayniqsa, neftь va gaz sektorida ish tashlashlar avj oladigan boʻlsa, bunday holatda Britaniya oʻzining odatdagi uslubini, makkorlik, yolgʻonchilik va nopoklik yoʻlini tutadi. Yaʼni, Buteflikani taxtdan olib, oʻrniga boshqa basharani qoʻyadi, u esa, Buteflikadan ham “chiroyli” va “gapdon” boʻlib chiqadi!

j)       Biroq mudom Jazoir rejimi Alloh va Rosulidan uzoq yurib, barcha yovuzlik va buzgʻunchilik uyasi boʻlgan gʻarbcha kapitalistik tuzum bilan hukm yuritar ekan, mazkur ishlarning birortasi ham azob-uqubatni hargiz yengillashtirmaydi, tang-baxtsiz turmush tarzini aslo oʻzgartirmaydi. Aksincha, muammoni hal qilish va azob-uqubatdan forigʻ etish uchun Alloh Subhanahu shariati bilan hukm yuritish lozim. Shuning uchun namoyishchilar vazifasi – ularning juda koʻpchiligi musulmon – oʻz istaklarini Islom va paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik istagiga aylantirishdan iboratdir. Chunki bu dunyo va oxirat azizligi hamda farovon hayot va butun dunyoga adolat va ezgulikning yoyilishi faqat mana shundadir. Ana shunda tang-baxtsiz turmush tarzi boʻlmaydi. Yoʻq-aksincha, bu dunyo azizligi va oxirat muvaffaqiyati boʻladi.

فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَى * وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً

“Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yoʻldan ozmas va baxtsiz boʻlmas. Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot boʻlur”   [Toha 123-124]

          12 rajab 1440h

          21 mart 2019m

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.