Medvedev: AQSH sanksiyalarni bekor qilishiga ishonmayman

532
0

Medvedev: AQSH sanksiyalarni bekor qilishiga ishonmayman

Rossiya bosh vaziri Dimitriy Medvedev “VKontakte” tarmogʻi foydalanuvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotda boʻldi. Suhbat jarayonida AQSHning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari xususida toʻxtalar ekan, ular qachonlardir bekor qilinishiga mutlaqo ishonmasligini aytib oʻtdi.
“Sanksiyalar bekor qilinishi? Yoʻq, bunga ishonmayman. Chunki Qoʻshma shtatlar keyingi yuz yilda Rossiyaga nisbatan ayovsiz bosim oʻtkazib keldi. Shunday ekan, sanksiyalar hech qachon bekor qilinmasa kerak. Holbuki, bunday bir tomonlama choralar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazib, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga tushov boʻlayotir”, – deya alohida qayd etdi Rossiya bosh vaziri.
Maʼlumki, AQSH va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar 2014 yildan keyin taranglashib ketdi. Bunga Ukrainadagi siyosiy inqiroz ortidan Qrim respublikasining Rossiyaga qoʻshib olinishi asosiy sababdir. AQSH Qrim Ukrainaga “qaytarilmaguncha” sansiyalarni bekor qilmoqchi emas. Rasmiy Moskva esa buni xayoliga keltirayotgani yoʻq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.