Xitoyning qudrati sunʼiy ekani aytildi

78
0

Xitoyning qudrati sunʼiy ekani aytildi

 Xitoy iqtisodiyoti oʻsishi mahalliy kompaniyalarning misli koʻrilmagan darajada qarzdorligidan kelib chiqadi, deyiladi “China Beige Book” tadqiqot kompaniyasi hisobotida. Undan baʼzi bir qismlar “CNBC” tomonidan keltirildi.

 Mualliflar Xitoyning yutuqlarini “qogʻozda chizilgan”, deb atab, ular faqat biznesning ortib borayotgan qarz yukida ushlab turilganini koʻrsatishmoqda. Bu bilan esa hukumat soʻnggi vaqtlarda, aksincha, kurashishga harakat qilgan. Shu bilan birga, kompaniyalar uchun qarz mablagʻlari qiymati toʻxtovsiz ravishda oʻsib bormoqda – 2019-moliyaviy yilining birinchi choragida (2018 yil oktyabrdan dekabrgacha) u bir foiz punktidan oshdi va hozirda oʻrtacha 6,9 foizni tashkil etmoqda.

 Koʻpgina kompaniyalar bank boʻlmagan tashkilotlar, jumladan, yashirin sektorda ishlaydigan korxonalardan qarz olishni afzal koʻryapti. Bu kichik miqdor va ishonchsiz moliyaviy koʻrsatkichlar tufayli odatiy bank kreditini olish qiyinligi bilan bogʻliq. Hattoki, Xitoy Xalq banki tomonidan yangi mexanizm joriy etilishi – kichik biznesni manzilli kreditlash ham vaziyatni oʻzgartirmadi. Bundan tashqari, mamlakatning yirik davlat banklari kichik korxonalarni koʻproq kreditlash haqida hukumatdan toʻgʻridan-toʻgʻri topshiriq olgan.

 Hozirgi vaqtda xususiy sektorning qarz yuki 2013 yildan beri eng yuqori darajada turibdi. Oʻtgan yili hukumat vaziyatni soliqlarni kamaytirish hisobidan toʻgʻirlashga qaror qildi. Bu esa, yangi yilning birinchi moliyaviy choragida Xitoy iqtisodiyoti AQSh bilan savdo urushi fonida oʻtgan yilgi pasayishdan soʻng “ishonchli tiklanish”ni koʻrsatishiga olib keldi. Biroq, endi ekspertlar bu natijalarga shubha bilan qaramoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.