Trampning Rossiya bilan til biriktirgani isbotlanmadi

90
0

Trampning Rossiya bilan til biriktirgani isbotlanmadi

 AQSh Maxsus prokurori Robert Myuller Donalьd Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi. Bu haqda RIA “Novosti” AQShning Adliya vazirligiga tayanib xabar qildi.

 Maxsus prokuror Robert Myullerning taʼkidlashicha, Tramp shtabining Demokratik partiyasi aʼzolarining kompьyuterlarini buzishga aloqasi boʻlmagan. Prokuror bu ayblov uchun javobgarlikni “Rossiya hukumati nazorati ostida boʻlgan xakerlar” zimmasiga yukladi.

 Myuller oʻzining ikki yillik tergovi davomida Rossiya ikki usul bilan saylovlarga taʼsir koʻrsatishga uringanini aniqladi.

 Maxsus prokuror uning “Rossiya ishi” boʻyicha hisobotida Tramp jinoyat sodir etganligi haqida xulosalar mavjud emasligini aytdi. Biroq uni oqlamasligini qoʻshimcha qildi. Xususan, prokuror Tramp adolat oʻrnatishga xalal berishga urindimi, degan savolga javob berishga qiynaldi.

 AQSh Adliya vazirligi Myuller hisobotidagi yangi maʼlumotni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorni bu qonunga zid emasligiga ishonch hosil qilgandan soʻng qabul qiladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.