Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik toʻnini kiygan jinoyatkor oʻgʻridir

587
0

Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik toʻnini kiygan jinoyatkor oʻgʻridir

Oʻtgan seshanba kuni Jenevada Yamanga yordam koʻrsatish boʻyicha donor davlatlarning konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. BMT axborot markazi nashr qilgan bayonotga koʻra, konferentsiyada ayni tashkilot Yamandagi insonparvarlik amaliyotlarini davom ettirish va koʻlamini kengaytirish uchun dunyodagi 16ta donor davlatdan 2.6 milliard dollar yigʻgan.

Bayonotda taʼkidlanishicha, oʻtgan seshanba kuni Jenevada Yamanga yordam berish boʻyicha oʻtkazilgan oliy darajadagi konferentsiya chogʻida xalqaro donor davlatlar ajratgan yordam mablagʻi oʻtgan yilgi toʻplangan 2.02 milliard dollarlik mablagʻga solishtirilganda, 30 % koʻpni tashkil qilgan.

Bu xususda biz quyidagilarni taʼkidlaymiz:

1 – BMT Yaman ahli boshdan kechirayotgan ogʻir gumanitar ahvoldan foydalanib, ularning nomidan insonparvarlik yordamlarini toʻplayapti. Aslida, bunday ogʻir ahvol Yaman ustida kurashayotgan Anglo-Amerika hamda Yamanda jang qilayotgan ularning mahalliy va regional vositalari sababli yuzaga keldi. Aksar Yaman ahli bu insonparvarlik yordamlari va mablagʻlarining oʻzlariga yetib kelmasligini, faqat ushoqlari yetib kelishini anglab yetganlar. Haqiqatdan ham BMT bu mollarning aksar qismini oʻgʻirlab, baʼzan oʻzining mulozimlariga bersa, baʼzan oʻzining nopok dasturlari bilan Yaman ahlini buzishga sarflaydi. Shunga qaramay, bu yordam mablagʻlari tugab boʻldi yoki tugash arafasida. Zero, Yaman ahlining qirilib ketishi yoki oʻtkir yuqumli kasalliklar epidemiyasiga chalinishi BMTni aslo tashvishlantirmaydi. Aksincha, Yaman ahlining azob-uqubatga duchor boʻlishi, BMTning ushbu yirik daromadlariga manba boʻladi hamda imon va hikmat yurtiga solayotgan changalini mustahkamlashga imkon beradi…

2 – BMT Amerikaning qoʻlidagi bir qurol boʻlib, u dunyo tizimiga hukmronlik qilishda shu quroldan foydalanadi. Bu tashkilotning Husiylarga xizmat qilib, ular qoʻli bilan harakat qilishi va ayni yordamlarning bir qismi bilan ularni qoʻllab-quvvatlashining ajablanarli yeri yoʻq. Zotan, BMTning insonparvarlik yordamlarini qora bozorda pullashi ham, BMTning Husiylarni qoʻllab-quvvatlashi ham hech kimga sir boʻlmay qolgan. Ularni qoʻllab-quvvatlashini oʻzining yillik hisobotlarida yoki yurtda faoliyat olib boruvchi yordam tashkilotlari orqali doim aytib keladi.

3 – Yamandagi urush qancha uzoq vaqt davom etsa, bu urush BMT manfaatiga shuncha koʻp xizmat qiladi. Chunki BMT insonparvarlik yordamlarini koʻrsatuvchi xayriya jamiyati emas. U mustamlakachilik xarakteriga ega boʻlgan tashkilotdir. Uning tarixi Islom va musulmonlarga nisbatan dushmanlik bilan toʻlaligi hamda ularga qarshi jinoyat va fitnalar sodir etgani bahslashadigan narsa emas. Bu borada faqat sodda kishilargina yoki malay hukmdorlargina tortishishi mumkin, xolos.

4 – Yordam deya toʻplanayotgan bu mollar, aslida, Yaman ahlining haqqidir, ularga koʻrsatilgan hurmat emas. Donor davlatlar bu mollarni oʻz istaklari bilan berishayotgani yoʻq, balki shu yurt ustida kurashayotgan Amerika va Britaniyaning talabiga itoat qilgan holda berishyapti. Bu malay davlatlar Yamandagi bu iflos urushning qurboni boʻlayotgan birodarlariga Alloh uchun hech narsani ehson qilishmaydi, bilʼaks, Islom Ummati mollarini mustamlakachilar choʻntagiga tushishiga yordam berishadi.

5 – Agar Yaman ahlining boshida islomiy davlat boʻlganda edi, ularning nomidan toʻplanayotgan bu yordamlarga muhtoj boʻlmas edilar. Chunki Islom davlati bu yurtlarni birlashtirib, islomiy ahkomlar bilan boshqaradi. Bu yurtlarda boyliklar juda koʻp. Biroq bu boyliklar nohaq va adolatsiz soliqlar bilan Yaman ahlini tinkasini quritgan urush tujjorlari va ularning mustamlakachi xoʻjayinlari choʻntagiga ketyapti.

6 – Yaman ahli oʻz yurtlari ustida Anglo-Amerika urushi ketayotganini, BMT ularning yurtida qanday nopok vazifa bajarayotganini yaxshi anglab yetmoqlari hamda yurtlarini koʻplab qirgʻin va qon toʻkilishlaridan qutqarishga harakat qilmoqlari lozim. Bu esa, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilangina amalga oshadi. Chunki roshid Xalifalik Islom bilan hukm yuritadi, uning ahkomlarini yurt ichkarisi va tashqarisida tatbiq qilib, barcha boʻhronlarni yoʻq etilishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, mustamlakachilar va ularning malay hukmdorlari qoʻliga bolta uradi. Chunki Yamanga shuncha balolar, vayronalar va baxtsizliklar keltirib, urush olovini yoqish bilan yurtu fuqaroni halokatga tashlayotgan mana shu ahmoq hukmdorlardir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.