Xitoy kompaniyasi Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi uchun yuzlarni aniqlash tizimini ishlab chiqadi

530
0

Xitoy kompaniyasi Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi uchun yuzlarni aniqlash tizimini ishlab chiqadi

Bishkek (AKIpress).

Qirgʻiziston IIV va Xitoyning “CEIEC” kompaniyasi raqamli texnologiyalar asosida jamoat va yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda 2019 yil 4 mart kuni Bosh vazir M. Abdilgaziyev tomonidan imzolangan hukumat qarorida aytib oʻtilgan.

Ushbu qaror, Qirgʻiziston hukumatining Qirgʻiziston IIV va Xitoyning “CEIEC” davlat kompaniyasi oʻrtasidagi yoʻl harakati xodisalarini kamaytirish va jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun kunu-tun videokuzatuvni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv loyihasiga roziligiga taalluqlidir.

Mazkur bitimga muvofiq, Qirgʻiziston tomoni boshqaruv markazining qurilish-taʼmirlash ishlari, keyinchalik periferiya uskunalarini oʻrnatish uchun manzillarni aniqlash ustidan masʼuldir. Xitoy tomoni boshqaruv markazida uskunalarini oʻrnatish va sozlash, periferiya uskunalarini oʻrnatish boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatishdan masʼul.

Izoh:

Xitoy Qirgʻizistonning ichki ishlariga aralashishda davom etyapti. IEM (TETs)ning yangilash ishlaridan bir yil oʻtib avariya sodir boʻlganida, yuzlagan Xitoy mutaxasislari asosiy yetakchi oʻrinlarni bevosita oʻzlari boshqarib kelishayotganiga guvoh boʻlgan edik. Vaholanki IEM davlat strategik obektlaridan ekanligi bois, u yerga hatto maxsus ruxsatnomasiz oʻz fuqorolarimiz va matbuot vakillari ham kiritilmaydi.

Endi har bir fuqoroning shaxsiy huquqlarini cheklash asosidagi Xitoy strategiyasi, aynan Xitoy boshchiligida Qirgʻiziston hukumatining roziligi bilan kirib kelyapti! Xitoy Sharqiy Turkistonda aynan shu loihadan, yaʼni avval jamoiy joylarga, keyin esa shaharlarning barcha koʻchalariga kameralar oʻrnatishdan boshlagan edi. Undan soʻngra odamlar yuzidan agressiya seza oladigan Xitoy mutaxasislarining hisobotlariga tayanib, goʻyoki vahimali va yana boshqa islomiy shaxslar aniqlana boshlandi. Oqibatda “jamiyatda xavfli shaxslar kupaymoqda, Uygʻur xalqi tomondan vahima shakllanib kelayapti” degan jamoiy ruhni paydo qildi. Keyin loihaning bir qismi boʻlgan bir qator islomiy qatliomm va qoʻporuv ishlarini uyushtirib, Xitoy Sharqiy Turkistonda oʻzi uchun xohlagan musulmonni xohlagan joyida hech qanday sanktsiyasiz tekshira olish huquqini yaratib oldi. Hozirgi millionlagan musulmonlarni maxsus lagerlarda kofirlashtirish asosida borayotgan zulmlar, Muhammadqaliq Abilgʻaziyev singari Uygʻur rahbarlarining arzimas dunyo uchun qilgan xiyonatlari tufayli davom etib kelyapti!

Qirgʻizistonda ham, bu loiha ishga tushsa, vaqt oʻtishi bilan Uygʻur birodarlarimizning boshiga tushgan holat bizning boshimizga ham tushadi. Yaʼni bu loiha amalga oshsa, Qirgʻizistonning butun xavfsizlik tizimi mutaxasislar va texnik anjomlar tomondan Xitoyga bogʻlanib qolishidan tashqari, uning mamlakat sir asrorlari ochilib, strategik qaram holatini maksimal darajaga koʻtaradi! Qirgʻiziston xavfsizlik tizimi boshqa niyat-maqsadlarni koʻzlashayotgan boʻlishi mumkin. Lekin Xitoyning maqsadi boshqa!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.