Kuch birlikda, buning asosi esa ISLOMdir

62
0

Kuch birlikda, buning asosi esa ISLOMdir

 Islom Ummati yuzlagan millatlardan tashkil topgan-u, lekin milliy asosda emas, Islom asosida birlashgan bir Ummatdir. Uni kuchi ham, birlashuv asosi ham, ikki dunyo saodati ham Islomdadir. Islomdan zarracha ogʻish esa, xalokat va ikki dunyo xorligi uchun bir qadamdir. Dushmanlari shu qadamlarni koʻpaytirish uchun tinim bilmay harakat qilishmoqdalar. Birligimiz asosi boʻlgan Islomga qaytishdan hosil boʻladigan kuchni ular juda yaxshi tasavvur qilishadi. Shuning uchun asosan Islomdan himoyalanishga birgina AQShning oʻzi 700 milliard dollar ajratmoqda.

Hozirda tarqoq holga tushib qolgan Ummatni yana birlashishini bir tasavvur qilib koʻring; maydoni, aholisi, armiyasi, oltin, kumush, neft, gaz va boshqa qimmatbaho konlari qancha boʻladi? Harbiy, iqtisodiy sohalardagi imkoniyatlarini kim menga mufassal tasvirlab bera oladi?! Kimning aqli yetadi, ayting… Ummat asl holiga qaytsa, qanday imkoniyatlarga ega boʻladi?! Aslida, siz oʻsha yurtning fuqarolarisiz, hatto Islomdan tonayotganlar ham oʻsha buyuk Ummatning vakillaridir. Lekin ular, kufr koʻzlarini koʻr qilganligi sababli oʻz tarixini, haqiqatlarini koʻrmay kolib, kufrning aldovida qolgan bir bechoralardir.

Mana shu narsa kufrni jazavaga solmoqda va xech bir narsaga; na konistitutsiyalariga, na mafkuralariga va na odamiyligiga qaramasdan, Islom va musulmonlarga tinim bilmay qarshiliklar, hiylalar qilishga malay xokimiyatni undamoqda. Islomga aloqasi bor boʻlgan ozgina narsa (masalan: yosh qizchalarning roʻmoli)ga qarshi kurashni qanday konun, mafkura yoki insoniylik oʻlchovlari oqlay oladi…

Islomga qaytishimizni rahbarlarimiz ham, organ hodimlarimiz ham xohlashadi. Hech biri qarshi emas.(Toʻgʻri, zoti aniq boʻlmagan, Ummat vakili ekanini tan olmagan baʼzi I.A.Karimovga oʻxshaganlar bundan mustasno). Bunga Qirgʻiziston prezidentining sud hodimlarini, adolatli boʻlmasalar ikki dunyoda sharmanda boʻlishlariga hadisdan hujjat keltirishini misol qilish mumkin. Lekin bizni birlashib ketishimizni – yuqorida aytganimizdek – kufr umuman xohlamaydi. Hatto shu tarqoq holimizda ham Islomga qaytishimiz ular uchun muammoga aylanmoqda. Bu esa tez orada Oʻrta Osiyoni birlashishiga olib keladi. Unda bizlarga oʻz mulkidek qarab, xohlaganlarini qilolmay qoladilar. Kundan kunga kuchayib, imkoniyatlarimiz koʻpayib boradi. Hozirgidek zaif holdagi mahkumlardek boʻlib qolmaymiz. Islom asosida birlashsak, Islomga amal kilishga jiddiy kirishsak Rossiya ham, Xitoy ham, boshqasi ham biz bilan hisoblashishga majbur boʻladi. Shu urinda aytingchi, buni kim xohlamaydi, bunga kimlar qarshi?! Bor gap shunda, bizdagi kelishmovchiliklarni avj oldirayotgan, fitnalarni uyushtirayotgan tomon ana oʻshalar.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Afgʻonistondan chiqib ketishga qaror qilganda shu ishlarga ishora qilib, endi biz harbiy kuchlarimizni tinchlikni nazorat qilish uchun ishlatamiz, degan edi. Yaʼni ular harbiy qarshilik koʻrsatishda Iroqda ham, Afgʻonistonda ham sharmanda boʻlishdi, zamonaviy qurol-aslahalarga ega boʻlishiga qaramay, magʻlub boʻlishdi. Lekin Islom harqaro siyosiy maydonga qaytishi bilan dunyo yetakchiligini undan tortib qoʻyadi. Bunga AQSh tamoshabin boʻlib turolmaydi. Biz asl holatimizga qaytib, ulardan yetakchilikni olib qoʻymasligimiz uchun AQSh maʼmuriyati fitnalar uyushtirishda, oʻzaro nizolar chiqarishda Rossiya bilan hamfikr, hatto hamkordir. Shuning uchun ular oʻzaro nizolar chiqarish va fitnalar uyushtirib, Ummatni bir-birlariga qarshi qoʻyishni rejalashtishishdi. Shu sababli Suriyada ham harbiy tomondan Rossiya va Turkiyadan foydalanishdi. Ular ichki nizolarni kuchaytirish uchun doimo sabablar izlaydilar.

Oʻzbekistonda ham diniy kelishmovchiliklar oqibatida bir-birlari bilan oʻzaro tortishuvlar keltirib chiqarishmoqchi. Qirgʻizistonda esa, ham diniy, ham milliy nizolar oqibatida, oʻzaro tortishuvlar orqali Ummatni oʻz Islomini oʻrganishdan, Alloh Taoloning hayot haqidagi nizomlarini oʻrganishdan chalgʻitishga harakat qilishmoqda. Biz oʻshalar koʻtarayotgan, na biror mazhabga va na aqlga toʻgʻri kelmaydigan ahmaqona qarorlarni muhokama qilishga nuqta qoʻyib, Islomni; boshqaruvi qanday boʻlishini, iqtisodini, ijtimoiy nizomini, ayniqsa “muftiyoti”ni qanday boʻlishini Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning hayotlariga taqqoslab, sahih ijtihoddan oʻrganishga jiddiy bel bogʻlasak, Qirgʻisistonning ichida ham boʻlinishlarni xohlayotgan kufr rejasi barbod boʻladi. Bu bilan biz avvalgi birligimiz va kuchimizni qayta qoʻlga kiritish, oldirib qoʻygan yetakchiligimizni qaytarib olish uchun jiddiy qadam tashlagan boʻlamiz, hamda shu ish bilan birovlarning mulki yoki koʻngilxushlik uchun urishtirib uynaydigan itlari emas, Oʻrta Osiyolik buyuk insonlardan, siyosiy peshqadamlardan, Islomga mansub boʻlgan yetakchilardan boʻlamiz, inshoAlloh.

Islomni xoin domlalardan oʻrganishning iloji yoʻq, ular xudbinliklari sababli dinlarini oʻtkinchi dunyo matolariga sotadilar. Islomni kufrning istak-xohshiga va jirkanch siyosatiga moslashtirib, hammani aldashga urinadilar. Lekin taqvodor domlalarimiz – Allohga hamdlar boʻlsinki – oʻzimizga yarasha, yetarlidir. Ular jiddiy oʻrganishimizga qarab, hayotning hamma sohasida, hatto har bir hodisaga aloqador Alloh Taoloning hukmini yetkazish uchun harakat qilishmoqdalar. Ular faqat Alloh Taoloning roziligi, jannatini umid qilib, malomatchilarni malomatlariga parvo qilmasdan, zolimlarning zulmidan qoʻrqmay, kufrga qarshi haqni oshkora qilib kelishmoqdalar. Allohga hamdlar boʻlsinki, ular kundan kun koʻpaymoqdalar, ilmlari, haqni oshkor qilishdagi shijoatlari kuchaymoqda. Toʻgʻri, baʼzi hollarda haqni topish qiyinlashadi, ayniqsa hozirda adashtiruvchi tushunchalar koʻpaygan bir paytda adashib ketish hech gap emas, lekin haqni topish ilojsiz narsa ham emas. Qurʼon va hadisda hamma narsa bayon qilingan, sahih ijtihodlarimiz yetarlicha mavjud. Paygʻambar(s.a.v) dedilar:

بَادِرُوا بِالأَعْمَالِ فِتَنًا كَقِطَعِ اللَّيْلِ الْمُظْلِمِ يُصْبِحُ الرَّجُلُ مُؤْمِنًا وَيُمْسِي كَافِرًا وَيُمْسِي مُؤْمِنًا وَيُصْبِحُ كَافِرًا يَبِيعُ دِينَهُ بِعَرَضٍ مِنْ الدُّنْيَا

 “Zulmatli tun qorongʻusi kabi fitnalar kelishidan oldin amallarga shoshilinglar. Bu fitnada kishi moʻmin holda tong ottirib, kechga borib kofir boʻladi, moʻmin holda kech kiritib, tongga borib kofir boʻladi, dinini arzimas dunyo moliga sotib yuboradi”. Bu hadisni Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan.

Lekin rahmat qilib yuborilgan Paygʻambarimiz (sollollohu alayhi vasallam) yana shunday deganlar: “Men sizlarga ikki narsa qoldirdim, modomiki agar oʻsha ikkisiga mahkam yopishsanglar hech yoʻldan adashmaysizlar. U ikki narsa Allohning Kitobi va Rosulining Sunnatidir”. Bu hadisni imom Molik Mavatto kitobida keltirgan.

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.