Jeenbekov mamlakatda sud-huquq islohotlari oʻtkazilishini maʼlum qildi

97
0

Jeenbekov mamlakatda sud-huquq islohotlari oʻtkazilishini maʼlum qildi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikadagi sudьyalar islohotlar oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilishmoqda deb hisoblaydi. U Qirgʻiziston sudьyalarining qurultoyida ana shunday bayonot bilan chiqdi.

 “Mamlakatda jiddiy islohotlarning amalga oshirilishi sud tizimining adolatli ishlashini taʼminlashga asoslanadi. Ayrim yaxshi islohotlar sudьyalarning adolatsizligi sababli toʻxtab qolgan holatlar kuzatildi”, – dedi u.

 Uning soʻzlariga koʻra, bunday vaziyatda jamoatchilik mavjud holatni oʻzgartirishni haqli ravishda talab qiladi.

 “Shu bois biz qatʼiy ravishda sud-huquq islohotini oʻtkazamiz”, – dedi Jeenbekov.

 U qiyinchiliklarga qaramasdan sud islohotini “oxiriga yetkazishini” maʼlum qildi. 

 “Har qanday islohot qiyinchiliklar bilan boʻladi, biz bunday murakkab islohotni ilk bor oʻtkazmoqdamiz”, – dedi u.

 Shuningdek, Jeenbekov sudьyalarga hadis aytib berdi. “Eng muhimi, qonunlar va Yaratgandan qoʻrqish kerak. Kecha nutqimni tayyorlaganimda, men bir hadisni yodga oldim. Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) shunday deganlar: Qozi (sudьya) uch xil boʻladi. Ikkitasi doʻzaxda, biri jannatda. Agar sudьya adolatli qaror chiqarsa, unda uning joyi jannatda boʻladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa doʻzax kutadi”, – dedi.

 “Shu haqda unutmang. Hamma Yaratgan oldida javob beradi”, – dedi prezident.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.