Turkiya S-400 qachon joylashtirilishini maʼlum qildi

150
0

Turkiya S-400 qachon joylashtirilishini maʼlum qildi

 Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akarning maʼlum qilishicha, Rossiyaning S-400 zenit raketa komplekslarini joylashtirish jarayoni shu yilning oktyabrь oyida boshlanadi. Bu haqda TASS xabar qildi.

 Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya komplekslarini qayerda joylashtirish yaxshiroq ekani borasida oʻrganish ishlarini olib boryapti.

 Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, S-400 Turkiya “aholisining himoyasini taʼminlash” uchun zarurdir.

 Akarning qayd etishicha, Turkiya tomonidan Rossiya zenit raketa komplekslarining xarid qilinishi “majburiy chora” boʻlgan.

 Bundan oldin, Rossiya va Turkiya Qora dengizda mashqlar oʻtkazgani xabar qilingandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.