AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

182
0

AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp 2014 yil Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalarning amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Tegishli farmon Oq uy saytida eʼlon qilingan.

 Farmonda sanktsiyalar AQSh milliy xavfsizligi manfaatlari va tashqi siyosatiga favqulodda xavflar mavjudligi sababli uzaytirilayotgani taʼkidlab oʻtilgan.

 Qarorda Ukrainadagi demokratik jarayonlar va institutlarga putur yetkazayotgan shaxslarga nisbatan sanktsiyalar haqida gapirilgan. Jumladan, sanktsiyalar rossiyalik siyosatchilarni, Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagilarni qamrab oladi. Shuningdek, sanktsiyalar Rossiya korxonalari va oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan DXR va LXRga qarshi amal qiladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.