Tramp va Kim Chen In yuzma-yuz uchrashdi

83
0

Tramp va Kim Chen In yuzma-yuz uchrashdi

Vetnam poytaxtida AQSh-KXDR sammiti boshlandi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.

Unda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashdi.

Xanoydagi uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashuv chog‘ida KXDRda “cheklanmagan” iqtisodiy imkoniyatlar borligini ma’lum qildi.

“Men mamlakatingiz chegarasiz iqtisodiy salohiyatga ega deb hisoblayman. Uylaymanki, Siz bilan mamlakatingiz kelajagi juda yaxshi bo‘ladi. Siz buyuk yetakchisiz”, – dedi Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “bu amalga oshishi uchun yordam beradi”.

“Tet-a-tet uchrashuvida “yaxshi muloqot” bo‘ldi. Ertaga juda tig‘iz kun bo‘ladi… Ko‘p savollar yechim topadi”, – deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Ushbu sammit 27-28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.