Pompeo Hindiston va Pokistonni bosiqlikka chaqirdi

31
0

Pompeo Hindiston va Pokistonni bosiqlikka chaqirdi

27 fevral kuni AQSh davlat kotibi Mayk Hindiston va Pokiston TIV rahbarlari bilan telefon orqali suhbatda tomonlarni ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keluvchi harakatlardan qaytarib, bosiqlikka chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Shuningdek, Pompeo yangi harbiy harakatlar kelib chiqmasligi uchun bevosita aloqa o‘rnatish lozimligini ta’kidladi.

Pompeo Hindiston vaziri bilan bo‘lgan suhbatda xavfsizlik sohasida mustahkam hamkorlik va mintadaqa tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda umumiy maqsadlar borligini ta’kidlagan.

Pokiston TIV rahbariga esa Pompeo mavjud ziddiyatli vaziyatni bostirish, harbiy harakatlardan voz kechish lozimligi, shuningdek Pokiston hududida terrorchilik guruhlariga qarshi olib borilayotgan harakatlarning zarurati haqida aytgan.

Shu bilan birga, Hindiston TIV rahbari Sushma Svaraj Hindiston harbiy-havo kuchlarining Kashmirdagi jangarilar lageriga qarshi hujum qilishi zaruriy chora bo‘lganini bu, Pokiston tomonning harakatsizligidan kelib chiqqanini aytgan.

Vaziyat keskinlashmoqda

Avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabar qilgan edi.

Bunga javoban Hindiston ham Kashmir osmonida Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi.

“Pokiston aviatsiyasi o‘z vaqtida aniqlandi va Hindiston harbiy-havo kuchlari darhol javob qaytarishdi”, – dedi Hindiston TIV rasmiy vakili Ravish Kumar.

U Hindiston o‘zining MiG-21 samolyotini yo‘qotganini va uchuvchi bedarak yo‘qolganini qo‘shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.