Yaman ahli qo‘zg‘olonining sakkiz yillik xotirasida

478
0

Yaman ahli qo‘zg‘olonining sakkiz yillik xotirasida

Islom asosidagi qo‘zg‘olongina haqiqiy qo‘zg‘olondir

2011 yil 11 fevralda Yaman qo‘zg‘oloni alanga olib, aksar aholi rejimning ag‘darilishini talab qila boshladilar. Ular yurtda urush ketidan urushlarni keltirib chiqarayotgan Anglo-Amerika kurashi sababli yuzaga kelgan iqtisodiy, siyosiy va gumanitar vaziyatning yomonligiga qarshi qo‘zg‘algan edilar. Ushbu qo‘zg‘olonni xotirlash munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqardi. Bayonotda bunday deyiladi: «Yamanga Alloh Taolo behisob tabiiy boyliklar ato etgan bo‘lib, u strategik ahamiyatga molik bir yurtdir. Uning ayni mana shu xususiyati Anglo-Amerika kurashining keskin tus olishiga olib keldi. Yurtga hukmronlik qilish uchun bu ikki davlat olib borgan vahshiyona kurash Yaman ahli boshiga ofatlar yog‘dirdi».

Bayonotda yana bunday deyiladi: «Halok bo‘lgan Ali Solih yetakchiligidagi sobiq rejim va uning partiyasi hamda hokimiyatda bu partiya bilan hamkorlik qilgan boshqa partiyalar, barchasi Angliya malaylari bo‘lib, shu paytga qadar faqat uning rejalarini amalga oshirib kelishdi… Ular Yamanga qarshi qancha-qancha jinoyatlar sodir etishdi. Ularning bu jinoyatlari oqibatlari hamon davom etmoqda. Yurt janubidagi Hasan Boum harakati bilan shimoldagi Husiy jangarilari Amerikaning malaylari bo‘lib, ularning jinoyatlari ham, Britaniya malaylari jinoyatlaridan farq qilmaydi. Zero, ular Amerika qo‘lidagi «qurollar» bo‘lib, AQSh urush olovini yoqishda ulardan foydalandi. Ularning barchasi bu urushda alohida bir tarafni egallashdi».

Bayonotda yana quyidagilar ta’kidlanadi: «Yaman ustida Angliya va Amerikadan iborat kofir G‘arb davlatlari o‘zining malaylariyu tashkilotlari orqali qo‘zg‘olonni izdan chiqardi. Uning tashkilotlari o‘zining zahriqotili bilan qo‘zg‘olon muhitini buzib, uni urush va kurashlar iskanjasiga tiqdi. Shu orqali odamlar yuragidagi qo‘zg‘olon alangasini so‘ndirdi… Ular kapitalist rejimga, u yerdagi kapitalistlarga va ularning yurt ahliga qarshi o‘nlab yillar davomida sodir etgan jinoyatlariga qarshi qo‘zg‘olgan qo‘zg‘olonni yo‘q qilishdi». Bayonotda yana ushbular ta’kidlandi: «Hizb ut-Tahrir bayon qilgan va Islomga asoslangan qo‘zg‘olongina haqiqiy qo‘zg‘olondir. Chunki bunday qo‘zg‘olon faqat shaxslarni o‘zgartirish bilan kifoyalanmaydi. Balki butun rejimni dastur va qonunlari, tuzilmasiyu ma’no-mazmuni bilan qo‘shib tag-tomiridan qo‘porib tashlaydi». Bayonot Yaman ahliga yo‘llangan quyidagi da’vat bilan yakunlandi: «Ular qo‘zg‘olonlari oqibatidan tushkunlikka tushmasliklari kerak. Aksincha, bu nochor-buzuq voqelarini qanday o‘zgartirish lozimligi haqida fikrlab, imon va hikmat mantiqini tushunmoqlari va buyuk Islom asosida haqiqiy o‘zgartirish yasamoqlari darkor. Bu esa, ularning baxt-saodatga erishishlariga, Robbilari roziligiga noil bo‘lishlariga olib boruvchi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan amalga oshadi.

Roya gazetasining 2019 yil 20 fevral chorshanba kungi 222-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.