AQSh bilan Tolibon o‘rtasidagi muzokaralar

125
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

AQSh bilan Tolibon o‘rtasidagi muzokaralar

Savol:

Afg‘on Tolibon harakati manbalari Davhada AQSh vakili Zalmay Xalilzod bilan olti kun davom etgan muzokaralarda muhim siljishlar bo‘lganini hamda bitim imzolangandan so‘ng 18 oy o‘tib, Amerika o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini bildirdi. Ma’lumki, Davha kelishuvi u yer-bu yerlarda gapirilayotgan bir loyiha bo‘lib, haligacha biror bir majburiyat yuklaydigan darajada emas. Shuningdek, Reyter axborot agentligining 2019 yil 27 yanvarda bergan xabariga ko‘ra, muzokaralarning navbatdagi bosqichi 2019 yil 25 fevralda o‘tkazilishi belgilangan. Bulardan, quyidagi savollar kelib chiqadi: Tolibon shuncha yillar jihod qilib, endi Amerika tuzog‘iga ilindimi? Bu qanday bo‘ldi? Bu ish qayergacha boradi? Alloh ajringizni bersin.

Javob:

Avvalo, 2017 yil 16 avgustdagi savolga javob nashramizni eslatib o‘tmoqchiman. Unda Amerikaning NATOdagi ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistonda harbiy g‘alabaga erisholmagani, ko‘plab Afg‘on hududlari amalda Tolibon harakati nazorati ostida qolayotgani haqida so‘z yuritgan edik. Shuningdek, malay Afg‘on hukumatining ushbu Amerika urushida qatnashishda ojizlik ko‘rsatayotganini, atigi poytaxt va ba’zi rayonlarnigina nazorat qilayotganini bayon qilgan edik. O‘sha savolga javob nashramizda AQSh Tramp davrida Afg‘onistondagi siyosatini qayta ko‘rib chiqib, Afg‘onistondagi nizo maydonini aksar qismini muzlatmoqchi ekanini, u yerdagi o‘zining harbiy joylashuvini bazalarga cheklamoqchiligini va ulardan biror xavf tug‘ilgan paytdagina foydalanishini, go‘yo ularning vazifasini Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashishdan iborat qilib ko‘rsatmoqchiligini aytgan edik. O‘sha savolga javob nashramizda quyidagi so‘zlarni ham aytgan edik: «Tolibonni rozi qilish oson bo‘lishi uchun Amerika Pokiston rolini qayta faollashtiradi. Buni Pokistondagi yangi armiya qo‘mondonligini Tolibon bilan g‘oyat muloyim iliq munosabat o‘rnatgan qilib ko‘rsatish bilan amalga oshiradi. Bundan esa, Tolibonni Qobuldagi hukumat bilan muzokara stoliga o‘tirishga va Afg‘onistondagi amerikaparast siyosiy boshqaruvda u bilan hamkorlik qilishga ko‘ndirish ko‘zlangan». «Amerika o‘zining Afg‘onistondagi tanlovlari kamayib qolayotganini hamda Hindiston tanlovi omadsiz chiqqanini tushunib yetgach, Tolibon harakatiga muzokara taklifini qo‘yishga majbur bo‘ldi, shu orqali uni Afg‘onistondagi amerikacha boshqaruvga qo‘shishni maqsad qildi, Tolibonni muzokara stoliga tortish uchun Pokistondagi o‘z malay hukmdorlarini ishga soldi. Biroq, Amerikaga bu urinishlari ham omad keltirmadi, Afg‘oniston mavzusida ham harbiy va ham siyosiy sohada muvaffaqiyatsizlikka uchradi». Iqtibos tugadi. Biroq, Amerika mintaqadagi malaylariga ishongani uchun bu masalani hal etishdan umidini uzmadi. Ayniqsa, Afg‘onistonda ham harbiy, ham moliyaviy jihatdan chekkan mashaqqatlari Amerikani ancha bezovta qilmoqda. Uning Afg‘onistondagi krizisini chuqur o‘rganish bilan quyidagilar ayon bo‘ladi:

Birinchi: Amerika o‘z iqtisodiyotiga tahdid soladigan darajadagi ulkan qarzdorlikni boshdan kechirmoqda. Zero, uning iqtisodi 2008 yilda krizisga uchrab, hanuz uning asoratlaridan qutulolgani yo‘q. Amerika O‘rta Sharq, ya’ni, musulmon yurtlaridagi urushlarga – prezidenti Tramp aytganidek – yetti trillion dollar sarflab, bundan hech narsaga ega bo‘lolmadi. Darhaqiqat, Tramp 2017 yil 22 yanvarda o‘zining tvitterida «Biz ahmoqlarcha O‘rta Sharqqa yetti trillion sarflab qo‘ydik, endi o‘z yurtimizni qayta qurishimiz vaqti keldi», dedi. Amerikada chiqadigan Fordes jurnalining 2016 yil 9 yanvar kungi sonida «Afg‘onistondagi urush AQShga bugunga qadar bir trillion yetmish milliard dollarga tushdi hamda 2400dan ziyod halok bo‘lgan amerikalik harbiylarni, o‘n minglab jarohatlanganlarni, doimiy majruh va nogironlarni olib keldi. Shuncha ko‘rilgan insoniy va moliyaviy ziyonga qaramay, Amerika Tolibon harakatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lolmadi».

Ikkinchi: Amerika Tolibon harakatini harbiy yo‘l bilan yo‘q qilolmagach, o‘z oldida faqatgina Tolibonni muzokaraga tortish yo‘li borligini tushunib yetdi. Chunki Amerikaning Afg‘on urushidan mag‘lubiyatga uchraganini ko‘rsatmagan holda chiqishi uchun bundan boshqa variant yo‘q edi. Bu variant Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasiga aylandi. Amerika uchun ayni variantning naqadar hayotiy muhimligining isboti shuki, 2018 yil 5 sentyabrda AQSh davlat departamenti Zalmay Xalilzodni Afg‘onistonga vakil qilib tayinlab, unga muayyan missiya topshirdi: «AQSh davlat departamentining dastlabki bayonoti xulosasiga ko‘ra, Xalilzodga muayyan vazifa belgilab berilgan bo‘lib, uning bu vazifasi Amerikaning Tolibonni muzokara stoliga o‘tqazishga qaratilgan sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish va o‘sha tomonga yo‘naltirishdan iborat». (Turkiyaning Onado‘li axborot agentligi, 2019 yil 12 yanvar). Shuning uchun Amerika faqat bir variantni, u ham bo‘lsa, Tolibon harakatini muzokaralar stoliga o‘tirishga undash va bosim qilish variantini tanladi. Amerikaning Afg‘on urushidan chiqish uchun bo‘lgan bunday nazariyasi yangilik emas. Amerika boshidanoq Tolibon bilan Afg‘on rejimi o‘rtasida muzokara boshlashga uringan, ammo bunga muvaffaq bo‘lolmagan. Hozirgi paytga kelib, muzokaralar bevosita Tolibon harakati bilan Amerika o‘rtasiga ko‘chdi. Amerika Afg‘on rejimiga asos solgan paytda esa, muzokaralar Tolibon bilan Afg‘on rejimi o‘rtasida bo‘lishini xohlagan edi. Lekin Tolibon hukumatni Amerika qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoq deb hisoblagani sababli muzokaraga rozi bo‘lmay kelardi. Ammo bugun Tolibon ayni hukumatni tuzgan mana shu Amerika ekanini bila turib, Amerika bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘ldi!

Uchinchi: Shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, Amerika o‘zining nopok uslublarini ishga solib, Tolibon harakatini tinchlik muzokaralari o‘tkazishga ko‘ndirish uchun zamin tayyorladi. U Afg‘onistonda bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Bundan tashqari, regiondagi o‘z malaylarini va boshqa taraflarni ham ishga soldi. Quyida bunga misollar keltirib o‘tamiz:

1 – Amerika havo hujumlarining Tolibon harakati rahbarlariga, asosan, muzokaraga rozi bo‘lmagan yetakchilariga qaratilishi: «Amerikalik yuqori darajali mulozimlarning aytishicha, kecha shanba kuni AQSh uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlari yordamida Afg‘on Tolibon harakati rahbari Axtar Mansurga havo hujumini sodir etdi. AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Axtar Mansurni «Afg‘on hukumati bilan Tolibon o‘rtasidagi tinchlik va yarashuvga to‘g‘onoq», deya sifatladi». (Dunyo Vatan, 2016 yil 22 may). Ya’ni, Amerika Axtar Mansurni muzokaraga rozi bo‘lmagani uchun nishonga olgan. Bu voqea Obama ma’muriyati davrida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Tramp ma’muriyati davrida ham bunday amaliyotlar davom etmoqda. «Chorshanba kuni NATOning «Keskin qo‘llab-quvvatlov» nomli missiyasi tomonidan chiqarilgan matbuot bayonotida aytilishicha, 22 iyul kuni AQSh maxsus kuchlarini himoya qilish uchun Tajab rayonida olib borilgan Amerika havo hujumida Tolibon harakatining Kapisa rayonidagi ikki qo‘mondoni halok bo‘lgan». (Rossiyaning Sputnik axborot agentligi, 2018 yil 25 iyul). Keyin boshqa havo hujumida Tolibonning yana bir qo‘mondoni o‘ldirildi: «AQShning Afg‘onistondagi kuchlari matbuot voizi polkovnik Deyv Batler – biz kecha AQSh havo hujumida Tolibonning mashhur qo‘mondonlaridan biri mullo Mannon o‘ldirilganini tasdiqlaymiz, dedi, so‘ng «Biz shu orqali siyosiy yechim sari ketyapmiz», deya qo‘shimcha qildi». (CNN arabic, 2018 yil 12 yanvar).

2 – Eron Tolibon harakatiga yordam qo‘lini cho‘zdi, Tolibon bo‘lsa Eronning Amerikaga dushman davlat, deb bilib, o‘zini xavfsiz his etdi va uning ba’zi qo‘mondonlari Eronga suyanadigan bo‘ldi. Vaholanki, mullo Axtar Mansur Erondan qaytayotib, uning chegaralarida suiqasdga uchragan edi. Shu bois, bu suiqasdning Amerika bilan Eron o‘rtasidagi til biriktiruv orqali sodir etilgani ehtimoli ko‘proq. Ammo Tolibon bundan ibrat olmadi, Eronga ishonishda davom etdi. Eronning qilgan ishi esa, Tolibonni Amerikaning siyosiy yechimiga tortishdan boshqa narsa bo‘lmadi: «Eronning ta’kidlashicha, kecha yakshanba kuni Afg‘on Tolibon harakati vakillari Tehronda eronlik rahbarlar bilan muzokara o‘tkazdi. Eron Islom Respublikasi boshqa islomiy jamoalar ta’sirini jilovlash uchun qo‘shni davlatda tinchlik muzokaralarini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Eron Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Bahrom Qosimiy dushanba kuni so‘zlagan nutqida Afg‘on prezidenti Ashraf G‘aniy muzokaralardan xabardor ekanini va bu muzokaralar Toliblar va Afg‘on hukumati o‘rtasida bo‘ladigan muzokaralar formatini belgilash uchun o‘tkazilganini bildirdi». (Yevronyus, 2018 yil 31 yanvar).

3 – Qatar Tolibon harakati uchun Davhada ofis ochib berdi. Tolibon Qatar tomonidan e’tirof etilishimiz bizga kuch beradi, deb o‘yladi. Biroq ayni ofis AQSh bilan Tolibon harakati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish uchun ochilganini Qatarning o‘zi ochiq aytdi. Darhaqiqat, Qatar o‘z atrofini «qurshab turgan» davlatlar bilan bo‘lgan diplomatik krizisi vaqtida bunday degan edi: «Markaziy Razvedka Byurosi rahbari Devid Petreus Tolibon bilan Hamasning Davhadagi uchrashuvi AQSh hukumati talabi bilan bo‘lganini aytdi. Uning mana shu bayonotlarining o‘zi Qatarning bu ishda hech narsa qilmaganiga yetarli dalildir. Bu barchaning ko‘z o‘ngida bo‘lgan, hech qanday parda ortida amalga oshirilmagan. Shuningdek, Tolibon bilan Hamasning Davhada bo‘lishlari Qo‘shma Shtatlar talabi bilan bo‘lgan va bu – Falastin masalasi bilan Tolibon masalasida yechimga erishishga qaratilgan». (Sharqul Qatariyya jurnali, 2017 yil iyul). Demak, Qatar Tolibonga o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi va uni e’tirof etuvchi davlat qilib ko‘rsatgan. Tolibon esa, uning tuzog‘iga ilindi. Qatarning o‘z atrofini «qurshab turgan» davlatlar bilan munosabati taranglashgach hamda Tramp ma’muriyati Qatar rejimining himoya qilinishi evaziga to‘lov to‘lanishini talab qilgach inglizlar malayi bo‘lmish bu rejim Amerikani ko‘nglini olishga va Tolibonni muzokaraga tortish vazifasini amalga oshirishga yanada ko‘proq harakat qildi… U bu ishlarni Tramp ma’muriyati Saudiya xavf-xatarini mendan yengillashtiradi, degan ilinjda qildi. Shunday qilib, Amerika bir-biri bilan qirpichoq bo‘layotgan Fors Ko‘rfazidagi davlatlarning Tolibonni muzokaraga majburlash yo‘lida amalga oshirayotgan xizmatlarini bir-birlaridan qizg‘anib, kim o‘zarga amalga oshiradigan xizmatga aylantirdi. Masalan, Birlashgan Arab Amirligi muzokaralarni Abu Dabiga tortishga harakat qilib, Qatar bilan kim o‘zar o‘ynasa, Saudiya bu muzokaralarni Jiddaga qarab tortdi… Bundan tashqari, Reyter axborot agentligida xabar qilinishicha, ayni muzokaralarda qatnashgan ismini sir qolishini talab qilgan bir Tolibon qo‘mondoni «Aslida, Saudiya bilan Qatar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf qilgan narsa bizdagi tinchlik amaliyoti bo‘ldi», dedi. Yana so‘zini shunday davom ettirdi: «Biz o‘t ochishni to‘xtatishimiz uchun Saudiya bizga hech qanday sababsiz bosim qilmoqda». (Rossiyaning Sputnik axborot agentligi, 2019 yil 14 yanvar). Zohirda o‘zaro kelishmovchilik bo‘lib ko‘rinayotgan bu bosimdan Tolibon harakati Ko‘rfazda o‘zini uch tomonlama kishanga solingandek his qildi. Bu kelishmovchilik bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida, u faqat Amerika bilan muzokara o‘tkazishga qaratilgan edi. Bunda Saudiyadagi amerikaparastlar bilan Amirlik va Qatar singari angliyaparastlar Amerikani ko‘proq rozi qilish uchun kim o‘zar o‘ynashmoqda. Biroq bunday botil kurash Tolibonni fitnaga solib, uni Amerika muzokaralari va siyosiy yechimiga tortishga qaratilgan. Britaniya Qatarning bu harakatiga e’tiroz bildirmadi, balki bu harakatida uning rejimi uchun himoya mavjud, deb bildi. Ammo Amirliklarni esa, Amerika malaylari bilan kurashda oldingi chiziqqa qo‘ygan bo‘lib, bundan ma’lum maqsadlarni ko‘zlagan.

4 – Pokistonga kelsak, u bir vaqtlar Tolibonning tashkil topishiga yordam ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalik unga qarshi kurashdi. U Tolibonga qarshi boshlagan qaqshatqich janglarini to‘xtatib, bugungi kunda unga muloyim munosabatda bo‘la boshladi va tez-tez uchrashadigan bo‘lib qoldi. 2018 yil 25 iyulda Pokistonga Imron Xon bosh vazir bo‘lib, Afg‘on Tolibon harakati bilan zohiran yaqinlikni ifodalovchi bayonotlar bera boshlagach, Tolibonning ishonchini qozonuvchi muhit paydo bo‘ldi. Tolibon esa, buning Amerika muzokaralari tuzog‘iga tushiruvchi bir aldov ekanini anglamadi. Haqiqatda ham Tolibon Amerika siyosatidan bir qarich ham nariga o‘tmaydigan Pokiston hukumati tomonidan qo‘yilgan Amerika tuzog‘iga ilintirildi yoki ilgari chaqtirgan teshikka ikkinchi marta chaqtirish bilan uning tuzog‘iga o‘zi tushdi. Masalan, Pokiston 1996 yil Afg‘onistonni Tolibon boshqarishi uchun uni qo‘llab-quvvatladi. Keyin kichik Bushning 2001 yilgi hujumi paytida va undan keyin Tolibondan voz kechdi. Hatto Tolibonni Pokiston ichkarisida quvg‘in qilishda Amerika bilan birga ishtirok etdi. Bugun esa, Amerika Tolibon harakatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lolmay, Pokistondagi o‘z nufuzini saqlab qolish va tinchlik yechimi uchun yagona variant sifatida muzokaralarni qayta boshlashga qaror qilgach, Islomobod Tolibon harakati bilan qadimgi ko‘prikni qayta qura boshladi. Ammo bundagi Pokistonning yagona varianti Amerikaning yangi strategiyasini amalga oshirish va uning Afg‘onistondagi nufuzini himoya qilishdan iborat. Oqibatda Tolibon barmog‘ini yana bir bor chaqtirdi! Vaholanki, bu yerda hech narsa qorong‘i emas: «Bugun dushanba kuni Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘onistondagi tinchlik amaliyotida undan yordam talab qilganini ma’lum qildi. Pokistonning «Geo.Tv» kanaliga ko‘ra, Imron Xon «Kunning avvalida AQSh prezidenti unga murojaat qilib, Pokistondan Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarida muhim rol bajarishini hamda Tolibonni muzokaralar stoliga jalb qilishda yordam ko‘rsatishini talab qilganini aytdi». (Rossiyaning Sputnik axborot agentligi, 2018 yil 3 dekabr). Oradan ikki kun o‘tib, Pokiston bosh vaziri AQShning Islomoboddagi maxsus vakili Xalilzod bilan uchrashdi va unga Pokistonning Afg‘onistondagi Amerika rejalari bo‘yicha harakat qilishini ta’kidladi. «O‘z navbatida, Imron – Pokiston tinchlik yo‘lida va Afg‘onistondagi yarashuv uchun siyosiy yechimga erishilishini istaydi, deb aytdi». (Misroviy, 2018 yil 5 dekabr). Seshanba kuni Pokiston bosh vaziri Imron Xon «O‘z mamlakati Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishini ma’lum qildi hamda yaqinda Abu Dabida Tolibon harakati bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotga Pokistonning ham hissa qo‘shishini ta’kidladi». (Yavmus-Sabi’ gazetasi, 2018 yil 18 dekabr). Darhaqiqat, 2018 yil 19 noyabrda Imron Xon Pokistonning Amerikaga ko‘rsatgan xizmatlarini himoya qilib, o‘zini o‘zi fosh etgan edi. O‘shanda u «… Pokiston AQShning terrorizmga qarshi kurashida hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va bu kurashda 75 ming pokistonlikni qurbon etdi, iqtisodiyoti 123 milliard dollardan ziyod ziyon ko‘rdi, Amerika esa, atigi 20 milliard dollar yordam qildi…», degan edi. Shuningdek, Pokistonning sobiq Mudofaa vaziri Xo‘ja Osif ham, o‘zining shaxsiy tvitter sahifasida pokistonlik hukmdorlarning, ular jumlasidan o‘zini ham xiyonatini fosh etib, bunday so‘zlarni yozdi: «Pokiston o‘ziniki bo‘lmagan, boshqa birovlarning urushlariga kirib, Amerika uchun jonlarini fido qilishda davom etmoqda. Biz AQSh manfaatlariga moslashtirib, diniy qadriyatlarimizni toptadik. Bu bilan ruhiyatimizni vayron qilib, uni taassubga almashdik». Ammo mana bu so‘zlardan ham ochiq-oshkor so‘z bo‘lmasa kerak: Pokiston o‘ziniki bo‘lmagan urushga kirib,… Amerika uchun musulmon farzandlari qonini to‘kdi… O‘zining Islom dini qadriyatlarini Amerika manfaatlariga xizmat qilish yo‘lida zoye ketkazdi. Pokistonning Afg‘onistondagi roli Turkiya va Erdoganning Suriyadagi roli bilan bir xildir. Amerika Pokistonga necha bor xiyonat qilishiga qaramay, qurolli guruhlarga bosim qilish va ularni Amerika yechimiga majburlash uchun Amerikaga ko‘p xizmatlar ko‘rsatdi!

5 – Afg‘oniston ichkarisidagi mahalliy vaziyat hamda Amerikaning malaylari va malay bo‘lmagan tomonlar amalga oshirayotgan regional harakatlar voqei mana shu. Ular Tolibon harakatini muzokaralar va siyosiy yechim tarafiga burishga majburlash orqali Amerika uchun xizmat qilishyapti. Natijada, Tolibon harakati Pokistonga qarasa ham, Eronga qarasa ham, Saudiyaga qarasa ham, Amirliklarga qarasa ham faqat bitta yo‘lga kirib qolyapti, u ham bo‘lsa, AQShning Afg‘onistondagi nufuzini himoya qilishga qaratilgan Amerika muzokaralari yo‘lidir! Biroq, qani endi Tolibon Amerikaning u bilan muzokara qilishga bunchalik o‘lib-tirilib harakat qilayotganini bir o‘ylab ko‘rsa edi… O‘z malaylariga qanchalar bosim qilib, ularni Tolibonni muzokaraga rozi qilish uchun barcha nopok uslublardan foydalanishga bor kuchini sarflashga undayotganini tafakkur qilsa edi… Amerika 17 yil davomida Tolibonga qarshi jang qilib, hozirda harbiy va moliyaviy jihatdan qanchalik yomon holatga tushib qolganini fikrlasa edi… Amerikaning Tolibon bilan muzokara qilishga bunchalar o‘ch bo‘la turib, bu harakatni ham, u bilan birgalikda kurashayotgan qarshilik kuchlarini ham – o‘z odatiga ko‘ra – takabburlik bilan «terrorist», deb hisoblayotganini o‘ylab ko‘rsa edi… Qani endi, Toliblar mana shularning barchasini obdan fikrlab ko‘rganida edi, Amerika o‘zining Afg‘onistonda mag‘lub bo‘lganini norasmiy ravishda e’lon qilayotganini anglagan bo‘lar edi. Shuningdek, Amerika bu kabi mag‘lubiyatlar uni ag‘darmasidan oldin hamda shunday katta davlatning sharmandasi ochilib, yemirila boshlayotgani yaqqol ma’lum bo‘lib qolmasidan oldin ayni holatdan qutulmoqchi bo‘layotganiga guvoh bo‘lgan bo‘lar edi. Amerika bu urushdan sharmandai sharmisor va mag‘lub ahvolda chiqishi uchun Tolibon bunday holatdan foydalanib, unga qattiq bosim qilishi kerak edi. U bilan muzokaralar o‘tkazib, uning dam olishiga yo‘l bermasligi kerak edi. Zero, Amerika umuman ishonib bo‘lmaydigan davlatdir:

لاَ يَرْقُبُونَ فِي مُؤْمِنٍ إِلاًّ وَلاَ ذِمَّةً وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُعْتَدُونَ

«Ular biror mo‘min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir» [Tavba 10]

Amerikaning umuman ishonib bo‘lmaydigan davlat ekani shundaki, Tolibon har qancha muzokaralarga kirib, yon bersa ham Amerika undan rozi bo‘lmaydi, balki Afg‘onistonda nufuzi doimiy saqlanib qolsagina rozi bo‘lishi mumkin… Garchi amerikalik vakillar Tolibon yuziga ishshayib boqishsa-da, biroq ich-ichlarida yashirishgan narsa undan ham yomonroqdir!!

6 – Demak, alamli yeri shundaki, Davhada olti kun davom etgan bu muzokaralar yana qator muzokaralarga eshik ochishi va bunga Tolibonning o‘zi guvohlik berishidir. Masalan:

a)    «Tolibondagi yetakchilardan biri Vahid Mujido Onado‘li axborot agentligiga bergan intervyusida – ikkala tomon ajnabiy kuchlarning chiqib ketishi va Tolibon dunyoning hech bir qit’asiga tahdid tug‘dirmasligi ustida puxta-yaxshi kelishib oldilar, dedi. U tavsiya etilgan tinchlik jarayonining xalqaro himoya bilan ta’minlanishiga Tolibonning harakat qilayotganini ma’lum qildi. Keyin jumladan, «Davha bitimi ba’zi bir texnik muammolar va bitim ishlab chiqilishi sababli, hali to‘liq yakuniga yetgani yo‘q», deya qo‘shimcha qildi». (Onado‘li axborot agentligi, 2019 yil 26 yanvar).

b)    Reyter axborot agantligining 2019 yil 26 yanvardagi xabariga ko‘ra, Tolibonning ikki nafar mulozimi bunday degan: «Vashington bilan yakuniy bitimga erishish uchun ba’zi bandlar bo‘yicha bitim imzoladik. Bu bandlarda AQSh kuchlari bitim imzolangandan boshlab 18 oy ichida chiqib ketishi, buning muqobilida, Tolibon harakati Al-Qoida va IShID tashkilotlarining Afg‘on yerlaridan Amerikaga qarshi foydalanmasligini ta’minlashi ta’kidlangan». Bitim matnidagi Al-Qoida va IShID tashkilotlariga ruxsat berilmaslikka oid so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, Amerika Tolibonga Afg‘on rejimidan bir joy berib, undan boshqa tashkilotlarga qarshi kurashishi kafolatini talab qilmoqchi, ya’ni, Tolibondan mana shu maqsadda ham foydalanishni istamoqda.

7 – Bulardan tashqari, amerikalik mulozimlar bergan bayonotlar ham Tolibon mulozimlari bayonotlarini tasdiqlamoqda. Masalan:

a)    «AQShning Afg‘onistondagi maxsus vakili Zalmay Xalilzod Tolibon bilan Qatarda o‘tkazilgan muzokaralardan olti kun o‘tib, tvitterda «Bu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ilgari kutilmagan darajada samarali bo‘ldi. Biz muhim masalalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdik», deb yozdi». (dw.com/ar, 2019 yil 26 yanvar).

b)    «AQSh Mudofaa vazirligi vazifasini bajaruvchi Patrik Shenaxen 2019 yil 28 yanvarda Tolibon bilan o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida «Men muzokaralar natijasi qoniqarli bo‘ldi, deya ayta olaman», dedi». (Hurra Amerika, 2019 yil 28 yanvar).

8 – Demak, Davha bitimi loyihasi Tolibonning juda puxta bo‘lgan devorining yorilganini, keyin esa, hukumat bu narsani silliqlay boshlaganini anglatadi. To‘g‘ri, Tolibon harakati Qobul hukumati bilan hargiz muzokara qilmasligi to‘g‘risida aniq bayonotlar berdi. Amerika ham shunga o‘xshash bayonot berib, bu bitim barcha narsani o‘z ichiga olmog‘i lozim, aks holda, uning hech qanday ahamiyati bo‘lmaydi, dedi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, tomonlar muzokaralarning boshqa raundlariga intilishyapti va bu Davha muzokarasi bilan anavi malaylarning harakati samarasidir. Shuning uchun aytish mumkinki, Amerika o‘zining 17 yillik urushidan so‘ng Afg‘onistonda kirib qolgan boshi berk qorong‘i tonnelda nihoyat yorug‘likni ko‘rdi. Biroq, xolis insonlar shamoli oqimi ham borki, bu oqim Tolibon orasiga kirib borib, bu bitimni uchirib, kulini ko‘kka sovurishi hamda Amerikaning Afg‘onistondagi urushdan omonlik bilan chiqib olaman, deya umid qilayotgan yorug‘ligini o‘chirib tashlashi hech gap emas.

9 – Shuning uchun Tolibon harakati va AQSh bilan NATOning salibchilik bosqiniga qarshi kurashayotgan barcha mujohidlar bu mustamlakachi davlatga ham, uning tobe rejimiga ham hargiz yon bermasliklari va unga qo‘shilmasliklari, qarshiliklarini barqaror saqlab qolmoqlari lozim. Ana shunda Amerika Afg‘onistondan xoru zor va sharmandalik bilan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Bu urush bir soatlik sabrdir. Chunki Amerika mujohidlar irodasini sindirish qo‘lidan kelmagandan keyingina muzokaraga o‘tdi. Bas, Tolibon harakati va barcha mujohidlar muzokara botqog‘iga tushishdan saqlansinlar. Zotan, bu botqoq amerikaliklar va g‘arbliklar nazdida bir tomonning yon berishidirki, u orqali urushda erisholmagan yutuqqa muzokaralar bilan erishishadi. Ya’ni, pragmatik siyosiy tushuncha bo‘yicha, bu dushmanning bir tomchi qon to‘kmay, bir tiyin sarflamay mag‘lub qilishidir.

Amerika jinoyatkor va dushman davlat, qilgan dushmanligiyu jinoyatlari uchun albatta javob berishi shart. U Afg‘oniston ahlidan millionlabini qatli om va yarador qilib, nogiron ahvolda qoldirdi, uy-joylarini vayron qilib, muhojirga aylantirdi. Sovet Ittifoqi sodir etgan jinoyatlardan qolishmaydigan, balki undan ham o‘tadigan uning ushbu jinoyatlarini sanab tugatib bo‘lmaydi. Qachon Tolibon Amerikaga qarshi urush olib borish va sabr qilishdek oldiga qo‘ygan maqsadida sodiq qolib, sabot bilan tursa, Sovet Ittifoqi Afg‘onistondan xoru zor quvib solingani kabi, Amerika taqdiri ham shunday bo‘lishi mumkindir. Chunki Alloh sabr qilib, sobit turganlarga – hatto dushmandan oz bo‘lsalar ham – albatta nusrat berishni va’da qildi. Alloh Taolo bunday dedi:

الَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُمْ مُلاَقُو اللَّهِ كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللَّهِ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ

«Allohga ro‘baro‘ bo‘lishlariga ishonadigan zotlar: «Qanchadan-qancha kichkina guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir», dedilar»     [Baqara 249]

Shuningdek, ular Afg‘onistondagi mavjud hukumatda ham ishtirok etmasliklari, bil’aks, uni ag‘darib, Islom boshqaruvini, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etmoqlari kerak. Zero, Rosululloh  ushbu Xalifalik haqida

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya bashorat qilganlar.

لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!»[Soffot 60]

1 jumodus-soniy 1440h

6 fevral 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.