Jinoyatchi Xitoy uyg‘ur musulmonlarining ziyolilariga qarshi shiddatli hujum boshladi

709
0

Jinoyatchi Xitoy uyg‘ur musulmonlarining ziyolilariga qarshi shiddatli hujum boshladi

Hijriy 1440 yil 23 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 29 yanvar seshanba kuni Al-Hurra veb-saytida nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

Vashingtondagi «Uyg‘urlar huquqini himoya qilish» tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur musulmonlarga qarshi davom etayotgan kampaniya doirasida 2017 yilning aprel oyidan beri Xitoy hukumati kamida 338 nafar ziyolini qamoqqa oldi yoki o‘g‘irlab ketdi.

Ayni shu hisobotga ko‘ra, qamoqqa olinganlardan 15 nafari qamoqda saqlanayotgan paytida vafot etgan. Lekin, qamoqda saqlanayotgan paytida vafot etgan ziyolilarning umumiy soni qancha ekanligini aniq bilishning imkoni bo‘lmagan.

Muassasa hisobotida kelishicha, bu ziyolilarning xizmat vazifalari quyidagicha bo‘lgan: 96 nafar talaba, 61 nafar universitet professori, 57 nafar matbuot xodimi, 32 nafar yozuvchi va shoir, 21 nafar aktyor, rejissyor va qo‘shiqchi, 21 nafar o‘qituvchi, 16 nafar shifokor va tibbiyot sohasi tadqiqotchisi, 15 nafar kompyuter muhandisi, 3 nafar rassom va musavvir. Yana 15 nafarining kasbi aniqlanmagan. Hisobotda aytilishicha, ziyolilarga hujum qilish uyg‘urlarning o‘zligini o‘chirishga qaratilgan.

Roya gazetasi sharhi:

Bu shafqatsizlik bilan sodir etilayotgan zulmlar yangilik emas, balki bir necha o‘n yillardan buyon davom etib kelayotgan kampaniyadir. Hatto bu holat uyg‘ur musulmonlarining barcha ayollari, erkaklari, qariya va yosh bolalarigacha yetib borib, ularning orasida qo‘rquvni yoydi va badbaxt hayot kechirishlariga majbur qildi. Xitoy hukumati uyg‘urlar o‘zligini o‘chirib, uni o‘z me’yorlariga muvofiq shakllantirish va Xitoy madaniyatiga moslashtirish uchun harakat qilmoqda. Xitoy hukumati tushunchalarni o‘zgartirishda ong va saqofatning ta’siri kuchli ekanini, bu tushunchalar voqelikni o‘zgartirishini yaxshi biladi. Shu bois, ziyolilar bilan uyg‘ur musulmonlari o‘rtasini ajratib yuborish uchun o‘z hujumini ziyoli sinfga qaratdi. Uning maqsadi, uyg‘ur musulmonlari orasida qashshoqlik va johillik urug‘ini ekish hamda ularni buzuq voqelikka rozi qilib bo‘ysundirishdir. Biroq, uyg‘urlar repressiv qiynoqlarga qaramay, o‘z sabotlari bilan, dinlarida sobit turishlari bilan Xitoy hukumatini ojiz qoldirdilar. Zero, dinning quvvatini qalblardan hech kim sug‘urib chiqara olmaydi va musulmonlar har qancha sinovlarga yo‘liqsalar ham sabot bilan turib, bu dinni hech narsaga almashtirmaydilar. Xitoy va undan boshqa mustamlakachi davlatlar o‘z yerlariga Xalifalikning ko‘p sonli fotih qo‘shini qadam bosgan kunda qanday oqibatga qarab ketganlarini bilib olurlar.

Roya gazetasining 2019 yil 6 fevral chorshanba kungi 220-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.