Bishkekda diniy sohadagi davlat siyosatini yoyishda matbuot tarmog‘ining tutgan o‘rni muhokami qilindi

815
0

Bishkekda diniy sohadagi davlat siyosatini yoyishda matbuot tarmog‘ining tutgan o‘rni muhokami qilindi

14 fevral kuni Kirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Diniy sohadagi davlat siyosatini yoyishda matbut tarmog‘ining tutgan o‘rni” nomli aylana stol atrofida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar diniy ishlar bo‘yicha davlat kamissiyasi hamda madaniyat va turizm vazirligi ishtirokida, BMT va YeXHT tashkilotlarining maxsus programmalariga muvofiq, ularning qo‘llovi ostida o‘tkazildi.

“Bu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, diniy muhit ichida paydo bo‘lib borayotgan muammolar, radikalizm va ekstremizmni oldini olishda, ularning mamlakat osoyishtaligi va xavfsizligiga yetkazilayotgan salbiy ta’sirini hisobga olgan holda matbuot xizmatlarining mamlakat organlari bilan birgalikda tig‘iz aloqada ish olib borishlarini qo‘llab quvvatlashdir. Biz diniy masalalarda ham demokratik prinsiplarni saqlab qolishimiz zarur. Matbuot xizmatining ekstremizmga qarshi kurashdagi o‘rni o‘zgacha muhim ahamiyatga ega. Chunki matbuot xizmati tarqatgan malumotlar, jamiyatni har tomonga burib yubora oladigan quvvatga ega. Shuning uchun radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda fuqorolarning mafkuraviy va psixologiyalik tomonlarini hisobga olgan holda barcha matbuot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish maqsadga muvofiqdir”, dedi diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasining direktori Zayirbek Ergeshov.

Turkiston:

Qirg‘iziston hukumati diniy muhitni vahimali ko‘rsatish bilan matbuot xizmatini mutlaq o‘z ta’siri ostiga olmoqchi. Ommaviy matbuot tizimi G‘arb olami ta’siri ostida ekanligi sababli BMT, YeXHT kabi xalqaro tashkilotlarni mamlakatimizda diniy muhitni radikallashib borayotganidan ogohlantirib, Islom va Musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan zulmlarga nisbatan matbuot xizmatlarini jilovlab berishlarini va yana ushbu loiha uchun moliyaviy qo‘llab quvvatlashini so‘rashmoqchi bo‘lishyapti.

Seminar ishtirokchilari diniy muhit ichida demokratik prinsiplarni rivojlantirib borishda erishgan yutuqlari bilan maqtanib, ular tomonidan zimmalariga yuklatilgan “mo‘’tadil Islom” loihasini muvoffaqqiyatli amalga oshirib borishayotgani haqida hisobot berishdi. Shuningdek ushbu mo‘’tadillik loihasiga qarshi bir necha to‘siqlar mavjud ekanligi, shulardan biri iymoniy muhit asosiga qurilgan norasmiy matbuot guruhlari ekani hamda rasmiy tarmoqlar tarqatib borayotgan maqolalar ham ularga parralel manfaat berayotgani haqida aytib o‘tildi.

Qirg‘izistonda Islomiy muhit mabdaiy Islomiy asosga qurilib boryapti. Musulmonlar rasmiy ommaviy matbuot xizmatlaridan umid yo‘q ekanini tushinib, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali da’vat qilish va siyosiy ish faoliyat olib borish bilan, boshqa birorta rasmiy matbuot tarqata olmagan ma’lumot, tahlil va xabarlarni keng va natijali tarqatib borishyapti. Masalan hukumatning Xitoy bilan xiyonat asosida olib borayotgan deyarli barcha loihalarini vaqtincha bo‘lsa ham muzlatib qo‘yilishida Islomiy muhitning hissasi juda katta bo‘ldi. Ushbu siyosiy jarayonlarga Islomiy muhitning to‘g‘ri (ummat manfaati asosida olib borgan) siyosiy faoliyatining ta’siri kuchli bo‘ldi. Albatta Qirg‘iz yetakchiligiga nisbatan muhosaba (tanqid va haqqa chaqirish) asosidagi bu muhit uni xiyonat va barcha korrupsion harakatlariga nisbatan muammolar tug‘diradi! Shuning uchun hukumat vakillari o‘zlarining barcha xiyonatlaridan manfaatdor bo‘lgan xalqaro siyosat quvvatidan foydalanib, ulardan oldilaridagi barcha noqulay to‘siqlarni olib tashlashlarini talab qilishadi.

Demak yuqorida o‘tkazilgan muloqotlar, avval diniy keyin muxolif kuchlar tomonidan olib borilayotgan matbuot faoliyatlariga chek qo‘yish maqsadida uyushtirilgan. Bundan tashqari, Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy va harbiy bosimlari ham aynan Islomiy muhitning vahimasidan unumli foydalanish asosiga qurilgan. Rossiyaning ushbu bosim va ta’sirlari oldida Qirg‘iz yetakchi guruhi ojizdir. Ular ruslarning barcha manfaatlariga – oqibatlaridan qat’iy nazar – yo‘l ochib berishga majbur. Buni Rus va Qirg‘iz prezidentlarining Sochidagi navbatdan tashqari uchrashuvida Jiyanbekovning Putinga aytgan gaplari va bergan va’dalaridan tushunib olish mumkin. Shu kunlarda Afg‘on urushi tugashining o‘ttiz yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda, Jiyanbekov yana “terrorizm va ekstremizm” xavfi haqida gapirib, unga qarshi kurashni jadallashtirish kerakligini ta’kidladi.

Bu esa, Qirg‘iziston yana Rossiya manfaatlari yo‘lida uning G‘arb olami bilan xalqaro giosiyosiy o‘yinlari qurboniga aylanib borayotganidan darak beradi!

Abdurrazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.