Venesuelada nima boʻlyapti? Bu biz uchun nimani anglatadi? Buning AQSHga qanday aloqasi bor?

562
0

Venesuelada nima boʻlyapti? Bu biz uchun nimani anglatadi? Buning AQSHga qanday aloqasi bor?

Asʼad Mansur qalamiga mansub

2019 yil 23 yanvarda Venesuela parlamenti raisi Xuan Guaydo oʻzini muvaqqat prezident deb eʼlon qilib, tarafdorlaridan tashkil topgan olomon oldida qasamyod qildi! Armiya buni davlat muassasalari, demokratiya va konstitutsiyaga qarshi davlat toʻntarishi, deb hisobladi va prezident Nikolas Maduroni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. Oliy sud ham Maduroni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Amerika esa, oʻz prezidenti Tramp tilidan Guaydoni Venesuela prezidenti sifatida eʼtirof etilishini eʼlon qildi. AQSH Tashqi ishlar vaziri Pompeo Guaydoning himoya qilinishi talabi bilan chiqdi va Venesuela bilan doimiy aloqada boʻlib turish uchun u yerga maxsus vakil tayinladi. Soʻng Amerika Guaydoni prezident sifatida tan olgan pozitsiyasini xalqaro jihatdan qoʻllab-quvvatlaydigan qaror chiqarib olish uchun 2019 yil 26 yanvarda Xavfsizlik Kengashiga talabnoma taqdim qildi. Biroq Rossiya bilan Xitoy bunga norozilik bildirib, ayni mavzuning bahsga qoʻyilishini hokimiyatga tajovuz va xorijiy aralashuv, deb hisoblashdi. Maduro oʻz mamlakati AQSH bilan diplomatik aloqalarni uzganini maʼlum qildi. Mintaqadagi 11 davlat Guaydoni prezident deb tan oldi, Amerika Davlatlari Tashkiloti1, shuningdek Britaniya Guaydoni tabrikladi. Yevropa esa, sakkiz kun ichida saylovlar oʻtkazilmaydigan boʻlsa, Guaydoni prezident sifatida tan olish bilan ogohlantirdi. BMT vaziyat murakkablashib ketib, nazoratdan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi hamda zudlik bilan soʻzlashuvlar oʻtkazish bilan tobora alanga olayotgan vaziyatni tinchlantirishga chaqirdi.

Bularning barchasi Venesuelada tartibsizlikni keltirib chiqarib, ichki boʻlinish va xorijiy aralashuvga, xususan, Lotin Amerikasi ustidan hukmronlik sohibi boʻlgan va mintaqani oʻzining tomorqasi, deb hisoblaydigan AQSH aralashuviga sabab boʻldi. Maʼlumki, Amerika Venesuela neftini eng koʻp import qilib oluvchi hisoblanadi. U Venesuela neftining 39 %ni sotib oladi. Shu bois mabodo Amerika Venesueladagi neft eksportiga sanksiyalar joriy qilgudek boʻlsa, buning oqibatlari Venesuelaga nisbatan juda ogʻir boʻladi. Biroq buning AQSHning oʻziga ham salbiy taʼsiri bor. Chunki bu bilan Amerikada narx-navo koʻtarilib ketishi mumkin… Shuning uchun ham Amerika bunday qilmayapti. Darvoqe, Venesuelaga – uning oltinini sotib olmaslik kabi – baʼzi sanksiyalarni qoʻlladi. Venesuela iqtisodiyotining 90 % neft daromadiga tayanadi va bir barrel neft bahosi 100 dollarga yetgan vaqtda mamlakatdagi vaziyat ancha yaxshi edi… Ammo neft narxi tushib ketganda eng koʻp ziyon koʻrgan ham shu davlat boʻldi: uning mahalliy valyutasi qadrsizlanib, inflyatsiya 147000 %ga yetdi, tovarlar narxi gʻoyat koʻtarilib ketdi. Shu sababdan muxolafat parlament saylovlarida 65 %ni qoʻlga kiritib, hukmron partiyani boshi berk koʻchaga kiritib qoʻydi. BMT hisobotiga koʻra, 3 million venesuelalik yurtni tashlab chiqib ketdi. Shu bois, bu yurtning iqtisodiyoti juda zaif, Amerika changali ostida qolgan.

Maduro hokimiyatga 2013 yil Ugo Chaves oʻlimi ortidan keldi va 2018 yil 20 mayda qayta saylandi, AQSH uni saylovni soxtalashtirganlikda aybladi. 2018 yil 5 avgustda Maduroga qarshi suiqasd va armiya ichida isyon chiqarish kabi urinishlar boʻlib oʻtdi. Maduro Amerika hukmronligini Venesueladan yoʻq qilish yoki pasaytirishga urinish bilan Chaves siyosatiga ergashadi va Amerika butun Lotin Amerikasini oʻz taʼsiri ostida ushlab, ozod boʻlishlariga yoʻl qoʻymay keladi. Amerika 2002 yilda Chavesga qarshi inqilob uyushtirdi, biroq u qayta qudratga chiqishga muvaffaq boʻldi. Gaitining saylangan prezidentini 2004 yil agʻdargan ham Amerikadir. Chunki bu mustamlakachi davlat Lotin Amerikasida oʻz nufuzini saqlab turish uchun inqiloblar uyushtirish siyosatini qoʻllaydi. Shu bilan birga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv ham sodir etib kelgan. Masalan, u yerdagi bir necha davlatlarga avval burnini suqqan edi. U Meksikaning yarmini bosib olib, oʻziga qoʻshib olgan. Darhaqiqat, Amerika Lotin Amerikasini 1823 yilgi Monro doktrinasidan beri oʻz nufuzi ostidagi mintaqa, deb hisoblaydi. Ayni doktrinada Lotin Amerikasiga boʻlgan har qanday aralashuv, Amerikaga qarshi aralashuv, deya eʼtibor qilinishi aytilgan. Oʻshandan boshlab, mintaqadagi siyosiy ishlarni Amerikaning oʻzi idora qiladigan, kerak boʻlsa mintaqa davlatlarining ishlariga aralashadigan boʻlib qoldi. U hech kimni oʻz itoati doirasidan chiqarmaslik uchun xohlagan rahbarni agʻdaradi, xohlaganini olib keladi. Uning kirdikorlari fosh boʻlib, butun mintaqa xalqlari uni yomon koʻrib qolgan.

Shuning uchun Obama davrida Amerika ayni xalqlar bilan yarashishga, ular oldida oʻz basharasini tuzatib olishga urinib, Venesuela bilan, keyinroq Kuba bilan munosabatlarni qayta tikladi. Vitse-prezident Bayden bir necha bor Lotin Amerikasi davlatlariga safar qildi. 2009 yil Chiliga borganida “Qoʻshma Shtatlar buyruq qiladigan zamon tugadi, u endi Lotin Amerikasi bilan hamkorlik qilib, muloqot uyushtirishni istaydi”, deb aytdi. Haqiqatda ham, 2003 yil kichik Bush davrida Amerika Mayami shahrida Shimoliy va Janubiy Amerika sammitini uyushtirib, unda erkin savdo mintaqasini barpo etish maqsadida shartnoma imzolamoqchi boʻldi. Ammo buni uddalay olmadi. Oʻshanda Chaves ayni sammitni mustamlakachilik vositasi, deb atagan edi. U Amerikani mintaqa davlatlarini Shimoliy va Janubiy Amerika oʻrtasida erkin savdo mintaqasini joriy qilishga qaratilgan kelishuvlarni imzolashga majburlayotganlikda aybladi. Amerika sammitda biror bir yutuqqa erisha olmadi. Sammit shu tarzda nihoya topdi. Shimoliy va Janubiy Amerika oʻrtasidagi munosabatlar muzladi. Amerika Lotin Amerikasi davlatlarini shu kabi shartnomalarni imzolashga koʻndirish uchun ikkinchi marta urinib ham, buni uddalay olmadi. Masalan, 2005 yil Argentinada oʻtkazilgan Shimoliy va Janubiy Amerika sammitida yana shunga urinib, omadi chopmadi.

Amerikaning Janubiy qitʼadagi maqsadlaridan biri shuki, u mintaqani erkin savdo mintaqasiga aylantirib, mintaqa boyliklarini yurt aholisining roziligi bilan tashib ketishni hamda oʻzining mahsulotlarini kiritishni xohlayapti. U shuningdek, mintaqani kambagʻal mintaqaga aylantirib, mustamlakasidan qutulishiga yoʻl qoʻymay, oʻz hukmronligi ostida ushlab turmoqchi… Jumladan, Meksikani shunday qilishga muvaffaq boʻlgan. Obama maʼmuriyati bu ishni boshqacha uslub va nomlar bilan tiqishtirishga urinib kelgan. Masalan, “teng huquqli hamkorlik” barpo etishga daʼvat qilgani kabi.

Tramp kelgach, u Amerikaning mustamlakachilik siyosatini ochiqdan-ochiq, yuzsizlarcha zoʻrlab oʻtkazish orqali oʻzining yirtqich uslublarini qoʻllay boshladi. Istagan davlatiga aralashib, istagan hukmdorni tahqirlayapti, hatto Meksika, Saudiya va Turkiya prezidentlari kabi amerikaparast boʻlsalar ham tahqirlamoqda. Maduroga oʻxshaganlarga esa, urush eʼlon qilmoqda. Maduro “Amerikaga qarshi emasligini, lekin mustamlakaga qarshiligini, amerikalik xalq bilan emas, balki Tramp hukumati bilan aloqani uzganini, Amerikaga neft, oʻrdak, tovuq va piyoz sotishga tayyor ekanini” taʼkidladi. Maʼlumki, Maduro ikkinchi marta prezidentlik vazifasini boshlash uchun 2019 yil 10 yanvarda qasamyod keltirar ekan, “endi yangi olam boshlandi, unda bitta davlat orqali yoki uning siyosati doirasidan chiqmaydigan bir necha davlatlar yordamida hukmronlik qiluvchi rejimlar boʻlmaydi”, dedi. Ammo bugun Maduroning ahvoli tang. Oʻz armiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganiga qaramay, ham ichki, ham tashqi bosimlar ostida qoldi. Rossiya bilan Xitoy uni qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa-da, Venesuela ichkarisiga taʼsir qilisholmayapti. Chunki u yerdagi taʼsir kuchi Amerika qoʻlida. Hozir Amerika Venesuelaga harbiy aralashuv bilan tahdid qilmoqda, masalan, prezident Tramp “hamma variant oʻrtada”, dedi. Yevropa davlatlarining esa, bu yurtda hech qanday mavjudligi yoʻq. Ular ham mustamlakachi davlatlar boʻlib, oʻzgaruvchan pozitsiya egallashmoqda. Darhaqiqat Yevropa agar sakkiz kun ichida saylov oʻtkazilmasa, Guaydoni prezident sifatida tan olishini bildirdi. Maduro Amerikaning kuch-qudratini bilgani uchun u bilan va muxolafat bilan muloqot oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrdi. Qayta saylov oʻtkazilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Venesuela bilan Lotin Amerikasining biz uchun ahamiyatga molikligi shundaki, ularning xalqlari faqirlik va qoloqlikdan aziyat chekmoqda. Bu mintaqa Amerika mustamlakasi ostida qolgan, undan qutulishni istaydi, ammo qutulolmaydi. U yerdagi rejimlarning bari korrupsiyaga botgan boʻlib, bundan qutulishi mumkin boʻlgan hech qanday mafkurasi yoʻq. Shu jihatdan, biz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat ekanmiz, ushbu xalqlarni, umuman, butun bashariyatni mustamlakachilikdan, davlatlar hukmronligidan, zaif xalqlarga qilinayotgan zoʻravonlikdan qutqarish, mustamlakachi rejimlarga itoat qilishdan ozod etish bizning burchimizdir. Allaqachon anavi Amerikaning qulash vaqti yetdi, chunki butun dunyo xalqlari oldida uning sharmandasi chiqib, barchasi uni yomon koʻradigan boʻlib qoldi. Uni qulatishga esa, faqat biz qodirmiz, xaloskor haq mabda-sistema faqat bizda. Demak, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun shaxdam qadam tashlashimiz vojibdir. Ana shunda ushbu xalqlarni, shuningdek, butun bashariyatni mustamlakachilik zulmidan Islom adolatiga olib chiqamiz.

Amerika qitʼasida joylashgan davlatlarni oʻz ichiga olgan regional tashkilot boʻlib, 1948 yil 30 aprelda tuzilgan.

Roya gazetasining 2019 yil 30yanvar chorshanba kungi 219-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.